Istanbul birjasi lira qulashi sababli savdolarni yana to‘xtatdi

Istanbul birjasi bugun, 20-dekabr sanasi tushdan so‘ng savdolar to‘xtatilganini takroran e’lon qildi. Sababi: lira va qimmatbaho qog‘ozlar milliy kotirovkalari keskin qulagan.
Birjadagi savdolar bir soatgacha to‘xtab turib, keyin davom etgan. Bugun turk lirasi 10 foiz qadrsizlanib, 1 dollarga nisbatan 17,85 lirani tashkil etdi. Xuddi shunday sabab bilan Istanbul birjasi o‘tgan juma kuni ham savdolarni to‘xtatishga majbur bo‘lgandi. O‘shanda lira kursi 8 foiz yo‘qotishga uchrab, 1 dollarga 17,07 lirani tashkil etgandi, aksiyalar kotirovkalari esa 6-7 foizga pasaygandi.
Bugun Turkiya fond va valyuta bozorlari jahon birjalari umumiy salbiy bosimi ostida qoldi: «omikron» va pandemiyaning yangi to‘lqini xavfi sababli kotirovkalar qulamoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter