Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tug‘ilish kamayib ketgan Turkiyada «Oila o‘n yilligi» e’lon qilindi

Tug‘ilish kamayib ketgan Turkiyada «Oila o‘n yilligi» e’lon qilindi

Illyustrativ foto

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Istanbulda bo‘lib o‘tgan xalqaro oila forumining ochilishida «Oila o‘n yilligi»ni e’lon qildi. Maqsad — mamlakatda tug‘ilish kamayishining oldini olishdir.

«2026-yildan 2035-yilgacha bo‘lgan davr oila va aholi o‘n yilligi deb e’lon qilindi. Mamlakatimiz katta xavfga duch kelmoqda: Turkiyada tug‘ilish darajasi tariximizda ilk bor bir ayolga 1,48 bolagacha tushib ketdi. Bu falokat», — dedi Turkiya yetakchisi.

Erdo‘g‘on ko‘rsatkich 2,1lik xavfli chegaradan ham ancha pastligini, buni ogohlantirish hamda harakatlanish uchun chaqiriq deb bilish kerakligini ta’kidladi. Turkiyadagi har bir oila kamida uch nafar farzandli bo‘lishi kerak, dedi u.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida Turkiya prezidenti 2025-yilni «Oila yili» deb e’lon qilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring