Rossiya Falastin va Isroilni to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar olib borishga chaqirdi

Rossiya Falastin milliy ma’muriyati (FMM) va Isroilni, xususan, Quddus masalasida, to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar olib borishga chaqiradi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasining BMTdagi doimiy vakili Vasili Nebenzia xabar qildi, deya xabar bermoqda RIA Novosti.
«Biz barcha qiyin vaziyatlardan chiqishni, jumladan, Quddusning maqomi bo‘yicha ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri Isroil-Falastin muloqotini tezlik bilan qayta tiklashda ko‘rmoqdamiz», degan BMTning Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishida so‘zlagan nutqida Nebenziya.
«Rossiya Yaqin Sharqdagi tinchlik jarayonini qayta tiklash uchun yordam berishda davom etadi. Prezident Abbos va bosh vazir Netanyaxu sammitini o‘tkazish haqidagi taklifimiz o‘z kuchida qoladi. Holbuki, ular muntazam ravishda bizning oldimizga alohida kelishmoqda», — dedi Nebenzia.
Dekabr oyida AQSh prezidenti Tramp tomonidan Quddusning Isroil poytaxti sifatida tan olinishi va Tel Avivdagi AQSh elchixonasining Quddusga ko‘chirilishi haqidagi bayonoti Iordan daryosining g‘arbiy sohilida kuchli noroziliklarni keltirib chiqardi. Shuningdek, ushbu qarorga qarshi Falastin va boshqa bir qator arab davlatlarida norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi.
Isroil Quddus shahrini uning sharqiy qismi bilan birgalikda o‘zining «yagona va bo‘linmas» pjytaxti deb hisoblaydi. Xalqaro hamjamiyat esa Isroil anneksiyasini tan olmaydi hamda ushbu muammo falastinliklar bilan birga hal etilishi kerak deya hisoblaydi.
BMT Bosh Assambleyasining 1947-yildagi 181-sonli qarori Quddusni BMT boshqaruvidagi alohida birlik sifatida belgilaydi. Ushbu masala bo‘yicha boshqa bir hujjat — BMT Xavfsizlik kengashining 1980 yilgi 478-sonli rezolyusiyasi Quddusning poytaxt sifatidagi maqomi haqidagi asosiy qonunni qabul qilgani uchun Isroilni «tanqid qiladi» va boshqa davlatlarni o‘z diplomatik missiyalarini shahardan olib chiqishga chaqiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter