Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident aholi tomonidan bildirilgan qaysi takliflar ma’qul kelganini aytib o‘tdi

Prezident aholi tomonidan bildirilgan qaysi takliflar ma’qul kelganini aytib o‘tdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun Shavkat Mirziyoyev rahbarligida videoselektor o‘tkazilmoqda. Davlat rahbari 2022-yilga mo‘ljallangan Davlat dasturi loyihasining muhokamasi fuqarolar bilan «ochiq muloqot» shaklida o‘tkazilgani va muhokama jarayonida aholidan 17 mingdan ziyod takliflar kelib tushganini ta’kidlab o‘tdi.

— Bu takliflarning hech biri e’tiborsiz qolmasligi lozim. Mutasaddi shaxslar taklif mualliflari bilan aloqaga chiqsin va ularning taklifi qabul qilingani yoki qabul qilinmagani, agar qabul qilinmagan bo‘lsa aynan qanday sababga ko‘ra qabul qilinmaganini tushuntirsin — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari 17 ming taklifning barchasi o‘rganib chiqilgani  va bir-biriga yaqin takliflar umumlashtirilib, Dastur loyihasi 300 dan ortiq yangi tashabbuslar bilan to‘ldirilganini aytib o‘tdi.

Shuningdek davlat rahbari aynan qanday takliflar unga ma’qul kelganini alohida ta’kidladi.

—  Misol uchun, fuqarolarimiz bildirgan:

  • mahallalarda «Ish markazlari»ni tashkil etish, mahallada hokimlar, sektor rahbarlarining onlayn qabulini o‘tkazish;
  • davlat va jamiyat hayotida faol ishtirok etgan fuqarolarni rag‘batlantirish;
  • har bir mahallani rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish;
  • aholi kayfiyatini sotsiologik so‘rovnomalar orqali o‘rganib borish;
  • yoki uzoq hududlardagi maktablarga avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yish kabi takliflar bizga ayniqsa ma’qul bo‘ldi, — dedi davlat rahbari.

Prezident muhokamalarda faol ishtirok etgan barcha yurtdoshlarimizga minnatdorchilik bildirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring