Qoraqalpog‘istonda ommaviy elektr o‘chishi yuzasidan rasmiy izoh berildi

Avvalroq, «Taxiatosh IES» AJda nosozlik sabab Qoraqalpog‘istonning ayrim hududlarida elektr ta’minoti uzilgani xabar berilgandi.
«Issiqlik elektr stansiyalari» AJ ma’lumotiga ko‘ra, «Taxiatosh IES» AJda yong‘in va shu kabi favqulodda holatlar yuz bermagan. Buni Favqulodda vaziyatlar vazirligi ham tasdiqlagan.
25 aprel kuni soat 20:46 da stansiyadagi ochiq taqsimlovchi qurilmada qisqa tutashuv yuz berganligi sababli 1-sonli bug‘-gaz qurilmasi va 1, 3-sonli turbogeneratorlar avtomatik himoya tizimining ishga tushishi natijasida o‘chib qolgan.
Voqea natijasida energouskunalarga hech qanday talofat yetmagan. Soat 21:23 da stansiyada ochiq taqsimlovchi qurilmaning ish faoliyati tiklangan, deyiladi xabarda.
Energobloklar bosqichma-bosqich ishga tushirilib energotizimga ulanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter