Rossiya Suriyadan harbiylarini olib chiqib ketadimi?

Rossiya prezidenti Vladimir Putin so‘nggi bir necha kun davomida Suriyadan Rossiya qurolli kuchlariga tegishli 13 ta samolyot va 14 ta vertolyot olib chiqib ketilganini ma’lum qildi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.
Shu bilan birga, Suriyadan 1140 nafar harbiy ham Rossiyaga qaytib kelgan.
Vladimir Putin Kremlda harbiy kursantlarning bitiruv marosimi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etib, o‘tgan yili Suriyaning «Humaymim» harbiy bazasiga borganidan so‘ng sekin-asta rus harbiylari Suriyadan chiqib ketayotganini aytdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter