Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyaning janubi-sharqida o‘quv samolyoti qulab tushdi

Turkiyaning janubi-sharqida o‘quv samolyoti qulab tushdi

Foto:«Fotolia»

Turkiyaning Adiyaman viloyatida o‘quv samolyoti qulab tushgan. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Uchuvchining halok bo‘lgani aytilmoqda.

Halokat sodir bo‘lgan Besni shahriga qutqaruvchilar, shifokorlar, o‘t o‘chiruvchilar yuborilgan.

Samolyot Gaziantep universitetiga tegishli bo‘lgan. Universitet rektori Ali Gurening so‘zlariga ko‘ra, Gaziantep aeroportidan universitet aeronavtika fakultetiga qarashli ikkita o‘quv samolyoti havoga ko‘tarilgan. Ulardan biri halokatga uchragan, ikkinchisi esa muvaffaqiyatli qo‘ngan. Uchuvchilar yozgi amaliyotni o‘tayotgan bo‘lishgan.

Halokat sabablari hali noma’lum. Ushbu holat yuzasidan surishtiruv ishlari boshlab yuborilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring