Tojikiston Prezidentining Toshkentga kelish sanasi ma’lum bo‘ldi

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon 17-18 avgust kunlari O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi. Tashrif davomida prezidentlar Tojikistonning an’ana va urf-odatlarini tartibga keltirish borasidagi tajribasini o‘rganish borasida kelishib olishadi.
Xabarda aytilishicha, o‘zbek rasmiylari Tojikistonning 10 yildan beri amalga oshirib kelayotgan an’ana va urf-odatlarni tartibga solish tajribasiga anchadan beri qiziqish bildirgan. Bu haqda “Asia Plus” axborot agentligi xabar berdi.
Xavfsizlik sohasidagi hamkorlik, strategik sheriklik, chegarani to‘liq demarkatsiya va delimitatsiya qilish haqida bitimlarni imzolash ham rejalashtirilgan. Umuman olganda, Tojikiston prezidentining tashrifi davomida 23 ta yangi hujjat va bitimlar imzolanishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, shu yil mart oyida Shavkat Mirziyoyevning Dushanbega davlat tashrifi doirasida, 27 ta kelishuv bitimi imzolangan edi. Ularning eng asosiylari mamlakatlar orasida viza rejimini bekor qilish va chegarani qayta ochish to‘g‘risidagi bitimlar edi. Aynan shu tashrif chog‘ida Shavkat Mirziyoyev Imomali Rahmonni O‘zbekistonga taklif qilgan edi.
6 iyul kuni esa Ostona shahrida o‘tgan rasmiy tadbir chog‘ida Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon uchrashgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter