Shavkat Mirziyoyev ushbu haftada yoshlar bilan uchrashadi

Bugun prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov jurnalistlar uchun brifing o‘tkazdi. Unda davlat rahbarining bir haftalik faoliyati va kelgusidagi rejalari haqida ma’lumot berildi.
Bu haftada ham hududlarga tashrif va ko‘plab yig‘ilishlar bo‘lishi kutilmoqda.
Bugun Turkiya Respublikasi Vitse-prezidenti Fuat Oktay bilan uchrashuv, mis ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish bo‘ladi.
Seshanba kuni davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlari, payshanba kuni uzum yetishtirish va qayta ishlash masalalari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazilishi mo‘ljallangan.
Davlatimiz rahbari 30 iyun kuni O‘zbekiston yoshlari va talabalari forumi doirasida yoshlar bilan uchrashadi. Hafta davomida respublika hududlariga amaliy tashrif ham rejalashtirilgan.
Bu haqida qo‘shimcha tarzda batafsil ma’lumot beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter