Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shanxayda bir bemor sabab o‘ttiz uch ming kishi qattiq tekshiruvdan o‘tkazildi

Shanxayda bir bemor sabab o‘ttiz uch ming kishi qattiq tekshiruvdan o‘tkazildi

31-oktyabr kuni Shanxaydagi Disneylendda tashrif buyurganlardan birida koronavirus aniqlanganligi sababli 33 ming kishi majburiy ushlab turildi. Bu haqda Wall Street Journal ma’lum qildi.

Bog‘ning ismi oshkor etilmagan mehmoni tashrifdan so‘ng topshirgan testi salbiy natija ko‘rsatgan.

Ma’muriyat bu haqda ma’lumotga ega bo‘lgach, politsiyachilar ishtirokida bog‘ga kirish va chiqish butunlay yopib qo‘yilgan. Hududni tark etish uchun mehmonlarning har biri sinovdan o‘tishi, protsedurani 24 soat davomida takrorlashi va 12 kun davomida karantinga rioya qilib, shifokor nazorati ostida bo‘lishi kerak edi.

Barcha tashrif buyurganlarning test natijalari ijobiy chiqqan, biroq park 1 va 2-noyabr kunlari yopiq qoladi. Disneylend hududida va eng yaqin metro bekatida kasallikni tekshirish punktlari ish olib bormoqda.

Bunday qattiq choralar Xitoyning koronavirusga nisbatan qattiq siyosatining namoyonidir. Wall Street Journal nashrining xabar berishicha, xitoylik ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining mutlaq ko‘pchiligi rasmiylar va bog‘ ma’muriyatining harakatlarini ma’qullagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring