Rossiyaga jangda erisholmagan natijalarini muzokara stolida taqdim etish xavfli – Kaya Kallas
Myunxen xavfsizlik konferensiyasida asosiy mavzulardan biri Rossiya–Ukraina urushi bo‘ldi. Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas Yevropa xavfsizligi Ukraina taqdiri bilan bevosita bog‘liq ekanini ta’kidladi. U Rossiyaga muzokara stolida jang maydonida erisha olmagan natijalarni taqdim etish xavfli ekanini bildirdi.
Aliyev Rossiyani Ukrainadagi elchixonaga zarba berishda aybladi
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Myunxen xavfsizlik konferensiyasida Rossiyani Kiyevdagi Ozarbayjon elchixonasiga uch marta zarba berishda aybladi.
Ukraina sobiq energetika vaziri chegarada qo‘lga olindi
15-fevral kuni kechasi Ukrainaning sobiq energetika vaziri Herman Galushchenko chegarani kesib o‘tishga urinayotganda hibsga olingan.
Kreml Ukraina va AQSh bilan yangi muzokaralar sanasini ma’lum qildi
Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham muzokaralar kelasi hafta davom ettirilishini tasdiqladi.
AQSh Ukrainaga noyob qurol yetkazib beradi
Bu haqda NATO bosh kotibi Mark Ryutte Ukrainani mudofaa jihatidan qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama qilgan guruh yig‘ilishi yakunida ma’lum qilgan.
Yevropa parlamenti Ukrainaga 90 mlrd yevro kreditni ma’qulladi
Kreditni qaytarish Rossiya Ukrainaga reparatsiya to‘lovlarini amalga oshirgandan so‘ng amalga oshirilishi kutilmoqda
Oq uy Ukrainadan 15-maygacha saylov o‘tkazishni talab qilyapti – FT
Avvalroq ham FT va Reuters manbalari xavfsizlik kafolatlari Rossiya bilan tinchlik kelishuviga erishish sharti bilan bog‘lanayotganini xabar qilgan edi.
Ukraina razvedkasi: Putin Trampga 12 trillion dollarlik kelishuv taklif qilgan
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning ma’lum qilishicha, Ukraina razvedkasi Kreml AQSh prezidenti Donald Trampni o‘z tomoniga og‘dirish maqsadida 12 trillion dollarlik yirik iqtisodiy kelishuv taklif qilgani haqida ma’lumotga ega.
AQSh urushni yoz boshigacha yakunlashni istayapti – Zelenskiy
Ukraina prezidentining ma’lum qilishicha, AQSh ma’muriyati urushni yoz boshigacha tugatishni maqsad qilgan va shu yo‘nalishda aniq muzokaralar rejasini taklif etmoqda.
Ukraina bo‘yicha uchtomonlama muzokaralarning ikkinchi raundi yakunlandi
Abu-Dabida o‘tgan Rossiya, Ukraina va AQSh ishtirokidagi uch tomonlama muzokaralarning ikkinchi raundi yakunlandi.
FIFA prezidenti Ukrainaning «qora ro‘yxat»iga kiritildi
Infantinoning bayonoti ukrainlarga yoqmadi.
Ukraina ehtimoliy sulh buzilishiga qarshi Rossiyaga nisbatan reja tayyorlayapti – FT
Ukraina kelgusida ehtimoliy sulh kelishuvi buzilgan taqdirda Rossiyaga javob choralarini ko‘rish uchun maxfiy harbiy reja ishlab chiqqan. Bu haqda Financial Times nashri G‘arb davlatlaridagi manbalarga tayanib xabar berdi. Ayni paytda mazkur ma’lumot rasman tasdiqlanmagan.
Ukraina bo‘yicha uch tomonlama muzokaralarning 2-raundi haqida ma’lumot berildi
Rossiya va AQSh rasmiylari dastlab bu ma’lumotni izohlamagan. Biroq TASS manbasiga ko‘ra, muzokaralar tomonlarning o‘zaro kelishuvi asosida haftaning o‘rtalariga belgilangan.
Зеленский: энергия объектларига зарбалар тўхтади, аммо логистика нишонга олинмоқда
Жума тонгидан буён Украина ҳудудларида энергия инфратузилмасига қарши зарбалар деярли кузатилмади. Бу ҳақда Украина президенти маълум қилди. Истисно сифатида Донецк вилоятида газ инфратузилмасига авиа бомба орқали берилган ягона зарба қайд этилган.
Putin Trampga va’da berdi
AQSh prezidenti Donald Tramp rossiyalik hamkasbi Vladimir Putindan qahraton sovuq munosabati bilan Kiyev hamda Ukrainaning boshqa shaharlarini o‘qqa tutmaslikni so‘radi.
Ramzan Qodirov muzokaralarga qarshi chiqdi
«Shuncha ish qilinganidan keyin muzokaralar… Men muzokaralarga qarshiman», — degan Checheniston rahbari.
CSIS: Urushda 325 ming rus, 140 ming ukrain harbiylari halok bo‘lgan
AQShdagi nufuzli tahlil markazi – CSIS (Center for Strategic and International Studies) Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushda har ikki tomon ko‘rgan yo‘qotishlar bo‘yicha hisobot e’lon qildi.
AQSh Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini Donbass evaziga bermoqchi
AQSh tomoni Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini taqdim etishni Kiyevning ehtimoliy tinchlik kelishuvi shartlariga roziligi, jumladan Donbassni Rossiya nazoratiga o‘tkazish bilan bog‘lamoqda. Bu haqda Financial Times o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
Ukraina bo‘yicha uch tomonlama muzokaralar kelasi hafta davom ettiriladi
AQSh, Ukraina va Rossiya o‘rtasida 23–24 yanvar kunlari Abu-Dabida bo‘lib o‘tgan uch tomonlama muzokaralar kelasi hafta shu yerning o‘zida qayta davom ettiriladi. Bu haqda 24 yanvar kuni Axios nashri muxbiri Barak Ravid manbaga tayanib xabar berdi.
BAAdagi muzokaralar: Putin va Zelenskiy uchrashishi mumkin
AQSh rasmiylarining aytishicha, ikki kunlik muzokaralar davomida barcha masalalar muhokama qilingan: Donbassdagi Rossiyaning hududiy da’volari, Zaporijjya atom elektr stansiyasi bo‘yicha nizo va urush tugaganini va qayta boshlanmasligini aniq ko‘rsatish uchun ikkala tomonning zarur bo‘lgan yumshatish choralari.
Kiyevda 6 mingdan ortiq uy issiqlik ta’minotisiz qoldi
Kiyevda Rossiya tomonidan amalga oshirilgan ommaviy hujum oqibatida 6 mingdan ortiq turar joy issiqlik ta’minotisiz qoldi. Bu haqda shahar meri Vitaliy Klichko ma’lum qildi.
Juda yopiq va maxfiy: BAAda Ukraina bo‘yicha muzokaralar boshlandi
Muzokaralar ikki kun davom etadi.
Rossiya, Ukraina va AQSh vakillari o‘zaro uchrashadi
Bugun Moskvaga kelishi rejalashtirilgan AQSh prezidentining elchisi Stiv Uitkoff Vladimir Putin bilan muzokaralardan so‘ng Abu-Dabiga borishini aytgan.
Tramp Zelenskiy bilan uchrashdi: dastlabki ma’lumotlar
AQSh prezidenti muzokaralarni ijobiy baholagan.
«Ukrenergo» sobiq rahbari tok urishi oqibatida halok bo‘ldi
Aleksey Brext 47 yoshda edi.
Ukraina sobiq prezidenti 15 yillik qamoqqa hukm etildi
Bu Yanukovichga nisbatan birinchi hukm emas.
Yevroittifoqdagi ukrain qochqinlari soni 4,33 millionga yetdi
Dushanba kuni e’lon qilingan Eurostat ma’lumotlariga ko‘ra, noyabr oyi oxiriga kelib Yevropa Ittifoqida vaqtinchalik himoya maqomini olgan Ukrainadan kelgan qochqinlar soni 4,33 millionga yetdi (noyabrning o‘zida qochqinlar soni 30 mingga oshgan).
Ukraina urushidan O‘zbekiston qamoqxonasiga
Rossiyadan urushga ketgan buxorolik muhojir 3,5 yilga qamaldi.
«Ko‘ngillilar koalitsiyasi»: Fransiya va Britaniya Ukrainaga qo‘shin yuborishga tayyor
Parijda bo‘lib o‘tgan «Ko‘ngillilar koalitsiyasi» sammitida Fransiya va Buyuk Britaniya Ukrainada urush tugaganidan keyin xavfsizlikni ta’minlash uchun qo‘shin yuborishga tayyor ekanini ma’lum qildi. Bu haqda prezident Emmanuel Makron, Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ishtirokidagi uch tomonlama deklaratsiyada aytilgan.
Zelenskiy ofisini Ukraina razvedkasi boshlig‘i boshqarishi mumkin
Vladimir Zelenskiy Ukraina prezidenti devoni boshlig‘i lavozimiga mamlakat Razvedka Bosh boshqarmasi rahbari Kirill Budanov nomzodini taklif qildi.
Rossiya Putinning qarorgohiga Ukraina dronlari hujum qilganini iddao qildi
TIV rahbari Sergey Lavrov bu haqda gapirdi.
Rossiya–Ukraina sulhiga erishishning yagona yo‘li aytildi
Maksim Jorin jangovar harakatlarni to‘xtatishning boshqa yo‘llarini ko‘rmayotganini ta’kidladi.
AQSh Ukrainaga 15 yillik xavfsizlik kafolatlarini taklif qilgan
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 26-dekabr kuni Axios'ga bergan intervyusida AQSh Ukrainaga 15 yillik xavfsizlik kafolatlari taklif qilganini ma’lum qildi. Prezidentning ta’kidlashicha, bu vaqt davomida AQSh va Ukraina o‘rtasida xavfsizlikning mustahkamlanishi mumkin, ammo Ukraina uchun 15 yillik kafolatlar yetarli emas.
Ukraina qo‘shinlari yana bir muhim hududni boy berdi
Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh shtabi Telegram orqali Ukraina qo‘shinlari Seversk shahrini tark etganini ma’lum qildi.
Rossiya tunda Ukraina energetika tizimiga ommaviy hujum uyushtirdi
Rossiya harbiylari tun davomida Ukraina hududiga raketa va dronlardan foydalangan holda ommaviy hujum uyushtirdi. Jami o‘ndan ortiq hudud zarba ostida qoldi. Ukraina Qurolli Kuchlari Havo kuchlari ma’lumotiga ko‘ra, hujumda turli xildagi 635 ta uchuvchisiz uchish apparati, X-101 va «Iskander-K» turidagi 35 ta qanotli raketa, shuningdek uchta «Kinjal» raketa qo‘llangan. Mamlakat bo‘ylab 30 ta to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarba qayd etilgan.
Украина армияси Донецкдаги муҳим шаҳар бўйича баёнот берди
Россия Северскни эгаллаган.
Ukraina: Andrey Yermakning barcha maslahatchi va yordamchilari ishdan bo‘shatildi
Ukraina Prezidenti ofisining fuqarolar murojaatlari bilan ishlash departamenti rahbari Nataliya Sergeyevaning «Ukraїnskі Novini» jurnalistlariga ma’lum qilishicha, Andrey Yermakning barcha 9 nafar shtatdagi va shtatdan tashqari maslahatchi hamda yordamchilari lavozimidan ozod etilgan. Ishdan bo‘shatilganlar orasida Sergey Leщyenko va Mixail Podolyak ham bor.
«Ukraina adolatli va barqaror tinchlikka sodiq» – Uitkoff
AQSh Prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff va Trampning kuyovi Jared Kushner Mayamida Ukraina Milliy xavfsizlik kengashi kotibi Rustem Umerov va Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Andriy Gnatov bilan uchrashdilar.
«Yevropalik cho‘chqachalar...» – Putin Ukrainaga yangi hujumlar bilan tahdid qildi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaga qarshi yangi harbiy zarbalar berish mumkinligini bildirdi. Uning aytishicha, agar Kiyev va G‘arb davlatlari hozir olib borilayotgan tinchlik muzokaralarida Rossiya qo‘ygan talablarni qabul qilmasa, Moskva frontdagi harakatlarini davom ettiradi.
Buyuk Britaniya «Chelsi» sotuvidan tushgan pullarni Ukrainaga bermoqchi
Buyuk Britaniya hukumati rossiyalik milliarder Roman Abramovichdan «Chelsi» futbol klubi sotuvidan tushgan va hozirda muzlatib qo‘yilgan 2,5 milliard funt sterlingni Ukrainada urushdan jabr ko‘rganlarga gumanitar yordam sifatida yo‘naltirishni talab qildi. London bu masala bo‘yicha kelishuvga erishilmasa, ishni sud orqali hal qilishga tayyor ekanini ma’lum qilgan.
«Platinali» xavfsizlik: AQSh Ukraina uchun urushga kirishga majbur bo‘ladimi?
So‘nggi kunlarda AQSh va Ukraina o‘rtasida Berlinda bo‘lib o‘tgan muzokaralar ortidan «platinali xavfsizlik kafolatlari» degan ibora xalqaro siyosat kun tartibining markaziga chiqdi. Xo‘sh, bu kafolatlar nima degani? Ular Ukrainaga NATO a’zoligiga teng himoya beradimi? Va eng asosiysi — agar Rossiya yana Ukrainaga hujum qilsa, AQSh avtomatik ravishda urushga kirishga majbur bo‘ladimi?
Zelenskiy NATO «umidi»dan voz kechish shartlarini aytdi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat NATOga a’zo bo‘lishdan voz kechishi mumkinligini istisno etmadi. Uning aytishicha, agar AQSh va Yevropa ittifoqchilari Kiyevga ishonchli va yuridik kuchga ega xavfsizlik kafolatlarini taqdim etsa, bu variant ham muhokama qilinishi mumkin.
Kiyev AQShga «tinchlik rejasi» bo‘yicha o‘z takliflarini taqdim etdi
Ukraina qator yevropalik ittifoqchilari bilan maslahatlashuvlardan so‘ng AQSh ma’muriyatiga Donald Tramp taklif qilgan tinchlik rejasiga o‘zining rasmiy tuzatish va izohlarini yubordi. Bu haqda avval Axios, keyin esa «RBK-Ukraina» manbalari orqali ma’lum qilindi.
Zelenskiy: xavfsizlik kafolatlansa, 3 oy ichida Ukrainada saylovlar bo‘lib o‘tadi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy xalqaro hamkorlar xavfsizlik kafolatini taqdim etsa, mamlakatda 60–90 kun ichida prezident saylovlarini o‘tkazishga tayyor ekanini ma’lum qildi. Bu haqda u Italiyada jurnalistlarga bergan bayonotida aytib o‘tdi.
Tramp: «Ukrainada prezident saylovlarini o‘tkazish vaqti keldi»
AQSh prezidenti Donald Tramp Ukrainada prezidentlik saylovlarini o‘tkazish vaqti kelganini ma’lum qildi. Bu haqda u Politico nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Axios: AQSh Ukrainaga kuchli bosim o‘tkazyapti
Bu haqda Axios nashriga ukrainalik ikki rasmiy ma’lum qilgan.
Yermak ketgan. Zelenskiy ofisini endi kim boshqaradi?
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 8 dekabr kuni jurnalistlar bilan suhbatda Prezident ofisi rahbari lavozimiga tayinlanishi etilishi mumkin bo‘lgan besh nomzodni tilga oldi. Bu haqda «Ukrainskaya pravda» xabar berdi.
Fransiya ham muzlatilgan Rossiya aktivlaridan Ukrainaga berishga qarshi
Parijga Rossiyaning muzlatilgan suveren aktivlarini Ukraina manfaatlariga yo‘naltirish bo‘yicha bosim kuchaymoqda. Fransiya esa Ukrainani moliyalashtirish uchun mamlakatdagi xususiy banklarda muzlatilgan Rossiya aktivlaridan foydalanishga qarshi chiqmoqda.
AQSh va Ukraina delegatsiyalari Mayamidagi muzokaralarni yakunladi
AQSh va Ukraina delegatsiyalari o‘rtasida Mayami shahrida o‘tkazilgan uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi.
Rossiya ukrain bolalarini Shimoliy Koreya lagerlariga olib ketyapti – Bild
Ukraina bolalarining Rossiya tomonidan majburiy ravishda olib ketilishi va qayta tarbiyalashga urinishlari yanada jiddiy tus olmoqda, deb yozmoqda Germaniyaning Bild nashri.
Makron: «Qishda Ukraina energetika tizimiga qarshi zarbalarga moratoriy joriy etish kerak»
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Xitoy rahbari Si Szinpin bilan Pekindagi uchrashuvi chog‘ida Ukraina energetika tizimiga qish faslida zarba bermaslik bo‘yicha moratoriy joriy etishni taklif qildi. Uning ta’kidlashicha, qish oylari yaqinlashar ekan, energetika ob’yektlariga hujumlar Ukraina aholisi uchun halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin.
AQSh «tinchlik rejasi»: muzokaralarning yangi raundi Mayamida bo‘lib o‘tadi
Donald Tramp o‘zining maxsus vakili Stiv Uitkoff va kuyovi Jared Kushnerning Moskvada Vladimir Putin bilan uchrashuvini sharhlab chiqdi.
Stiv Uitkoff Moskvada: u Putin bilan Ukraina bo‘yicha muzokara o‘tkazadi
AQSh prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff Vnukovo aeroportiga kelib qo‘ndi. U uchib kelgan Global 7500 xizmat samolyotida, katta ehtimol bilan, Trampning quyovi Jared Kushner ham bo‘lgan.
Andrey Yermakning Ukrainadan ketishiga taqiq qo‘yildi
Bu haqda Oliy Rada deputati Aleksiy Goncharenko o‘zining Telegram kanalida yozgan.
CNN: Ukraina NATOdan voz kechishga majburlanmaydi
Ukrainaga NATOga qo‘shilishdan rasman voz kechish talab qilinishi mumkinligi haqidagi bahsli modda amerikaliklarning dastlabki tinchlik rejasida eng tortishuvli nuqtalardan biri edi. CNN manbasiga ko‘ra, Floridada Ukraina va AQSh delegatsiyalari o‘rtasida o‘tgan so‘nggi muzokaralarda bu masalaga nisbatan «alternativ yechim» muhokama qilingan.
Tramp: «Urushni tugatish uchun yaxshi imkoniyat bor»
Kecha, yakshanba kuni Floridada Ukraina va Amerika Qo‘shma Shtatlari delegatsiyalari o‘rtasidagi muhim uchrashuv bir necha soatdan beri davom etdi. Axios’ning yozishicha, muzokaralar Mayamidagi Stiv Uitkoffga tegishli golf-klubda o‘tkazilgan.
Afrika sohillarida ukrain droni turk tankerini nishonga oldi
Panama bayrog‘i ostida harakatlangan M/T Mersin kemasi cho‘kishni boshlagan.
«Balki yana ko‘risharmiz. Ukrainaga shon-sharaflar!» – Yermak frontga bormoqchi
Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak juma kuni uyida korrupsiyaga qarshi idora tomonidan o‘tkazilgan reyd ortidan istefo berdi va frontga yo‘l olmoqchi ekanini bildirdi. «NYP» Yermakning bu haqdagi maktubini e’lon qildi.
Andrey Yermak iste’foga chiqdi: Zelenskiy bayonot berdi
Ukraina Prezidenti devoni rahbari Andriy Yermak korrupsiya mojarosi fonida iste’foga chiqdi.
OAV: Zelenskiy devoni rahbarining uyida tintuv o‘tkazilgan
Bu haqda Ukraina OAVlari yozdi.
AQSh tinchlik rejasining «qahramonlari» kim ekani aniq bo‘ldi
Axios nashrining manbalarga tayanib xabar berishicha, vitse-prezident J.D. Vens va davlat kotibi Marko Rubio hujjatni muhokama qilish uchun maqbul deb hisoblashgan.
G7 muzlatilgan Rossiya aktivlaridan Ukrainaga 31 mlrd yevro o‘tkazdi
Bu haqda Yevropa Parlamenti sessiyasida Yevropa iqtisodiyoti bo‘yicha komissari Valdis Dombrovskis ma’lum qildi.
Ukraina bo‘yicha tinchlik rejasi 6 ta bandga qisqartirildi
AQSh prezidenti Donald Tramp Ukrainaga oid tinchlik rejasi 28 ta banddan 22 bandga qisqartirilganini ma’lum qildi. U bu haqda «Air Force One» bortida jurnalistlar bilan suhbatda ma’lumot berdi.
Axios: Rossiya va Ukraina Abu-Dabida muzokara o‘tkazmoqda
Ukraina delegatsiyasiga razvedka boshlig‘i Kirill Budanov boshchilik qilmoqda.
OAV: Ukraina Trampning tinchlik rejasiga rozi bo‘ldi
Faqat ayrim detallar kelishilmagan. Ular qaysi ekani ochiqlanmagan.
Ukraina va AQSh «tinchlik rejasi»ning aksariyat bandlari bo‘yicha kelishuvga erishdi
Ukraina va AQSh delegatsiyalari Jenevada Vashington tomonidan tashabbus qilingan yangi tinchlik rejasining aksariyat bandlari bo‘yicha kelishuvga erishdilar. Bu haqda «RBK-Ukraina» o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
Yevropa yetakchilari Tramp tinchlik rejasining to‘rtta bandini o‘zgartirmoqchi
Chegaralar kuch bilan o‘zgartirilmasligi kerak.
Putin: «Amerika tomoni hujjatni Moskva bilan muhokama qilmagan»
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada mazkur tinchlik rejasining matni mavjud va Kreml uni Amerika ma’muriyati bilan mavjud kanallar orqali qo‘lga kiritgan.
«Ukraina eng og‘ir tanlovlar qarshisida turibdi...» – Zelenskiy
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 21-noyabr kuni millatga murojaat qilib, mamlakat tarixidagi eng murakkab qarorlardan biri oldida turganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, Ukraina «qadr-qimmatiini yo‘qotish» yoki «asosiy hamkorini yo‘qotish» xavfi o‘rtasida turibdi.
Zelenskiy Ukraina xalqiga videomurojaat bilan chiqdi
Zelenskiy kecha amerikalik generallar bilan uchrashuvdan so‘ng Oq uyning takliflarini muhokama qilishga tayyorligini bildirdi.
Ukrainaning Tramp ma’muriyatidagi do‘sti ishdan ketmoqda
AQSh prezidenti Donald Trampning Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellog 2026 yil yanvar oyida ishdan ketadi.
Germaniya Ukrainaga uzoq masofali raketalar yetkazib berishga tayyor – Mers
Germaniya Ukraina qurolli kuchlarini uzoq masofadan zarba berish imkoniyatiga ega raketalar bilan ta’minlash borasida yangi bosqichga o‘tishi mumkin. Bu haqda Germaniya kansleri Fridrix Mers Berlinda Shvetsiya bosh vaziri Ulf Kristersson bilan o‘tkazilgan qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Makron Ukraina urushi qachon tugashi ehtimolini aytdi
Matbuot anjumanidan oldin prezidentlar Kiyevning Fransiya harbiy texnikasini sotib olish niyati bo‘yicha memorandumni imzoladilar.
Ukraina va Rossiya asirlar almashtirish bo‘yicha yangi muzokaralarni boshlashi mumkin
Ukraina va Rossiya o‘rtasida navbatdagi harbiy asirlar almashinuvi natijasida 1 200 ukrain fuqarosi ozod qilinishi mumkin. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Rustem Umerov ma’lum qildi.
Rossiya Ukrainani rasmiylarga suiqasd tayyorlashda ayblayapti
Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) ukrain maxsus xizmatlari Rossiyaning yuqori lavozimdagi davlat arbobiga nisbatan suiqasd tayyorlaganini ma’lum qildi. Ayblovga ko‘ra, hodisa marhum qarindoshlari qabrini ziyorat qilish vaqtida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Ukrainada poraxo‘rlarni umrbod qamoqqa tashlash taklif etildi
Bu haqda Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiyning idorasi rahbari maslahatchisi Mixaylo Podolyak o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Farg‘onada Ukrainaga qarshi urushdan qochib kelgan yigit sudlandi
Farg‘ona tuman sudi 24 yoshli A.Q.ni Jinoyat kodeksining 154-moddasi 1-qismi bilan ayblab 3 yilga ozodlikdan mahrum qildi.
Ukraina, AQSh bilan munosabatlar va muzlatilgan aktivlar — Lavrov katta intervyu berdi
Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov RIA Novostiga bergan intervyusida Ukraina krizisi, muzlatilgan aktivlar, AQSh va Yevropa bilan munosabatlarga oydinlik kiritdi.
Trampning Ukrainaga «Tomahawk» raketalarini berish niyati yo‘q
AQSh prezidenti Donald Tramp Ukrainaga «Tomahawk» raketalarini yetkazib berish imkoniyatini «aslida ko‘rib chiqmayotganini» bildirdi.
Ukraina o‘z kiberqo‘shinlarini tuzmoqda
Ukraina Oliy Radasi mamlakatda Kiberqo‘shinlarni yaratishni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Prezident devonida esa hujjatni rasman tasdiqlash amaliyoti allaqachon boshlangan.
Ukraina Yevropa davlatlari bilan sulh rejasini muhokama qilyapti
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning ma’lum qilishicha, Ukraina va bir qator Yevropa davlatlari vakillari shu hafta oxirida sulh rejasi bo‘yicha muzokara o‘tkazadi.
Tramp Ukraina urushini tugatishda Xitoy yordamiga umid bog‘layapti
AQSh prezidenti Donald Tramp Ukrainada davom etayotgan urushni to‘xtatish masalasida Xitoy prezidenti Si Szinpin bilan hamkorlik qilishga umid qilayotganini ma’lum qildi.
Yevropa va Ukraina o‘zlarining tinchlik rejasini tayyorlayapti
Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bermoqda.
AQSh Ukrainaga «Tomagavk» raketalarini bermaydi — Axios
Muzokaralar bilan tanish bo‘lgan ikki Axios manbasiga ko‘ra, AQSh prezidenti Oq uyda bo‘lib o‘tgan yopiq uchrashuvda Vladimir Zelenskiyga hozirda uning ustuvor vazifasi diplomatiya ekanligini va Tomagavk raketalari bunga putur etkazishi mumkinligini aytgan.
Ko‘ngilli bo‘lib Rossiya tomonidan urushga kirgan o‘zbekistonlik qamaldi
40 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Ukraina urushida Rossiya tomonida turib qurolli janglarda ishtirok etgani uchun jinoiy javobgarlikka tortildi.
Zelenskiy: Rossiyada benzin tanqisligi kuzatilyapti
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 8-oktyabr kuni qilgan murojaatida Rossiyadagi yoqilg‘i bozorida jiddiy tanqislik kuzatilayotganini ma’lum qildi.
Tramp Rossiya–Ukraina urushi borasida «taqdirga tan berdi»
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushni to‘xtatish muzokaralari kutilganidan ham murakkab kechayotganini ma’lum qildi.
Lukashenko Zelenskiy bilan muhim masalada uchrashish istagini bildirdi
U qimmatli taklif haqida gapirgan, lekin uni ochiqlamagan.
Россия йил бошидан буён Украинада қанча жойни босиб олгани айтилди
Мудофаа вазирлиги тегишли рақамларни эълон қилди.
Putin Ukrainada qancha rus askari jang qilayotganini aytdi
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya katta yo‘qotishlarga uchrayotgani haqida gapirdi.
Shvetsiya Ukrainaga 7,5 mlrd dollarlik yordam beradi
Ushbu mablag‘ning asosiy qismi Shvetsiya Qurol-yarog‘ boshqarmasi tomonidan Archer o‘ziyurar artilleriya birliklari va boshqa qurollarni sotib olishga sarflanadi.
Ukraina jami 1,8 million askarini yo‘qotgan
Ukraina rahbariyati aksariyat hollarda qurbon bo‘lgan askarlarni "bedarak yo‘qolgan"lar ro‘yxatiga qo‘shib qo‘yadi.
Putin va Tramp o‘rtasida «uch tomonlama uchrashuv» haqida kelishuv bo‘lmagan – Ushakov
Rossiya prezidentining tashqi siyosat bo‘yicha yordamchisi Yuriy Ushakov Zelenskiy bilan uch tomonlama uchrashuv bo‘yicha hech qanday kelishuv bo‘lmaganini ma’lum qildi.
Tramp Ukrainaga xitoylik tinchlikparvarlarni jalb qilishni taklif qilgan – FT
Bu haqda Financial Times nashri xabar bermoqda.
Ukrainada «rashizm» atamasi qonun darajasida belgilab qo‘yildi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy «Ukraina xalqi milliy xotirasi davlat siyosati asoslari to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi. Bu haqda Prezident administratsiyasi rahbar o‘rinbosari Irina Vereщuk ma’lum qildi.
Yevropa Ukraina va Rossiya uchun «bufer zona» taklif qilyapti
Yevropa diplomatlari Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi tinchlik muzokaralarini jonlantirish maqsadida yangi tashabbus ustida ishlamoqda. Politico nashrining yozishicha, ushbu tashabbusga ko‘ra, ikki mamlakat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuv xavfini kamaytirish uchun maxsus «bufer zona» tashkil etilishi mumkin.
Ukraina BMTning favqulodda yig‘ilishi o‘tkazilishini so‘ramoqda
Kiyevga berilgan zarbalar sabab 20 ga yaqin kishi halok bo‘ldi.
Rossiyadan Vengriya va Slovakiyaga neft yetkazib berish qayta tiklandi
Rossiyadan Vengriya va Slovakiyaga neft yetkazib berish o‘tgan hafta oxirida Ukrainaning «Drujba» neft quvuriga hujumi tufayli to‘xtatilganidan so‘ng qayta tiklandi. Bu haqda ushbu quvur orqali xomashyo qabul qiluvchi Vengriyaning MOL kompaniyasi va Slovakiya iqtisodiyot vaziri Denis Sakov xabar berdi.
Kiyevga hujum: shaharda motam e’lon qilindi
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, hujum natijasida 15 kishi halok bo‘lgan, ular orasida bolalar ham bor. Taxminan 50 dan ortiq odam yaralangan.
Vengriya Zelenskiyni «tahdidlarni to‘xtatishga» chaqirdi
Vengriya va Ukraina o‘rtasida «Drujba» neft quvuri bo‘yicha keskin bayonotlar almashinuvi kuzatildi.
Ukraina Xitoyning rejasini rad etdi
Xitoy Ukrainaga tinchlikparvar kuchlarini yubormoqchi.
Shavkat Mirziyoyev Zelenskiyga maktub yo‘lladi
Bugun Ukraina mustaqilligining 34 yilligi nishonlanmoqda.
Yevropa Ukrainaga 4 mlrd yevrodan oshiq pul ajratadi
Paketga Ukraina jamg‘armasidan 3,05 milliard yevro va Yevrokomissiyaning alohida makromoliyaviy yordam dasturidan 1 milliard yevro kiradi.
Zelenskiy: Rossiya Ukrainadagi AQSh kompaniyasini atay nishonga oldi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlari 21 avgustga o‘tar kechasi amalga oshirgan keng ko‘lamli hujum vaqtida AQShga tegishli kompaniyani nishonga oldi.
Ukraina uchun «NATO-layt» mexanizmi taklif qilinyapti
Yevropa yetakchilari Ukraina xavfsizligi uchun yangi kafolat sifatida NATOning 5-moddasiga (kollektiv himoya) o‘xshash mexanizmni muhokama qilmoqda.
OAV: Putin Zelenskiyga ajabtovur taklif bilan chiqdi
Rossiya rahbari Zelenskiyni Moskvada qabul qilmoqchi.
Urushga nuqta qo‘yish uchun Ukraina va Rossiya yo‘qotishlarga ko‘nishi shart — Rubio
Hech bir tomon istaganiga 100 foiz erisha olmaydi.
Zelenskiy Trampning Qrimdan voz kechish haqidagi bayonotiga munosabat bildirdi
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSh prezidenti Donald Trampning Qrimdan voz kechish orqali mojaroni to‘xtatish mumkinligi haqidagi bayonotiga ijtimoiy tarmoqda munosabat bildirdi.
Putin Ukrainadagi urushni to‘xtatish evaziga nimalarni so‘ramoqda?
To‘liq kelishuv imzolanmaguncha sulh tuzish rejalashtirilmagan.
Kaya Kallas: Putin suvdan quruq chiqmoqchi
Moskva toki urushni davom ettira olmasligini tushunmagunicha, uni to‘xtatmaydi.

