Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyada muddatidan avval saylov o‘tkazilishi rasman tasdiqlandi

Turkiyada muddatidan avval saylov o‘tkazilishi rasman tasdiqlandi

Foto: «AP Photo»

20-aprel kuni Turkiya parlamenti muhokama uchun kiritilgan mamlakatda muddatidan oldin parlament hamda prezident saylovlarini o‘tkazish haqidagi qonun loyihasini tasdiqladi. Saylovlar shu yilning 24-iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda «RIA Novosti» axborot agentligi xabar bermoqda.

450 deputatdan 386 tasi mazkur qonun loyihasini yoqlab ovoz bergan.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 18-aprel kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on mamlakatda muddatidan oldin parlament hamda prezident saylovlari shu yilning 24-iyun kuni bo‘lib o‘tishini ma’lum qilgandi. Uning so‘zlariga qaraganda, bu narsa iloji boricha tezroq prezidentlik boshqaruviga o‘tish zarurati bilan bog‘liq.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring