Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalqaro aviasalon koronavirus tufayli qoldirildi

Xalqaro aviasalon koronavirus tufayli qoldirildi

Foto: «RIA»

2021-yil iyun oyida Fransiyaning Le Burje shahrida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan dunyodagi eng yirik aviasalonlardan biri koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqiroz sababli bekor qilindi.

«COVID-19 tufayli sog‘liqni saqlash sohasida yuzaga kelgan inqiroz tufayli tashkilotchilar 2021-yil 21-27-iyun kunlari bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan avia-shouni qoldirishga qaror qilishdi», — deyiladi xabarda.

Le Burjeda keyingi aviasalonni 2023-yil iyun oyida o‘tkazish mumkin bo‘ladi.

Bekor qilingan shou ishtirokchilariga tovon puli to‘lanadi, deyiladi bayonotda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring