Fransiya sobiq prezidenti shifoxonaga yotqizildi

Fransiyaning sobiq prezidenti Valeri Jiskar d’Esten Parijdagi shifoxonaga yotqizildi, deya xabar berdi BFMTV telekanali.
Fevral oyida 94 yoshga to‘lgan Jiskar d’Esten dushanba kuni Parijdagi shifoxonalardan biriga yotqizildi. Sobiq fransuz yetakchisiga qanday tashxis qo‘yilgani va boshqa tafsilotlar ochiqlanmagan.
Jiskar d’Esten 1974-1981-yillarda Fransiya prezidenti bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter