Endi bankka kirib-chiqish uchun pasport talab qilinmaydi

O‘zbekiston Respublikasi bank muassasalariga kirib-chiqish tartibini tashkil etish qoidalari o‘z kuchini yo‘qotdi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali.
Mazkur hujjat bilan bank muassasalariga mijozlar pasportini yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatini ko‘rsatmasdan kirishini taqiqlangan edi. Ushbu qoidalar 2018-yil 15-maydan o‘z kuchini yo‘qotdi.
Bundan buyon fuqarolar banklarga pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarni ko‘rsatmasdan bemalol kirib-chiqishlari mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter