Italiya ham Suriyaga zarba berishdan bosh tortdi

Italiya bosh vaziri Paolo Jentiloni mamlakat harbiylari Suriya tuprog‘iga qadam bosmasligini bildirdi. Bu haqda u Yevropa davlatlari vakillari bilan muloqot chog‘ida e’lon qildi. Mazkur xabar «ANSA» agentligi rasmiy saytida keltirilgan.
Lekin Italiya xalqaro kelishuvlar doirasida ittifoqchilariga yordam berishi mumkinligi aytilgan. Yordam qay tarzda berilishiga aniqlik kiritilmagan.
Avvalroq, Germaniya kansleri Angela Merkel ham mamlakat Suriyaga qarshi harbiy amaliyotlarda qatnashmasligini ma’lum qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter