Turkiyada xorijiy kuzatuvchilar hibsga olindi

Turkiyada davom etayotgan parlament hamda prezidentlik saylovlari davomida bir nechta xorijlik kuzatuvchilar hibsga olingan. Bu haqda «Yevropa 1» radiosi xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, Fransiya kommunistik partiyasidan Senat a’zosi Kristin Pruno o‘zining ikki hamrohi — Hulliya Turan va Paskal Torre bilan birgalikda saylovlarni kuzatish paytida hibsga olingan. Shu munosabat bilan Fransiya kommunistik partiyasi «Twitter»da bayonot bilan chiqib Fransiya prezidentidan mojaroga aralashishni so‘ragan.
Les autorités turques ont empêché les observateurs français, membres du @pcf de surveiller les opérations de vote en #Turquie. Ils sont en garde à vue. Cc @PCF @PCF_monde @EmmanuelMacron https://t.co/GiN4yNR8I3
— Ozer OZTORUN (@OzerOZTORUN94) 24 iyunya 2018 g.
Turkiya hukumati esa hibsga olingan shaxslarni soxta kuzatuvchilar deya ma’lum qilgan, partiya esa buni keskin rad etgan.
Shuningdek, Turkiyadagi muxolifat partiyasi saylovlar jarayonida qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilganini iddao qilmoqda.
«Anadolu» agentligining xabar berishicha, saylovlarda kuzatuvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tishga uringan jami 10 nafar xorij fuqarosi hibsga olingan. Ulardan 3 nafari fransiyalik, 3 nafari germaniyalik va 3 nafari italiyalik ekani aytilmoqda. Muxolifat va xalqaro tashkilotlar saylovlarda qonun buzilishi xavfi ostida mamlakatning kurdlar yashaydigan janubi-sharqiy mintaqasiga kuzatuvchilarni ko‘proq jo‘natishni taklif qilgandilar.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 24-iyun kuni Turkiyada muddatidan avval parlament va prezidentlik saylovlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter