«Koronavirus tarqatdi» deb bankirni haqoratlagan IIB xodimi ishdan bo‘shatildi

Joriy yilning 12-aprel kuni IIO xodimining ko‘pchilikda salbiy fikr va e’tirozlar uyg‘otgan videotasviri internet tarmoqlarida tarqaldi.
Namangan viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, viloyat IIB O‘XB tomonidan mazkur holatni o‘rganish mobaynida 11 aprel kuni Namangan shahar Xalq bankida ishlovchi fuqaro koronavirus pandemiyasi bo‘yicha topshirgan tahlil natijalariga ko‘ra unda mazkur virus alomatlari bor deya gumon qilingan edi, bank xodimi 1-apreldan 11-aprelga qadar Namangan shahrining 6ta mahallasida istiqomat qiluvchi nafaqa oluvchilarga pul tarqatganligi bois, ushbu hududlarda infeksiya tarqalishini oldini olish maqsadida shahar IIO FMB xodimlaridan iborat 6ta guruh tuzilib, nafaqa olgan fuqarolarni xonadonlarini karantin nazoratiga olish, ularga tushuntirish ishlari olib borish bo‘yicha amaliy ish tashkil etildi.
Qayd etilishicha, ushbu tadbirga jalb etilgan Namangan shahar bo‘yicha IIO FMB 4-son IIB xodimi o‘zi biriktirilgan shtabda tibbiy kiyim va tibbiy niqobda turgan holatida o‘zini guruh a’zolari bilan birga videotasvirga olib, tasvir davomida Namangan viloyati hududida karantin holati e’lon qilinganligini bila turib, aholi orasida vahima chiqaruvchi hamda bank xodimiga nisbatan obro‘sizlantiruvchi va asossiz ma’lumotlarni so‘zlab, jami 39 soniyali videotasvirni telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali tanishiga yuborgan.
Aniqlangan holat yuzasidan viloyat IIB O‘HB tomonidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi xulosasiga ko‘ra, ushbu xodim «Ichki ishlar organlarida xizmat o‘tash tartibi to‘g‘risida»gi nizom talablarining 144-bandi «i», «k» kichik bandlariga muvofiq xizmat intizomini qo‘pol ravishda buzganligi hamda ichki ishlar organi xodimining sha’niga putur yetkazuvchi xatti-harakatlar sodir etganligi uchun IIO xizmatidan bo‘shatildi. Ayni paytda unga nisbatan viloyat IIB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi Namangan viloyati IIB axborot xizmati xabarida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Xalq banki» Namangan viloyat filiali ushbu videoxabarni asossiz deya bayonot bergan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter