Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin sobiq prezidentlarni kafolatlovchi qonunni imzoladi

Putin sobiq prezidentlarni kafolatlovchi qonunni imzoladi

Foto: «AP Images»

Rossiya prezidenti Vladimir Putin sobiq davlat rahbarlari va ularning oilalarini kafolatlovchi qonunni imzoladi. «Vesti» yozishicha, ushbu qonun RF konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni amalga kiritish doirasida qabul qilingan.

Putin imzolagan qonun sobiq prezidentni jinoiy va ma’muriy javobgarlikka tortish, qo‘lga olish, hibsda tutib turish, tintuv o‘tkazish, so‘roqqa tutish va shaxsiy tekshiruvdan o‘tkazish kabi xatti-harakatlardan himoyalaydi.

Daxlsizlik, ushbu qonunga muvofiq, sobiq prezidentning yashash va xizmat binolari, boshqa mulklari — aloqa vositalari, transport va hujjatlarga tatbiq etiladi.

Ushbu qonun sobiq prezidentning daxlsizligi bekor qilinishi tartibini ham belgilab beradi, deyiladi xabarda. Ushbu qarorni Federatsiya kengashi qabul qilishi mumkin ekan, o‘shanda ham sobiq davlat rahbari davlatga xoinlik qilganlikda yoki boshqa og‘ir jinoyatlarda ayblanayotgan bo‘lsa.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring