Suriyada rus harbiylari halok bo‘lgani rad etildi

Rossiya mudofaa vazirligi Suriyaning Dera shahrida 35 nafar rossiyalik harbiyning halok bo‘lgani to‘g‘risidagi xabarlarni rad etdi. Bu haqda «Haber7» xabar bermoqda.
Rossiya mudofaa vazirligi bu haqda bayonot berib, Suriyaning Dera shahrida rossiyalik harbiylar halok bo‘lgani to‘g‘risidagi barcha xabarlarni yolg‘onga chiqardi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bu xabarlar IShID terrorchi guruhi jangarilari tomonidan ataylab tarqatilgan ekan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter