Koronavirus yuqtirgan prezident shifoxonaga joylashtirildi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning koronavirusga topshirgan test natijasi musbat chiqqani xabar qilingandi.
Davlat rahbari izolyasiyadan turib o‘z vazifasini bajarishini ta’kidlagandi.
So‘nggi xabarlarga ko‘ra, koronavirus yuqtirgan Vladimir Zelenskiy «Feofaniya» klinik shifoxonasiga yotqizilgan. Bu haqda prezident ofisi rahbarining maslahatchisi Mixail Podolyak xabar bergan.
«Hammasi juda qat’iy, protokol bilan tartibga solingan. U izolyasiyalangan palatada va tabiiyki, u yerda maxsus aloqa tashkil etilgan», deydi Podolyak.
Qayd etilishicha, koronavirusga chalingan prezident va uning yordamchisi odatiy ish grafigiga amal qilishmoqda, yagona cheklov — o‘z-o‘zini yakkalash tartibi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter