
«Orol dengiziga poyezd» yoshlar ekologik aksiyasi o‘tkaziladi
Orolbo‘yi mintaqasida ekologik muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etish yo‘lida yoshlarning faolligini oshirish maqsadida joriy yilning 28-31 may kunlari Turizm qo‘mitasi tomonidan har yili o‘tkaziladigan «Orol dengiziga poyezd» yoshlar ekologik aksiyasi tashkil qilinmoqda.

O‘zbekiston gastronomiyasi Ozarbayjonda xalqaro pazandachilik chempionatida e’tirof etildi
Gastronomik turizm zamonaviy sayohatning ajralmas qismiga aylanib, nafaqat mahalliy taomlardan lazzatlanish, balki ma’lum bir hududning madaniyati va an’analarini chuqurroq anglash imkonini bermoqda.

«Umra» ziyoratini amalga oshirish litsenziyasiga ega turoperatorlar yana ikkitaga ko‘paydi
«O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi 935-sonli Qonunida «Umra» tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishga doir faoliyat litsenziyalanadigan faoliyatning alohida turi sifatida belgilangan.

O‘zbekiston – BMT Turizm Yevropa komissiyasi raisligiga nomzodini ilgari surdi
2025–2027 yillar uchun BMT Turizmning Yevropa bo‘yicha komissiyasi raisligiga O‘zbekiston Respublikasi o‘z nomzodini ilgari surdi. Mazkur nufuzli lavozimga O‘zbekiston tarixda ilk bor o‘z nomzodini ilgari surmoqda. Bu tashabbus mamlakatimizning xalqaro turizm tashkilotlari doirasidagi faolligi va yuksak ishonchga sazovor bo‘layotganining yaqqol ifodasidir.

Samarqand viloyatida «Tersak» turizm qishlog‘i ochildi
Samarqand viloyatining Urgut tumani Tersak qishlog‘iga «Turizm qishlog‘i» maqomi berildi.

Toshkent «Coffee&Tea Fest Expo Uzbekistan»ga taklif etmoqda: gastronomiya, an’analar va sayyohlik
Turizmni rivojlantirish va O‘zbekistonga ko‘proq sayyohlar oqimini jalb etish maqsadida 16-18 may kunlari poytaxtdagi «Anhor Lokomotiv» bog‘ida «Coffee&Tea Fest Expo Uzbekistan» festivali o‘tkaziladi.

Yangi daraja! O‘zbekistonga ilk bor bir oyda 1 milliondan ortiq xorijiy sayyoh tashrif buyurdi
2025 yilning aprel oyida O‘zbekistonga 1 milliondan ortiq xorijiy sayyoh tashrif buyurdi. Bu raqam nafaqat tarixiy natija, balki mamlakatimizda turizm sohasida olib borilayotgan izchil islohotlar, xususan, ochiqlik va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash natijasi.

O‘zbekiston - ziyorat turizm o‘chog‘i
Markaziy Osiyoning qoq markazida joylashgan O‘zbekiston islom dunyosi xaritasidagi eng muhim nuqtalardan biri sanaladi. Uning qadimiy shaharlari - Samarqand, Buxoro, Termiz, asrlar davomida nafaqat savdo va ilm-fan markazlari bo‘lib xizmat qilgan, balki musulmon olamining barcha burchaklaridan

Xitoydagi Roadshow O‘zbekiston turizmini targ‘ib qilmoqda
2025 yil 28 aprel kuni «Xitoyda O‘zbekiston turizm yili» doirasida Turizm qo‘mitasi hamda mamlakatimizning Xitoydagi elchixonasi ko‘magida Xunan provinsiyasining Chansha shahrida «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil» nomli Roadshow tadbirini o‘tkazdi. Tadbir xitoylik sayyohlarni jalb etish va davlatlarimiz o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash orqali turizmni rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi.

So‘lim go‘sha – Jizzaxda yangi «Turizm mahallasi» tashkil etildi
Turizm qo‘mitasi tomonidan Jizzax viloyati G‘allaorol tumanining Uzunbuloq mahallasiga tantanali ravishda «Turizm mahallasi» maqomi berildi.

Turizm sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokama qilindi
Turizm qo‘mitasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan birgalikda turizm sohasida faoliyat olib borayotgan xodimlari uchun «Davlatimiz rahbarining Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashi yig‘ilishida belgilagan vazifalar va «Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida»gi Qonun ijrosini samarali tashkil etish» mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.

Surxondaryoda ilk bor «Tandir Fest» festivali o‘tkaziladi
Milliy qadriyatlarimizni, boy oshpazlik an’analarimizni, xalq amaliy san’ati va madaniy merosimizni keng targ‘ib etish hamda yurtimizga sayyohlar oqimini ko‘paytirish maqsadida joriy yil 2-4 may kunlari Surxondaryo viloyatining go‘zal va betakror maskani — Boysun tumanidagi «Boysun bahori» turizm majmuasida birinchi marta «Tandir Fest» festivali tashkil etiladi.

Sichuan provinsiyasida «Xitoyda O‘zbekiston turizm yili» tadbirlari boshlandi (foto)
25 aprel kuni Xitoyning Sichuan provinsiyasidagi Leshan shahrida «Xitoyda O‘zbekiston turizm yili» tadbirlari dasturi doirasida ko‘rgazmalar va roud-shoular boshlanib ketdi.

Ichan Qal’aning sirini bilib olish necha pulga tushadi? Barchasi hisoblangan
Dunyoda chiroyli joylar ko‘p, ammo ular orasida shunday maskanlar borki, har qanday inson borib ko‘rishi shart. Ichan-qal’a aynan shunday joy! Agar O‘zbekistonda yashab, hali Xivaga bormagan bo‘lsangiz, hali qiladigan ishlaringiz ko‘p ekan.

Toshkent mehmonlari uchun yangi manzil
Toshkent yana bir yorqin madaniy durdonaga ega bo‘lmoqda — Artera Studio san’at va ilhom maskani. Bu joy nafaqat poytaxt aholisi, balki mamlakatning zamonaviy madaniyatini o‘rganishga intilayotgan sayyohlar uchun ham qiziqarli kashfiyot bo‘ladi.

Qoraqalpog‘istonda ekologik va turizm madaniyatini oshirishga qaratilgan tadbir boshlandi
Ayni damda Qoraqalpog‘iston Respublikasida «Orol turizmi» xalqaro haftaligi doirasida «Orolbo‘yi ezgu niyat elchilari» xalqaro konferensiyasi boshlandi. Konferensiyada Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Bosh prokuratura

Turizm rivoji uchun muhim jabhada eng yaxshilar aniqlandi
Yurtimizga turistlar oqimi oshib boryapti, shunga yarasha infratuzilmani yaxshilashga ham talab katta. Turistlar tashrif buyuradigan ob’yektlar va yo‘l bo‘ylarida sanitariya-gigiyena shoxobchalarini barpo qilish zaruriyati borgan sari oshyapti.

Turizm qo‘mitasida xalqaro tog‘-chang‘i kurortlarini barpo etish bo‘yicha jahon tajribasi muhokama qilindi
Turizm qo‘mitasida tog‘-chang‘i kurortlarini yaratish bo‘yicha xalqaro tajribaga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. Unda yetakchi mutaxassislar, davlat va xususiy sektor vakillari, shuningdek, turizm sohasi ekspertlari ishtirok etdilar.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida «Orol turizmi» haftaligi bo‘lib o‘tadi
17–19 aprel kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahri va Mo‘ynoq tumanida «Orol turizmi» haftaligi o‘tkaziladi.

«Umra» ziyoratini amalga oshirish uchun faqat litsenziyaga ega tashkilotlar xizmatidan foydalaning
«O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ-935-sonli Qonunga asosan «Umra» tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish, alohida litsenziyalanadigan faoliyat turi sifatida belgilanib, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi mazkur sohadagi

Xo‘jandda O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi turizm hamkorligi istiqbollari muhokama etildi
Xo‘jand shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston rahbarlari uch tomonlama sammiti doirasida Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev «Navro‘z - mintaqadagi eng qadimiy madaniy-sayyohlik merosi» mavzusidagi mintaqaviy sayyohlik forum-muloqotida ishtirok etdi. Forumda uch davlat turizm ma’muriyatlari rahbarlari hamda 100 ga yaqin sayyohlik sohasi va ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

Oq-saroy tarixiy majmuasida «Ichki turizm yarmarkasi» o‘tkazildi
Qashqadaryo viloyat Shahrisabz shahridagi Amir Temur xiyobonida «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» Ichki turizm yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

Xorijiy sayyohlar O‘zbekistonda yangi imkoniyatlarni kashf etmoqda
«Travel Tomorrow» portalida «O‘zbekiston yangi Arda Xiva sayyohlik majmuasini ochmoqda» sarlavhali maqola e’lon qilindi. Unda bunday inshootlarning sayyohlarni jalb qilish va mintaqada turizm infratuzilmasini rivojlantirishdagi ahamiyati alohida ta’kidlangan.

«Euronews»da Samarqandga sayyohat haqida «Ipak yo‘li sarguzashtlari» ko‘rsatuvi namoyish etildi
«Euronews» telekanalida turizmni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan «Ipak yo‘li sarguzashtlari» ko‘rsatuvi namoyish etildi.

O‘zbekiston turizm imkoniyatlari Urumchi shahrida taqdim etildi
22-24 mart kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Urumchi shahrida bo‘lib o‘tgan «2025 yil Sinzyan madaniyat va turizm ko‘rgazmasi» hamda «6-Sinzyan bahorgi turizm ko‘rgazmasi»da O‘zbekistonning turizm imkoniyatlari targ‘ib etildi.

Zomin – ulkan imkoniyatlarga ega jozibador turizm maskani
Joriy yilning 15-16 mart kunlari mahalliy turoperatorlar va ommaviy axborot vositalari vakillari - jurnalistlar va blogerlar Jizzax viloyati Zomin tumanining turistik salohiyati bilan tanishdilar. Info-tur Turizm qo‘mitasi hamda Jizzax viloyati turizm boshqarmasi tomonidan tashkil etildi.

Turizm qo‘mitasi raisi va Belarus elchisi turizm sohasida hamkorlik masalalarini muhokama qildilar
14 mart kuni Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shodiyev Belarus Respublikasining yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi A. Ogorodnikov bilan uchrashdi.

Turizm qo‘mitasi 20-30 mart kunlari «Yoshlar turizmi haftaligi» o‘tkazadi
2025 yil 20-30 mart kunlari Navro‘z bayrami munosabati bilan Turizm qo‘mitasi tomonidan «Yoshlar turizmi haftaligi» tadbirlari o‘tkaziladi. Haftalik doirasida 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchi, talaba va yoshlarni respublikamizning diqqatga sazovor joylariga sayohat qilishlariga chorlaymiz.

Mehmonxona biznesini boshqarish dasturi yo‘lga qo‘yilmoqda
Samarqanddagi Xalqaro Turizm Akademiyasi Les Roches bilan hamkorlikda Mehmonxona biznesini boshqarish dasturini ishga tushirmoqda.

O‘zbekistonga xokkey orqali – Turizm qo‘mitasi yana bir tashabbusga qo‘l urdi
«Rossiyada O‘zbekiston turizmi yili» doirasida Turizm qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Jamshid Abdusalomov boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizning Vladivostokdagi Bosh konsulxonasi ko‘magida, 6 mingga yaqin tomoshabinga mo‘ljallangan

Indoneziya turizm sohasi vakillari bilan hamkorlik kengaytirilmoqda
Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shodiyev boshchiligidagi delegatsiyaning Jakarta shahriga xizmat safari davomida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazildi.

IV Milliy mehmondo‘stlik mukofoti g‘oliblari taqdirlandi
26 fevral kuni «HOTEL BUSINESS FORUM-2025» xalqaro forumi doirasida «IV O‘zbekiston Milliy mehmondo‘stlik mukofoti» taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston ilk marotaba «Danish Travel Show»da ishtirok etmoqda
Turizm qo‘mitasi Daniyaning Xerning shahrida 21-23 fevral kunlari o‘tayotgan Skandinaviya (Shimoliy Yevropa) mintaqasida eng yirik turizm yarmarkasi bo‘lgan «Danish Travel Show»da ishtirok etmoqda. Mamlakatimizning turizm salohiyati ushbu tadbirda birinchi marta MDH davlatlari orasida yagona ishtirokchi sifatida namoyon qilinmoqda.

Xalqaro turizm yarmarkalarida turoperatorlarga pavilon ijarasi xarajatining 50 foizi qoplab beriladi
O‘zbekiston turizm sohasida global miqyosda raqobatbardoshligini oshirish, yangi imkoniyatlar yaratish va xalqaro bozorda o‘z o‘rnini mustahkamlash maqsadida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ushbu yondashuv doirasida turizm infratuzilmasini rivojlantirish va xorijiy turistlar oqimini yanada oshirishga yo‘naltirilgan turli tashabbuslar ilgari surilmoqda.

Malayziyaning nufuzli tashkiloti O‘zbekistonning turizm salohiyatini targ‘ib qiladi
Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev Kuala-Lumpur shahrida MATTA (Malayziya turistik kompaniyalari va turoperatorlar assotsiatsiyasi) vitse-prezidenti Shayx Avad va bosh menejeri Maziya Mihat bilan muzokaralar o‘tkazdi.

O‘zbekiston-Malayziya turizm sohasida hamkorligini chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi
Kuala-Lumpurda Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev Malayziyaning Turizm, san’at va madaniyat vazirligi bosh kotibi Raslan Abdul Rahmon bilan muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston turizm salohiyati Malayziyada taqdim etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Malayziyaga rasmiy tashrifi arafasida, 3 fevral kuni ushbu mamlakatning Penang shtatida «O‘zbekiston - Buyuk Ipak yo‘li durdonasi» O‘zbekiston-Malayziya turizm forumi o‘tkazildi.

O‘tgan yilda turizm xizmatlari eksporti 3.5 milliard dollarni tashkil qilgan
Turizm qo‘mitasi tomonidan yurtimizning turizm sohasi tadbirkorlik sub’yektlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida «Ochiq muloqot» shaklida uchrashuv tashkil etildi.

O‘zbekiston AQShning «New York Travel and Adventure Show 2025» turizm ko‘rgazmasida «Eng yaxshi yangi ishtirokchi» deb e’tirof etildi
Turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sardor Niyazov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ilk bor AQShning Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tayotgan «New York Travel and Adventure Show 2025» turizm ko‘rgazmasida qatnashmoqda.

O‘zbekiston va «Atletiko Madrid» futbol klubi hamkorligining yangi istiqbollari muhokama qilindi
Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev Ispaniyaning yetakchi futbol klublaridan biri - «Atletiko Madrid» rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Turizm qo‘mitasi raisi Ispaniyaning Turizm ekspertlari uyushmasi rahbari bilan uchrashdi
Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev Ispaniyaning Turizm ekspertlari uyushmasi (AECIT) prezidenti doktor Felio Xose Bauza Martorrell bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati Ispaniyada o‘tkazilayotgan «FITUR» ko‘rgazmasida namoyish etilmoqda
O‘zbekiston delegatsiyasi 22 yanvar kuni Madridda o‘z ishini boshlagan «FITUR» xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda. Ushbu muhim tadbir dunyoning turli mamlakatlaridan turizm sohasi mutaxassislari va sayohat ishqibozlarini birlashtirdi.

«BBC World News» Xiva shahrining turizm salohiyati haqida videorolik tayyorladi
«BBC World News» xalqaro telekanali bilan hamkorlikda Xiva shahrining turizm salohiyati haqida videorolik tayyorlanishi Xiva shahri va uning boy madaniy merosini global miqyosda tanitish uchun muhim qadamdir. Xiva O‘zbekistonning eng qadimiy va go‘zal shaharlaridan biri bo‘lib, uning tarixiy obidalari va arxitektura yodgorliklari turizmni rivojlantirishda muhim o‘rin egallaydi.

«Ayo Sofiya»ga o‘xshash masjid, rabot va sardoba – Navoiyning turizm salohiyati haqida
O‘zbekistondagi eng qadimgi masjid sifatida Buxorodagi Masjidi kalon va Samarqanddagi Hazrati Xizr masjidi ko‘rsatiladi. Navoiy viloyatidagi Karmana tumanida esa shunday masjid borki, uni albatta borib ko‘rish kerak.

Turizmni tabiat bilan uyg‘unlikda rivojlantirishga oid o‘quv seminari boshlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida ijro hokimiyati organlari rahbar kadrlari, tuman (shahar) sektorlari rahbarlari uchun o‘quv-amaliy seminar boshlandi. Tadbir davlat rahbarining 2024 yil 18–20 noyabr kunlari Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasida

O‘zbekiston va Vetnam o‘rtasida sayyohlar almashinuvi oshishi kutilmoqda
Kecha Toshkent shahrida Vetnam Respublikasining turizm sektori vakillari ishtirokida biznes-forum bo‘lib o‘tdi. Mazkur forum ikki davlat o‘rtasida sayyohlar almashinuvini ko‘paytirish, O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini Vetnamda targ‘ib qilish va O‘zbekiston-Vetnam turizm sanoati vakillari o‘rtasidagi ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlashga bag‘ishlandi.

Xorazmning sirli manzillari – qal’alar va ziyoratgohlar
Xorazm viloyati, Shovot tumanida tasavvuf ilmining yirik namoyandasi, buyuk olim Yusuf Xamadoniyning ramziy qabri bor. Turizm qo‘mitasi va Xorazm viloyati hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilgan press-tur davomida bir qator OAV vakillari ushbu ziyoratgohga tashrif buyurib, uning tarixi bilan tanishdilar.

Xon saroyidagi qovun sayli – Xivada ko‘rganlarimiz
2011 yilda Janubiy Koreyaga borganimda hamma narsaga hayrat bilan qaraganim esimda. Birinchi marta xorijga chiqishim edi, barchasi qiziqarli ko‘ringan. Eng hayron qoldirgani, hatto zavqqa to‘ldirgani deb aytishim mumkin – Kyonbokkun saroyidagi teatrlashtirilgan tantanali marosim bo‘lgandi.

Xivada IHTga a’zo davlatlar rasmlari ko‘rgazmasi ochildi
Bugun, 2 iyun kuni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov, Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Xusrav Noziri

Toshkentda VII O‘zbekiston gidlar forumi o‘tkazildi
21-22 fevral kunlari Toshkent shahrida Xalqaro gidlar kuniga bag‘ishlangan VII O‘zbekiston gidlar forumi-2024 o‘tkazildi. Tadbirda 300 dan ortiq xalqaro ishtirokchilar, tajribali gidlar, turizm sohasidagi mutaxassislar, davlat tashkilotlari, fan va ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etdi.