Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Trampni Hitlerga tenglashtirishdi

Trampni Hitlerga tenglashtirishdi

Foto:«recode.net»

Bugun, 14-aprel kuni Rossiya davlat dumasining mudofaa masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Aleksandr Sherin AQSh prezidenti Donald Trampni natsistlar Germaniyasi yetakchi Adolf Hitler bilan tenglashtirdi. Bu haqda «Aif.ru»  yozmoqda.

«Unga (Tramp) jinoyatchi so‘zini ishlatish kam. Tramp ikkinchi Hitler», — deya bayonot bergan Sherin.

Tramp 13-aprel kuni Suriyaga raketa hujumlarini amalga oshirishga buyruq bergandi. Buyuk Britaniya va Fransiya ham AQShga xayrixohlik qildi. Ular mazkur hujumni Sharqiy Gutada kimyoviy qurol ishlatilishiga javoban amalga oshirganlarini ma’lum qilishgan.

Eslatib o‘tamiz, Suriya va uning yaqin hamkori bo‘lgan Rossiya kimyoviy qurol ishlatilganiga oid ayblovlarni rad etib kelmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring