Koronavirus qayd etilganlarning to‘qqiz nafari og‘ir ahvolda qolmoqda

O‘zbekiston bo‘ylab shifoxonalarda davolanayotgan 648 bemordan 9 nafarining ahvoli og‘ir.
42 mingga yaqin fuqaro karantinda bo‘lib turibdi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov ma’lum qildi.
«Ulardan olingan namunalar muntazam laboratoriyalarda tahlil qilinmoqda. Oxirgi bir kunning o‘zida 12 ming 600 dan ko‘proq holatda, jami 371 mingdan ko‘proq laboratoriya tekshiruvlari o‘tkazilgan».
Eslatib o‘tamiz, 8 may, 10:00 holatida yana 16 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlangan.
Infeksiya natijasida shu vaqtga qadar 10 kishi vafot etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter