Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

So‘nggi soatlarda yana bir necha kishida koronavirus qayd etildi

So‘nggi soatlarda yana bir necha kishida koronavirus qayd etildi

Foto:«UzReport»

2020-yil 14-may soat 15:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2636 (+16) nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi. 

16 nafar yangi kasallanish holatining 6 nafari xorijdan kelib, karantinga olingan, qolgan 10 nafari ham oldindan karantin muassasalarida kuzatuvda bo‘lgan fuqarolar orasidan aniqlandi. Xorijdan kelib, kasallanish qayd etilgan fuqarolarning 5 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi bo‘lsa, 1 nafari esa Qozog‘istondan kelgan.

Ayni paytda yurtimizda 2136 nafar fuqaro koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 81 foizni tashkil qilmoqda. Mamlakatimizda davolanayotgan 489 nafar bemordan 11 nafari og‘ir ahvolda. Shifokorlarimiz tomonidan barcha bemorlarga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Jami vafot etganlar soni esa 11 nafarni tashkil qiladi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring