Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmatiga 16 ta avtomobil topshirildi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmatiga 16 ta avtomobil topshirildi

Foto: SSV matbuot xizmati

BMTning Bolalar fondi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga immunizatsiya jarayoniga ixtisoslashgan 16 ta zamonaviy transport vositasini topshirdi.

Avtotransport vositalari Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmatining viloyat bo‘limlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ulardan butun mamlakat bo‘ylab bolalarning vaqtida emlanganligining monitoringini olib borish sifatini yanada yaxshilash uchun foydalaniladi.

— Immunizatsiya bolalar orasida kasalliklarni  oldini olishda  asosiy omillardan biridir. Ayni paytda mamlakatimiz milliy emlash kalendaridan 13 ta vaksina o‘rin egallagan bo‘lib, aholini emlash bilan qamrab olish 99 foizni tashkil etmoqda. UNICEF bilan ushbu yo‘nalishdagi hamkorligimiz esa mamlakatimizdagi barcha bolalarning salomatligi uchun katta ahamiyatga ega, — dedi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbarining o‘rinbosari Botirjon Qurbonov.

Bundan tashqari, vaksinalar logistikasini boshqarish uchun axborot tizimi ishlab chiqilgan bo‘lib, mazkur loyiha milliy emlash tizimini sezilarli darajada yaxshilashi kutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring