
Samarqandda «Yosh ekologlar bog‘i» tashkil etilmoqda
Samarqandda, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi «Zarafshon» milliy tabiat bog‘ida «Yosh ekologlar bog‘i» barpo qilinmoqda.

Ekologiyaga oid yangi tanlov shartlari ma’lum qilindi
Joriy yildan boshlab yanvar-mart oylari davomida respublikamizning barcha umumta’lim maktablarining yuqori sinf hamda kasbiy ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida «Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?» respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi.

Ikkita muhofaza etiladigan tabiiy hududning qo‘riqlanma zonalari belgilandi
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi «Chotqol» davlat biosfera qo‘riqxonasiga tutash 32 859,89 gektar hamda «Oqtog‘-Tomdi» davlat qo‘riqxonasiga tutash 28 500 gektar hududda ularning qo‘riqlanma zonalari belgilandi. Bu O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 5 martdagi 142-sonli Qarorida belgilab qo‘yilgan.

Ekologiya sohasida malakali kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda
Bugun, 26 fevral kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA)da Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi axborot xizmati rahbari Lola Rahmonboyeva ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Nima uchun havo ifloslanmoqda? Mutaxassis fikri
Bugun iqlim o‘zgarishi sababli havoda chang massalarining to‘planishi nafaqat Toshkentda, balki Markaziy Osiyo mintaqasi va dunyoning ko‘plab davlatlarida uchramoqda. Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri, iqlimshunos-ekspert Erkin Abdulahatov bu borada o‘z fikr va tavsiyalarini berib o‘tdi.

Tungi reyd: Toshkent viloyatidagi issiqxonalar faoliyati o‘rganildi
11 fevral kuni tungi vaqtda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Bosh prokuratura, Milliy gvardiya, Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi va viloyat IIB va boshqa mas’ul tashkilotlar xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari va blogerlar ishtirokida Toshkent viloyatining Toshkent shahriga tutash hududlaridagi issiqxonalar faoliyati o‘rganildi.

O‘rmon xo‘jaliklari faoliyatiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazilmoqda
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi tomonidan 24-25 yanvar kunlari «2025 yil – Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili» munosabati

«Toza qo‘llar» dasturini amalga oshirish taklif qilinmoqda
Aholi, ayniqsa, yosh avlod vakillari tomonidan sanitariya-gigiyena vositalaridan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida 2025 yil 1 maydan boshlab Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan «Toza qo‘llar» dasturi amalga oshiriladi.

Shahram G‘iyosovning ayiq bilan mashg‘ulot o‘tkazganligi holati o‘rganiladi – Ekologiya vazirligi
Ijtimoiy tarmoqlarda bokschi Shahram G‘iyosov ayiq bilan mashg‘ulot o‘tkazgani aks etgan video tarqaldi.

O‘zbekistonda 2025 yilda CITES tomonlar konferensiyasining 20-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi
2025 yilning 24 noyabridan 5 dekabr kuniga qadar O‘zbekistonning tarixiy shahri Samarqandda Yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro savdosi to‘g‘risidagi konvensiya (CITES) tomonlar konferensiyasining 20-yig‘ilishi (COP20) o‘tkaziladi.

Yaponiya ko‘magida tabiiy ofat xavfini kamaytirish bo‘yicha loyiha amalga oshiriladi
Toshkentda «Markaziy Osiyoda shaharlarning tabiiy ofatlar xavfi va iqlim o‘zgarishiga chidamliligini oshirish» loyihasini ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Turizmni tabiat bilan uyg‘unlikda rivojlantirishga oid o‘quv seminari boshlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida ijro hokimiyati organlari rahbar kadrlari, tuman (shahar) sektorlari rahbarlari uchun o‘quv-amaliy seminar boshlandi. Tadbir davlat rahbarining 2024 yil 18–20 noyabr kunlari Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasida

IUCN’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rasman o‘z ishini boshladi
Ar-Riyod shahrida O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi ko‘magida bo‘lib o‘tayotgan COP16 konferensiyasi doirasida mezbon davlat shartnomasini imzolash va Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining (IUCN) Toshkent shahrida vakolatxonasini tashkil etish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Savdodan so‘ng chiqindixonaga aylanayotgan bozor ma’muriyatiga chora ko‘rildi
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi respublika ishchi guruhi tomonidan viloyatlarda ekologiyani yaxshilash, turizm salohiyatini oshirish hamda o‘rmon xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanishni ta’minlashga doir o‘rganishlar olib borilmoqda.

BMT Bosh kotibi o‘rinbosari Inger Andersen O‘zbekiston paviloniga tashrif buyurdi
O‘zbekiston delegatsiyasining taklifiga binoan BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Atrof-muhit bo‘yicha dasturi (UNEP) Ijrochi direktori Inger Andersen Boku shahrida SOP29da taqdim etilgan O‘zbekiston Milliy paviloniga tashrif buyurdi.

Yurtimizda chiqindilarni qayta ishlaydigan korxonalar soni oshib bormoqda
15 noyabr kuni butun dunyoda chiqindilarni ikkilamchi qayta ishlash kuni hisoblanadi va shu kuni jamoatchilik e’tibori chiqindilardan foydali xomashyo ishlab chiqarish lozimligiga qaratiladi.

BMT Orolbo‘yida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha 6 yillik ish natijalarini taqdim etdi
Birlashgan Millatlar Tashkiloti O‘zbekiston hukumati va rivojlanish bo‘yicha asosiy hamkorlar bilan birga Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida Orol dengizi mintaqasida barqaror rivojlanish bo‘yicha COP29 yordamchi tadbirini tashkil qildi.

OTB bilan iqlim texnologiyalari va ta’lim sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
COP29 doirasida Ozarbayjon poytaxti Boku shahridagi O‘zbekiston Milliy pavilonida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov va Osiyo taraqqiyot banki (OTB) vitse-prezidenti Yingming Yang o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston COP29 tadbirida ishtirok etadi: samarali hamkorlik va yangi imkoniyatlar
O‘zbekistonda 2024 yilning 11–22 noyabr kunlari Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida bo‘lib o‘tadigan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konvensiyasi (BMT UNFCCC) ishtirokchilari konferensiyasining 29-sessiyasiga (COP29) qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

«World cleanup day» — Vazir shaxsiy tashabbus ko‘rsatdi
Kecha, 20 sentyabr kuni Respublikamizning barcha hududlarida «World cleanup day» — «Butunjahon tozalik kuni» munosabati bilan «Hayot uchun joy ajrating» shiori ostida ommaviy plogging eko-aksiyasi tashkil etildi.

Ekologiya vazirligi tomonidan matbuot anjumani o‘tkazildi
18 sentyabr kuni AOKA binosida «Ekologiya vazirligi tomonidan sohada amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rsatkichi: erishilgan natijalar va kelgusi rejalar, shuningdek, ekologik ta’limni rivojlantirish istiqbollari» mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Oppoq cho‘l bo‘ylab: eko-marafonchilar Orol tubi bo‘ylab 42 kilometr yugurishdi
14–15 sentyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi noyob tabiiy maskan – Borsakelmas hududida «Sayyoramiz kelajagiga qo‘shgan hissamiz» xalqaro ekomarafoni bo‘lib o‘tdi.

Toshkentda yana bir ekopark tashkil etiladi
O‘tgan hafta, 6–7 sentyabr kunlari Toshkentning Yunusobod tumanida ekopark tashkil etish bo‘yicha jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi. Tadbirda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov, mahalla, jamoatchilik va mahalliy aholi, ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar ishtirok etdi.

Global ekologik muammolar aks etgan 20 dan ortiq haykaltaroshlik asarlari yaratildi
7 sentyabr kuni «Toshkent – 2024» III Xalqaro haykaltaroshlik simpoziumi yopilish marosimi o‘tkazildi. Unda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Badiiy akademiya, Badiiy ijodkorlar uyushmasi mas’ullari, xorijiy davlatlarning yurtimizdagi elchixonalari, Badiiy akademiya huzuridagi ta’lim muassalalari vakillari va boshqalar ishtirok etdi.

Toshkentda joriy yilda chiqindi bilan bog‘liq 2000 dan ortiq huquqbuzarlik sodir etilgan
Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tuman inspektorlari tomonidan belgilanmagan joylarga chiqindi tashlashga qarshi doimiy nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Toshkentda Markaziy Osiyoda tabiatni muhofaza qilish loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Toshkentda Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi (IUCN) tomonidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan «Markaziy Osiyoda tabiatni muhofaza qilishda yagona salomatlik» loyihasini amalga oshirishga bag‘ishlangan hududiy seminar boshlandi.

O‘zbekiston va Xitoy olimlari Orol dengizi tubini hamkorlikda o‘rganishga kirishdi
Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universitetida («Green University») Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Shinjon ekologiya va geografiya instituti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan hamkorlikda Orol dengizi qurigan tubining ekologiyasi va atrof-muhitiga oid kompleks ilmiy ekspeditsiyaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Orolbo‘yi ekologiyasini yaxshilash borasidagi xalqaro hamkorlik mustahkamlanmoqda
Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov Xitoy fanlar akademiyasining Sinszyan ekologiya va geografiya instituti, Sho‘rlanish sharoitida biodehqonchlik xalqaro markazi (BAA), Yaponiyaning Tottori universiteti Arid va cho‘llar tadqiqot markazi, Yaponiyaning Miye universiteti Bioresurslar tadqiqoti instituti professor-olimlaridan iborat delegatsiya bilan uchrashdi.

Ekologik loyihalarning situatsion xaritalarini tasdiqlashning elektron mexanizmi joriy etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq atrof-muhitga ta’sirni baholash sohasini raqamlashtirish va shaffof tizim yaratilishi belgilangan.

Eko-faol yoshlar ekologiyaga oid muhim loyihalarini taqdim etishdi
10 avgust kuni Shahrisabzda «Yoshlar - kelajak bunyodkorlari!» III ekologiya va turizm xalqaro qurultoyi doirasida «Eng yaxshi ekologik loyiha» tanlovi o‘tkazildi.

BMTTD bilan yangi loyihalarni ishga tushirish bo‘yicha kelishuv imzolandi
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov va BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili etib tayinlangan Akiko Fujii o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Xitoy kompaniyalari bilan O‘zbekistonda chiqindilardan energiya ishlab chiqarish bo‘yicha memorandum imzolandi
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligida Xitoy Xalq Respublikasining «Chengdu Environment Investment Group» davlat korxonasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Yirtqich hayvonlarga duch kelganda nima qilish kerak?
O‘zbekiston faunasi turli xil hayvonlarni o‘z ichiga oladi, bu hayvonlarning har biri o‘ziga xos xususiyat va odatga ega. Shuning uchun yovvoyi yirtqich hayvonlar bilan uchrashganda, xavfsizlik doimo birinchi o‘rinda turishi kerakligini yodda tutish lozim.

Ov qilish va ovchilik xo‘jaliklari faoliyati yanada takomillashtiriladi
O‘zbekistonda ov qilish va ovchilik xo‘jaliklari faoliyati yanada takomillashtiriladi. Bu joriy yilning 23 iyulida qabul qilingan «Respublikada ov qilish va ovchilik xo‘jaliklari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 105-sonli Prezident Farmonida belgilab qo‘yilgan.

O‘zbekiston ShHT forumida iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni ishlab chiqishni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi
Vazir Aziz Abduhakimov boshchiligidagi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi delegatsiyasi 8–9 iyul kunlari Xitoyning Sindao shahrida bo‘lib o‘tgan ShHTning «Yashil» rivojlanish forumida ishtirok etdi.

O‘zbekiston uchun iqlim o‘zgarishiga moslashish va yumshatishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha davlat dasturi ishlab chiqilmoqda
8–10 iyul kunlari Yashil iqlim jamg‘armasi (YaIJ) delegatsiyasi O‘zbekistonda bo‘ldi. Ushbu tashrif YaIJ bilan ishlash bo‘yicha milliy muvofiqlashtiruvchi tashkilot hisoblangan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tashabbusi bilan amalga oshirildi.

Xavfli chiqindilarni boshqarish borasida xorij tajribasi o‘rganildi
Ekologiya vazirligi huzuridagi Davlat ekologik ekspertizasi markazi bosh direktor o‘rinbosari Timurlan Aytmuratov Shveysariyaning Jeneva shahrida bo‘lib o‘tgan «Xavfli chiqindilarni chegaralararo tashish va yo‘q qilib yuborish ustidan nazorat qilish to‘g‘risida» Bazel konvensiyasi ochiq ishchi guruhining 14-yig‘ilishida ishtirok etdi.

«Avtomobilsiz kun» aksiyasi davom etmoqda!
Toshkentda 26 iyun, chorshanba kuni navbatdagi «Avtomobilsiz kun» aksiyasi bo‘lib o‘tadi.

Qurigan Orol dengizi bo‘ylab o‘tkazilgan marafon ekologik muammolardan xabardorlikni oshiradi
Keniya, Togo, Fransiya, Xitoy, Yaponiya, Pokiston, Filippin va O‘zbekistondan jami 12 nafar sportchi Orol dengizining qurigan tubi bo‘ylab 42 kilometr 195 metrlik marafon masofasini bosib o‘tib, noyob poygada ishtirok etishdi. Sportchilar o‘zlari guvoh bo‘lgan Orol dengizining falokatidan hayratda qolishdi.

Yapon bog‘ida daraxtlarni pasportlashtirish ishlari olib borilmoqda
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan Toshkent shahridagi «Yapon bog‘i» hududidagi daraxtlarni pasportlashtirish ishlari bajarilmoqda.

Orolning qurigan tubida qurilish, to‘qimachilik va chorvada qo‘llash mumkin bo‘lgan noyob o‘simlik sinovdan o‘tkazilmoqda
Orol dengizining qurigan tubi hududida qariyb 600 ming gektarlik maydonda sho‘r va nam tuproqlarda o‘rmonzorlar barpo etish maqsadida birinchi marta noyob o‘simlik Arundo donax tajriba maydonida sinovdan o‘tkazilmoqda.

Tabiat bilan uyg‘unlikda: O‘zbekistonning tog‘li hududlarida «Global Wellness Day» nishonlandi
8 iyun kuni Toshkent viloyatidagi «Green Hills Resort» dam olish maskanida «Global Wellness Day»ning (Butunjahon salomatlik kuni) 13 yillik bayrami bo‘lib o‘tdi.

Xivada IHTga a’zo davlatlar rasmlari ko‘rgazmasi ochildi
Bugun, 2 iyun kuni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov, Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Xusrav Noziri

Chirchiq qirg‘oqlari ayrim joylarda 30 metrgacha yemirilgan, chiqindilar bilan ifloslangan – Vazirlik tekshiruv natijalarini ma’lum qildi
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Bosh prokuratura va «Xavfsiz daryo» davlat unitar korxonasi tomonidan Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosi hududida nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

ShHTga a’zo davlatlar Shavkat Mirziyoyevning ekologiyaga oid tashabbusini qo‘llab-quvvatladilar
22 may kuni Ostona shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar vazirlik va idoralari rahbarlarining atrof-muhit masalalari bo‘yicha beshinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Atrof-muhitni muhofaza qilishda jamoatchilikning roli muhokama qilindi
15 may kuni Toshkentda 31-Jahon matbuot erkinligi kuni munosabati bilan «Fuqarolarning ekologik huquqlarini targ‘ib qilish va himoya qilishda ommaviy axborot vositalari hamda jurnalistlarning o‘rni» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

O‘zbekistonda xavfli kimyoviy moddalarni oqilona boshqarishni ta’minlash loyihasi amalga oshirilmoqda
1 may kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti tomonidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bilan hamkorlikda hamda Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magida «Xavfli kimyoviy moddalarni oqilona boshqarish bo‘yicha texnik ko‘mak» loyihasini amalga oshirish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi.

“Yoshlar ovozi”: O‘zbekistondagi ekologik muammolarga qaratilgan ijtimoiy so‘rovnomaga qo‘shiling
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi UNICEF global tashabbusi — “U-Report” bilan hamkorlikda O‘zbekiston yoshlari o‘rtasida ekologik muammolar bo‘yicha ijtimoiy so‘rovnoma tashkil qildi.

«Orol turizmi» – Stalinni qiziqtirgan qal’alar siri, tabiat va bug‘u
Dunyo ulkan o‘zgarishlar ostonasida turgan, yetakchi mamlakatlar esa yaqinlashib kelayotgan urushga tayyorgarlik ko‘rish bilan band edi. Mana shunday vaqtda tarixchi olim Sergey Tolstov sobiq ittifoqni idora etib turgan Stalinning huzuriga qadimgi Xorazm davlatiga tegishli bo‘lgan qal’alarni tadqiq etish taklifi bilan kiradi. Garchi vaziyat og‘ir bo‘lishiga qaramasdan Stalin bu taklifga rozilik beradi, chunki Xorazm zaminida ulkan boylik yashirinib yotganiga u ishonardi.

G‘arbga sayohat – «Orol turizmi» doirasida Orolbo‘yi muammolariga bir nazar
Kuniga ikki mahal tish tozalayotib, suvni sharillatib oqizib qo‘yadigan, bitta erkatoy mashinasini yuvish uchun yuzlab litr suvni isrof qiladigan va har uch kunda basseyniga tonnalab suv quyadigan har bir odam borki mana shu konferensiyada boshidan oxirigacha o‘tirishi kerak edi. Orol fojeasi haqida gapirila boshlanganiga 40 yildan oshdi, ammo eshitadigan odam juda kam.