Erdo‘g‘onning saylovdagi asosiy raqibi Suriya bilan aloqalarni tiklamoqchi

Turkiya prezidentligiga Xalq respublikasi partiyasidan nomzod bo‘lgan Muharram Inje 24-iyun kuni bo‘lib o‘tadigan prezident saylovida g‘alaba qozonsa, rasmiy Damashq bilan diplomatik aloqalarni tiklamoqchi.
«Rossiya bilan yaxshi qo‘shnichilik aloqalari Turkiya tashqi siyosatining muhim shartlaridan biridir. Undan chekinilsa, noxush holatlar yuzaga keladi. Buni Suriya misolida ko‘rishimiz mumkin. Rossiya bilan birgalikda o‘zimizga bog‘liq bo‘lgan Suriya inqirozini hal etish osonroq. Rossiya va Turkiya Suriyaning hududiy yaxlitligi tarafdori sanaladi. Agar prezident bo‘lsam, darhol Damashqqa elchi yuboraman», — degan Inje «RIA Novosti»ga bergan intervyusida.
Inje saylovda amaldagi prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning asosiy raqibi sanaladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter