Aliyev Rossiyani Ukrainadagi elchixonaga zarba berishda aybladi
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Myunxen xavfsizlik konferensiyasida Rossiyani Kiyevdagi Ozarbayjon elchixonasiga uch marta zarba berishda aybladi.
Makron: Yevropa Rossiya bilan muzokaralarda ishtirok etishi kerak
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Yevropa davlatlari Rossiya bilan Ukrainadagi urushni yakunlash bo‘yicha muzokaralarda bevosita ishtirok etishi shartligini bildirdi. U bu haqda 13 fevral kuni Xavfsizlik bo‘yicha Myunxen konferensiyasidagi chiqishi chog‘ida ma’lum qildi. Bu haqda Le Monde xabar berdi.
Kreml Ukraina va AQSh bilan yangi muzokaralar sanasini ma’lum qildi
Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham muzokaralar kelasi hafta davom ettirilishini tasdiqladi.
Apple minglab Rossiyaliklar akkauntlarini bloklamoqda. Bu sanksiyalar ro‘yxati bilan bog‘liq
Apple kompaniyasi AQSh va Yevropa Ittifoqi sanksiya ro‘yxatlariga kiritilgan shaxslar bilan ism-sharifi mos kelgan foydalanuvchilarning akkauntlarini bloklashni boshladi. Bu holat taxminan 10 mingga yaqin rossiyalikka ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Rossiyaning Krasnodar o‘lkasidagi kollejda otishma yuz berdi
Oqibatda bir kishi halok bo‘lgan.
Rossiyada mehnat migrantlarining voyaga yetmagan farzandlari ham soliqqa tortilmoqda
Migrantlar daromadlari ustidan nazorat kuchaytirilmoqda.
Baxtiyor Saidov Rossiya elchisi bilan muzokaralar o‘tkazdi
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlik natijalari hamda joriy yil uchun rejalashtirilgan tadbirlar TIVdagi uchrashuvda muhokama qilindi.
Rus generaliga suiqasd uyushtirgan erkak Dubayda qo‘lga olingan
Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi Bosh razvedka boshqarmasi rahbarining o‘rinbosari Vladimir Alekseyev Moskvada uyushtirilgan suiqasddan so‘ng shifoxonada qolmoqda.
Ukraina razvedkasi: Putin Trampga 12 trillion dollarlik kelishuv taklif qilgan
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning ma’lum qilishicha, Ukraina razvedkasi Kreml AQSh prezidenti Donald Trampni o‘z tomoniga og‘dirish maqsadida 12 trillion dollarlik yirik iqtisodiy kelishuv taklif qilgani haqida ma’lumotga ega.
AQSh urushni yoz boshigacha yakunlashni istayapti – Zelenskiy
Ukraina prezidentining ma’lum qilishicha, AQSh ma’muriyati urushni yoz boshigacha tugatishni maqsad qilgan va shu yo‘nalishda aniq muzokaralar rejasini taklif etmoqda.
Moskvada yana bir general otib ketildi, ahvoli og‘ir
Moskva shahrida Rossiya Qurolli Kuchlari Bosh shtabi Bosh razvedka boshqarmasi rahbarining birinchi o‘rinbosari, general-leytenant Vladimir Alekseyevga nisbatan suiqasd sodir etildi. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasi xabar berdi.
Ukraina bo‘yicha uchtomonlama muzokaralarning ikkinchi raundi yakunlandi
Abu-Dabida o‘tgan Rossiya, Ukraina va AQSh ishtirokidagi uch tomonlama muzokaralarning ikkinchi raundi yakunlandi.
Yaponiya tomonidan Rossiya agressiyasiga qarshi kiritilgan sanksiyalar ko‘lami ma’lum qilindi
Sanksiyalar xronologiyasiga e’tibor qaratilsa, 2022- yil fevral oyida Ukraina urushi boshlanganidayoq Rossiyaning bir qator davlat amaldorlari, jumladan, prezident Vladimir Putin va tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, oligarxlar, harbiylarga tegishli mablag‘lar muzlatilgan.
Ukraina ehtimoliy sulh buzilishiga qarshi Rossiyaga nisbatan reja tayyorlayapti – FT
Ukraina kelgusida ehtimoliy sulh kelishuvi buzilgan taqdirda Rossiyaga javob choralarini ko‘rish uchun maxfiy harbiy reja ishlab chiqqan. Bu haqda Financial Times nashri G‘arb davlatlaridagi manbalarga tayanib xabar berdi. Ayni paytda mazkur ma’lumot rasman tasdiqlanmagan.
Ekspertlar: Bu holat Uchinchi jahon urushiga olib keladi...
AQSh va Rossiya o‘rtasida “covuq urush” davridan keyin ilk bor yadro quroli bo‘yicha chegarasiz poyga yana avj olishi mumkin, deya bong urmoqda G‘arb matbuoti.
Afg‘oniston fuqarolarini Rossiyaga ishlashga jo‘natmoqchi
Mamlakat aholisi asosan yoshlardan iborat bo‘lib, zarurat tug‘ilgan joylarga malakali va professional kadrlarini yuborishi mumkin.
Yevrokomissiya Rossiyani “qora ro‘yxat”ga kiritdi. Bu nimani anglatadi?
Hozirga qadar ushbu ro‘yxatga Shimoliy Koreya, Eron, Afg‘oniston, Yaman, Suriya kabi davlatlar kiritilgan edi.
Зеленский: энергия объектларига зарбалар тўхтади, аммо логистика нишонга олинмоқда
Жума тонгидан буён Украина ҳудудларида энергия инфратузилмасига қарши зарбалар деярли кузатилмади. Бу ҳақда Украина президенти маълум қилди. Истисно сифатида Донецк вилоятида газ инфратузилмасига авиа бомба орқали берилган ягона зарба қайд этилган.
Rossiyada migrantlar soni so‘nggi bir yilda 10 foizga kamaydi
Rossiyada migrantlar soni so‘nggi bir yil ichida 10 foizga qisqardi. 2026-yil boshiga kelib mamlakatda 5,7 million nafar xorijiy fuqaro bo‘lgan, 2025-yil boshida esa ularning soni taxminan 6,3 millionni tashkil etgan. Bu haqda IIV Migratsiya xizmati tahlil boshqarmasi rahbari Aleksandr Perejogin ma’lum qildi.
Ramzan Qodirov muzokaralarga qarshi chiqdi
«Shuncha ish qilinganidan keyin muzokaralar… Men muzokaralarga qarshiman», — degan Checheniston rahbari.
Rossiyaliklar bayramlarda Belarus va O‘zbekistonni tanlashmoqda
Fevral va mart oylaridagi bayramlarni rossiyaliklar qayerda o‘tkazishlari ma’lum bo‘ldi.
CSIS: Urushda 325 ming rus, 140 ming ukrain harbiylari halok bo‘lgan
AQShdagi nufuzli tahlil markazi – CSIS (Center for Strategic and International Studies) Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushda har ikki tomon ko‘rgan yo‘qotishlar bo‘yicha hisobot e’lon qildi.
Qirg‘iziston Rossiya ustidan sudga da’vo arizasi kiritdi
Rossiya migrant ishchilarning oilalariga bepul tibbiy sug‘urta polislarini berishdan bosh tortib, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi to‘g‘risidagi shartnomaning 96-97-moddalarini buzmoqda.
Rossiyada qarovsiz qolgan 14 nafar bola Vatanga qaytarildi
Rossiya Federatsiyasi hududida ota-ona qaramog‘isiz qolgan 14 nafar voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga olib kelindi.
TIV: Rossiya elchisi bilan muhojirlar masalasi muhokama qilindi
Uchrashuvda Rossiya Federatsiyasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir dolzarb masalalar muhokama qilingan.
Rossiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi vafot etdi
Ignatev 1988 yilda Yevropa chempionatida g‘olib chiqqan SSSR yoshlar terma jamoasiga murabbiylik qilgan.
YI 2027-yildan Rossiya gazi importini taqiqlaydi – Reuters
Yevropa Ittifoqi Kengashi 2027-yildan Rossiyadan gaz importini to‘liq taqiqlashni nazarda tutuvchi qonunni tasdiqladi. Qaror dushanba kuni Bryusselda bo‘lib o‘tgan vazirlar yig‘ilishida qabul qilindi. Slovakiya va Vengriya ushbu qarorga qarshi ovoz berdi. Vengriya masalani Yevropa sudiga olib chiqishini ham ma’lum qildi.
Ukraina bo‘yicha uch tomonlama muzokaralar kelasi hafta davom ettiriladi
AQSh, Ukraina va Rossiya o‘rtasida 23–24 yanvar kunlari Abu-Dabida bo‘lib o‘tgan uch tomonlama muzokaralar kelasi hafta shu yerning o‘zida qayta davom ettiriladi. Bu haqda 24 yanvar kuni Axios nashri muxbiri Barak Ravid manbaga tayanib xabar berdi.
BAAdagi muzokaralar: Putin va Zelenskiy uchrashishi mumkin
AQSh rasmiylarining aytishicha, ikki kunlik muzokaralar davomida barcha masalalar muhokama qilingan: Donbassdagi Rossiyaning hududiy da’volari, Zaporijjya atom elektr stansiyasi bo‘yicha nizo va urush tugaganini va qayta boshlanmasligini aniq ko‘rsatish uchun ikkala tomonning zarur bo‘lgan yumshatish choralari.
O‘tgan yili rus gazining O‘zbekistonga eksporti 30 foizga oshgan
Hisobotga ko‘ra, «Sibir kuchi» gaz quvuri orqali Xitoyga yetkazib berilgan Rossiya gazi hajmi 25 foizga, ya’ni qariyb 8 milliard kub metrga oshgan va 2025 yil yakunida deyarli 39 milliard kub metrga yetgan.
Kiyevda 6 mingdan ortiq uy issiqlik ta’minotisiz qoldi
Kiyevda Rossiya tomonidan amalga oshirilgan ommaviy hujum oqibatida 6 mingdan ortiq turar joy issiqlik ta’minotisiz qoldi. Bu haqda shahar meri Vitaliy Klichko ma’lum qildi.
Juda yopiq va maxfiy: BAAda Ukraina bo‘yicha muzokaralar boshlandi
Muzokaralar ikki kun davom etadi.
Tajovuzkor «ritorika» to‘xtamayapti. Endi Valuyev «akillab» chiqdi
Rossiyalik propagandachi Vladimir Solovyov boshlab bergan tajovuzkor «ritorika»ni Aleksandr Dugin davom ettirgandi.
Abu-Dabida Rossiya, AQSh va Ukraina vakillari muzokara stoliga o‘tiradi
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya delegatsiyasiga Bosh razvedka boshqarmasi rahbari Igor Kostyukov boshchilik qiladi. Shuningdek, Putin AQSh muzokarachilari bilan uchrashuvdan keyin Abu-Dabiga yo‘l oladigan Rossiya delegatsiyasiga tegishli ko‘rsatmalar bergan.
Rossiya, Ukraina va AQSh vakillari o‘zaro uchrashadi
Bugun Moskvaga kelishi rejalashtirilgan AQSh prezidentining elchisi Stiv Uitkoff Vladimir Putin bilan muzokaralardan so‘ng Abu-Dabiga borishini aytgan.
Putin Tinchlik kengashiga muzlatilgan aktivlaridan 1 mlrd dollar bermoqchi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya AQSh tomonidan muzlatib qo‘yilgan aktivlaridan 1 milliard dollarni Tinchlik kengashiga yo‘naltirish imkoniyatini bildirdi. Uning aytishicha, bu qadam Rossiyaning falastin xalqi bilan mavjud alohida munosabatlarini inobatga olgan holda amalga oshirilishi mumkin.
Toshkent Kremlga siyosiy signal yo‘lladi
O‘zbekiston suverenitetiga nisbatan kuchayib borayotgan mafkuraviy bosim sharoitida rasmiy Toshkent tashqi siyosatda keskin ritorikaga asoslangan reaksiya emas, balki diplomatik muvozanat va strategik hisob-kitobga tayangan javob modelini shakllantirmoqda.
Rossiyalik general o‘limida ayblangan o‘zbekistonlik umrbod qamaldi
Portlovchi moddalarni yetkazib berishda ayblangan ozarbayjonlik Robert Safaryan 25 yilga qattiq tartibli koloniyaga hukm qilindi.
Bloomberg: Oltin narxi o‘sishi Rossiyaga Yevropada muzlatilgan aktivlar bilan teng foyda berdi
Jahon bozorida oltin qiymatining oshishi Rossiyaga katta moliyaviy foyda keltirib, Yevropada aktivlari muzlatilishi natijasidagi yo‘qotishlarning katta qismini qoplashga xizmat qildi.
Bosforda cho‘kib ketgan Rossiyalik sportchining jasadi besh oydan so‘ng topildi
Turkiya dengiz politsiyasi Bosforda noma’lum erkakning jasadini topdi.
«Rossiya boshqarayotgan MDHda qolishning ma’nosi yo‘q» – Moldova MDHdan chiqish jarayonlarini boshladi
Moldova Rossiya boshchiligidagi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligidan (MDH) chiqishni rasman yakunlash uchun zarur huquqiy jarayonlarni davom ettirmoqda. Bu haqda dushanba kuni mamlakat tashqi ishlar vaziri Mixay Popshoy ma’lum qildi.
Stalinning Xitoy rahbari bilan yozishmalari arxivdan chiqariladi
Agentlik rahbari Rosarxivning hamkorlari qatorida Belarus, Qozog‘iston, Vetnam, Hindiston, Saudiya Arabistoni va Jazoirni tilga oldi.
“Shimoldan esgan sovuq shamol”. Rossiyalik yana bir propagandachi O‘zbekistonga til tekkizdi
Rossiyalik faylasuf va siyosatshunos Aleksandr Dugin postsovet makonida mustaqil davlatlar davri ortda qolgani haqidagi iddaoni ilgari surar ekan, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Armaniston, Gruziya, Ozarbayjon kabi davlatlarning suverenitetini shubha ostiga oldi.
Rossiya tashqi ishlar vazirligi Solovyovning gaplariga izoh berdi
Eslatib o‘tamiz, Solovyov o‘z dasturida Armaniston va Markaziy Osiyoga nisbatan harbiy amaliyot haqida gapirgandi va Ukraina urushini misol qilib keltirgan.
Rossiya tinchliksevar davlatlar reytingida oxirgi o‘rinni egalladi
Sudan, Kongo Demokratik Respublikasi va Yaman ham eng past o‘rinlarni egalladi.
Vaziyat jiddiylashmoqdami? AQSh yana Rossiyaga aloqador tankerni ushladi
WSJ xabariga ko‘ra, tanker AQSh sanksiyalari ostida bo‘lgan paytda Rossiya neftini noqonuniy tashib yurgan.
Rossiyadagi mintaqada barcha alkogol do‘konlari yopildi
Endi spirtli ichimliklar kuniga 2 soatga sotiladi.
Tramp qo‘lga olingan tankerdagi ikki Rossiyalikni ozod etishga qaror qildi
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qilishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya tomonining murojaatiga javoban AQSh tomonidan ushlab qolingan tanker ekipajidagi ikki nafar Rossiya fuqarosini ozod etishga qaror qilgan. Rossiya TIV bu qaror uchun AQSh prezidentiga minnatdorlik bildirgan.
AQSh rus nefti va gazini xarid qilayotgan davlatlarga nisbatan sanksiya joriy etmoqchi
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlashini aytdi. Shu bilan birga, u Vashington bu qonunni amalda qo‘llashga majbur bo‘lmasligiga umid bildirdi.
Internetni o‘chirish bo‘yicha «chempion mamlakatlar» qancha zarar ko‘rdi?
Rossiya — mutlaq chempion.

