Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyevning ish rejasi bo‘yicha ma’lumot berildi

Shavkat Mirziyoyevning ish rejasi bo‘yicha ma’lumot berildi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish boshlanadi.

Unda, jumladan, aholi o‘rtasida jismoniy tarbiyani ommalashtirish, mahallarda sport infratuzilmasini rivojlantirish, yoshlarni sport tadbirlari bilan qamrab olish masalalari muhokama qilinadi.

Davlatimiz rahbarining ish rejasida uch kunlik tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turgan Ozarbayjon Parlamenti raisi Sohiba Gafarova bilan uchrashuv ham rejalashtirilgan.

Uchrashuvda ko‘p qirrali O‘zbekiston-Ozarbayjon hamkorligining dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi. Qo‘shma iqtisodiy loyihalar va gumanitar dasturlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida faol parlamentlararo hamkorlikka alohida e’tibor qaratiladi.

Eslatib o‘tamiz, prezident kecha makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, jahon iqtisodiyotidagi murakkab vaziyatdan kelib chiqib hudud va tarmoqlarni rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring