Rossiyaga jangda erisholmagan natijalarini muzokara stolida taqdim etish xavfli – Kaya Kallas
Myunxen xavfsizlik konferensiyasida asosiy mavzulardan biri Rossiya–Ukraina urushi bo‘ldi. Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas Yevropa xavfsizligi Ukraina taqdiri bilan bevosita bog‘liq ekanini ta’kidladi. U Rossiyaga muzokara stolida jang maydonida erisha olmagan natijalarni taqdim etish xavfli ekanini bildirdi.
Mers: «Buyuk davlatlar davrida erkinligimiz kafolatlanmagan»
Germaniya kansleri Fridrix Mers Myunxen xavfsizlik konferensiyasi ochilishida so‘zlar ekan, o‘nlab yillar davomida mavjud bo‘lgan xalqaro tartib «amalda tugaganini» bildirdi. Uning ta’kidlashicha, qoidalar va huquqqa asoslangan global tizim parchalanmoqda va Yevropa xavfsizlikka bo‘lgan yondashuvini tubdan qayta ko‘rib chiqishi kerak.
Yevropa mudofaa xarajatlarini oshirishi shart – NATO Bosh kotibi
NATO Bosh kotibi Mark Ryutte AQSh Yevropa davlatlariga alyans doirasida mudofaa xarajatlarini oshirish bo‘yicha bosimni kuchaytirishini kutmoqda. Uning aytishicha, AQSh davlat kotibi Marko Rubio Myunxen xavfsizlik konferensiyasida yevropalik ittifoqchilardan ko‘proq mas’uliyat talab qiladi.
Makron: Yevropa Rossiya bilan muzokaralarda ishtirok etishi kerak
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Yevropa davlatlari Rossiya bilan Ukrainadagi urushni yakunlash bo‘yicha muzokaralarda bevosita ishtirok etishi shartligini bildirdi. U bu haqda 13 fevral kuni Xavfsizlik bo‘yicha Myunxen konferensiyasidagi chiqishi chog‘ida ma’lum qildi. Bu haqda Le Monde xabar berdi.
Makron: Tramp ma’muriyati Yevroittifoqning bo‘linishini istayapti
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Yevropa Ittifoqi va AQSh o‘rtasida, jumladan Grenlandiya masalasi sabab yuzaga kelgan keskinlik pasaydi, deb hisoblash noto‘g‘ri ekanini bildirdi. U yevropalik yetakchilarni uzoq vaqtdan beri kechiktirib kelinayotgan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga va Yevropa Ittifoqining global ta’sirini kuchaytirishga chaqirdi.
OAV: Yevropa mamlakatlari AQShdagi JChni boykot qilish haqida o‘ylamoqda
AQSh prezidenti Donald Tramp Daniyaga tegishli bo‘lgan Grenlandiyani Qo‘shma Shtatlarga qo‘shib olish niyatini e’lon qildi. U birinchi muddati davomida (2017-2021) shunga o‘xshash fikrlarni bildirgan. U Vashingtonga orol milliy xavfsizlik uchun kerak, deb da’vo qilgan.
NATOning sukutidan Yevropa xavotirda
Daniyani kim himoya qiladi?
AQSh endi asosiy ittifoqchimiz emas — Jozep Borrel
Oq uy 2025-yil 5-dekabrda yangi milliy xavfsizlik strategiyasini e’lon qilgandi.
O‘zbekiston–Yevropa ittifoqi: yilning eng muhim besh hodisasi
Yevropa Ittifoqi dunyoning ilm-fan, iqtisodiyot va innovatsiyalar taraqqiy etgan hududlaridan biri ekani sir emas.
«Yevropalik cho‘chqachalar...» – Putin Ukrainaga yangi hujumlar bilan tahdid qildi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaga qarshi yangi harbiy zarbalar berish mumkinligini bildirdi. Uning aytishicha, agar Kiyev va G‘arb davlatlari hozir olib borilayotgan tinchlik muzokaralarida Rossiya qo‘ygan talablarni qabul qilmasa, Moskva frontdagi harakatlarini davom ettiradi.
Shaharlashuv: madaniy meros va ekologik barqarorlik e’tibordan chetda qolmasligi kerak
O‘zbekiston shaharlarida keng ko‘lamli o‘zgarishlar jarayonida munosib turarjoy huquqlari, madaniy merosni saqlash, ekologik muammolar va ijtimoiy inklyuziya masalalari tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Ilon Mask Yevropa ittifoqini tugatishga chaqirdi
Maskning fikricha, yevrobyurokratiya Yevropani bo‘g‘moqda va oxiri boshiga yetadi.
«Shaffoflik, hisobdorlik va erkin axborot». YIning maxsus vakili demokratiyaning muhim shartiga e’tibor qaratdi
Diplomat sun’iy intellekt vositasida amalga oshirilayotgan manipulyasiya, raqamli tahdidlar va dezinformatsiya kabi muammolarga e’tibor qaratdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev yevrokomissarlarni qabul qildi
Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni joriy yil oktyabr oyida Bryusselga oliy darajadagi tashrif davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish orqali rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekistonga Yevropa ittifoqi komissarlari tashrif buyurmoqda
25-27 noyabr kunlari Yevropa Ittifoqining xalqaro hamkorlik bo‘yicha komissari Yozef Sikela hamda kengayish masalalari bo‘yicha komissari Marta Kos O‘zbekistonda mehmon bo‘ladi.
Yevropa yetakchilari Tramp tinchlik rejasining to‘rtta bandini o‘zgartirmoqchi
Chegaralar kuch bilan o‘zgartirilmasligi kerak.
Noodatiy aksiya: Yevropa diplomatlari Botanika bog‘ini orasta holga keltirishdi (foto)
Yevropa Ittifoqining yurtimizdagi delegatsiyasi O‘zbekiston ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bilan hamkorlikda Toshkentdagi Botanika bog‘ida keng ko‘lamli tozalash kampaniyasini o‘tkazdi.
Yevropa va Ukraina o‘zlarining tinchlik rejasini tayyorlayapti
Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bermoqda.
“Ko‘proq imkoniyat – ko‘proq mustaqillik degani”. YI hamkorlik qo‘lini cho‘zmoqda
20 oktyabr kuni Lyuksemburgda Yevropa Ittifoqi komissarlari, Qora dengiz, Janubiy Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlari vazirlari ishtirokida mintaqalararo xavfsizlik va o‘zaro bog‘liqlik masalalari bo‘yicha mashvarat tashkil etildi.
Fransiya shaxsiy yozishmalarni kuzatishni qonuniylashtirmoqchi — Durov
Yangi qonun bu safar Germaniyaning qat’iy qarshi pozitsiyasi tufayli qabul qilinmadi.
«Raqamli balog‘at»ga yetdik: bolalarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlaymiz — Yevroittifoq
Tashabbusni yetti farzandning onasi va besh nabiraning buvisi Ursula fon der Lyayen ilgari surdi.
Yevropa Ukraina va Rossiya uchun «bufer zona» taklif qilyapti
Yevropa diplomatlari Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi tinchlik muzokaralarini jonlantirish maqsadida yangi tashabbus ustida ishlamoqda. Politico nashrining yozishicha, ushbu tashabbusga ko‘ra, ikki mamlakat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuv xavfini kamaytirish uchun maxsus «bufer zona» tashkil etilishi mumkin.
Yevropa ittifoqi ko‘magida migrantlar uchun markaz tashkil etildi
Bu — mamlakatimizda tashkil etilgan migrantlarni muhofaza etishga xizmat qiluvchi birinchi markazdir.
AQSh va Yevropa ittifoqi savdo bitimiga kelishdi
Donald Tramp va Ursula fon der Lyayen Shotlandiyada uchrashdi.
Elektr, suv va chiqindi xizmati. Yevropaliklar kommunal to‘lovlar uchun qancha sarflaydi?
Asosiy kommunal xizmatlar uchun oylik harajatlar Yevropa bo‘ylab keng farq qiladi. Dunyoning qaysi shaharlarida to‘lovlar eng yuqori?
Yevroittifoq diplomatlari Rossiyaga qarshi 18-sanksiya paketini kelishib oldi
Yevropa Ittifoqining 27 davlati elchilari Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 18-paketi bo‘yicha kelishib oldi. Bu haqda dpa bir necha diplomatlarga tayanib xabar bermoqda.
EIning Isroil jinoyatlariga ko‘z yumishi «dahshat va umidsizlik» – Falastin TIV
Seshanba kuni Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari yahudiy davlatiga qarshi biror chora ko‘rish bo‘yicha kelishuvga erisha olishmadi. Biroq Yevropa Ittifoqi hisobotida Isroil tomoni Isroil-Yevropa Ittifoqi assotsiatsiyasi kelishuvining inson huquqlari va demokratik tamoyillarga rioya qilish kerakligiga doir 2-moddasini buzganligi ta’kidlangan.
Tramp Meksika va Yevroittifoqqa 30 foizli boj joriy etdi
Yangi tariflar 2025-yil 1-avgustdan kuchga kiradi.
Yevropada jazirama tufayli 2,3 ming kishi halok bo‘ldi
Angliyalik olimlar o‘tkazgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, issiq harorat sabab vafot etganlarning taxminan 1,5 ming nafari yoki 65 foizining o‘limi iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq.
Daniya «tejamkor to‘rtlik»ni tark etdi
Dunyo o‘zgaryapti, Daniya yangi chorlovlarga, xususan, Yevropaning qayta qurollanishiga diqqatini qaratmoqda.
Yevroittifoq Suriyaga qarshi barcha iqtisodiy sanksiyalarni bekor qildi
Avvalroq mamlakatni siyosiy o‘tish davrida qo‘llash uchun sanksiyalar vaqtincha to‘xtatilgan edi.
Brekzitdan besh yil o‘tib, Yevroittifoq va Buyuk Britaniya yana yaqinlashmoqda
Mudofaa va xavfsizlik, oziq-ovqat mahsulotlarini standartlash, baliq ovlash va energetika masalalari sammit kun tartibidan o‘rin oldi.
AQSh NATOdagi qo‘shinlari sonini qisqartiradi
AQSh 2025-yil oxirigacha Yevropadan qo‘shinlarini olib chiqish masalasini muhokama qiladi.
Yevroittifoq Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini tayyorlayapti
Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi, keyinchalik AQSh bilan kelishib olinadigan, yangi sanksiyalar paketini tayyorlamoqda.
Markaziy Osiyo madaniy merosini asrash bo‘yicha tanlov e’lon qilindi
Tanlovda madaniy merosni himoya qilish bilan shug‘ullanadigan muassasalar, xususiy tashkilotlar, universitetlar va ilmiy-tadqiqot markazlari ishtirok etishi mumkin.
Yevroittifoq Markaziy Osiyo uchun 12 mlrd yevrolik investitsiya paketini e’lon qildi
Qayd etilishicha, Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo strategik sheriklik orqali hamkorlikni keyingi bosqichga olib chiqishni maqsad qilgan. Bu muhim qo‘shma siyosiy majburiyat har ikki mintaqaga tinchlik, xavfsizlik va barqaror rivojlanish yo‘lida birgalikda ishlash imkonini beradi.
Shavkat Mirziyoyev raisligida «Markaziy Osiyo – Yevropa ittifoqi» birinchi sammiti bo‘lib o‘tdi
Markaziy Osiyo davlatlari va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlar va amaliy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi, xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashildi.
Armanistonda Yevropa ittifoqiga a’zo bo‘lish maqsad qilingan qonun qabul qilindi
Muxolifatning nazarida, ushbu hujjat yuridik tomondan bema’nilik, chunki Yevropa Ittifoqi Armanistonni a’zolikka taklif qilgani yo‘q.
Prezident Yevroittifoqning Xalqaro hamkorlik bo‘yicha komissarini qabul qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 18-mart kuni mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Yevropa Ittifoqining Xalqaro hamkorlik bo‘yicha komissari Yozef Sikela boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Yevropaliklar Ukrainaga bir necha daqiqa ajratishdi
Yevropa Ittifoqining sammiti 10 soatga yaqin davom etdi.
Yevropa ittifoqi 800 mlrd yevro qiymatidagi mudofaa rejasini tasdiqladi
Reja Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen tomonidan 4-mart kuni taqdim etilgandi.
Yevroittifoq Kiyev bilan yerosti qazilmalari bo‘yicha o‘z kelishuvlarini tuzmoqchi – Le Figaro
Yevrokomissiyaning sanoat strategiyasi bo‘yicha komissari Stefan Sejurne Kiyevda Ukraina rasmiylari bilan uchrashuvda ularga muqobil taklif bergan. Qo‘shma Shtatlar taklifidan farqli o‘laroq, bu ikki tomon uchun foydali bo‘lishi ta’kidlanmoqda.
Turkiyaning Yevroittifoqqa a’zoligi islomofobiya tufayli to‘xtatilgan – Hakan Fidan
Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga a’zolik muzokaralari «islomofob» yondashuv tufayli «de-fakto to‘xtatilgan».
Zelenskiy prezidentlikdan ketishga tayyor, faqat bir sharti bor...
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 23-fevral kuni Kiyev shahrida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida AQSh bilan muzokaralar, Rossiya bilan tinchlik bitimi imzolash imkoniyati kabi masalalarga to‘xtaldi.
Bryusselda Trampga qarshi namoyish bo‘lib o‘tdi
NATOga a’zo davlatlar vazirlari joriy yil iyun oyida Gaagada bo‘lib o‘tadigan sammitga tayyorgarlik doirasida Belgiya poytaxtida yig‘ilmoqda.
«Breksit»dan so‘ng birinchi marta Britaniya bosh vaziri YeI sammitida qatnashdi
«Biz NATOni qo‘llab-quvvatlash uchun YI va Buyuk Britaniya o‘rtasida olamshumul sheriklikka asos solmoqchimiz», — deb bayonot berdi Starmer.
YI bosh diplomati ustuvor yo‘nalishlarni ochiqladi
Dunyoda avtokratik kayfiyat kuchayib borayotgan paytda Yevropa Ittifoqi avtokratiya o‘qiga muqobil ochiq va demokratik jamiyat bo‘lib qolishi kerak.
YI G‘azoga 120 mln yevrolik ko‘mak ajratdi
Ertaga, 19 yanvar kuni Isroil va HAMAS o‘rtasida tinchlik bitimi kuchga kirishi kutilmoqda.
YI Toshkent botanika bog‘iga texnik ko‘mak ko‘rsatdi
Yevropa Ittifoqi akademik F.N.Rusanov nomidagi Toshkent botanika bog‘iga texnik ko‘mak ko‘rsatdi. Yordam to‘plami bog‘dagi ishlarning samaradorligini oshirish uchun zamonaviy texnika va mehmonlar uchun qulay o‘rindiqlarni o‘z ichiga oladi.
EI: Xotin-qizlar qo‘rquv va tahlikasiz yashashi kerak
Dunyoning turli mamlakatlarida xotin-qizlar jismoniy, jinsiy va ruhiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lmoqda. Ayniqsa, urush, qurolli to‘qnashuvlar va gumanitar bo‘hronlar kuzatilayotgan mintaqalarda zo‘ravonlik ko‘lami katta.
Yevropa ittifoqi Gruziyaga qarshi keskin chora ko‘rmoqchi. Sabab?
Jumladan, vizasiz rejim masalasi xavf ostida. Saylovlar erkin o‘tmadi deya hisoblansa, sanksiyalar kiritilishi mumkin.
Yevroittifoqchilar Xalqaro valyuta jamg‘armasining qaroridan hayratda
G‘arb Rossiyani yakkalashga urinayotgan bir pallada, Xalqaro valyuta jamg‘armasi prezident Putinga yordam qo‘lini cho‘zmoqda...
Yevropa ittifoqi O‘zbekistonga yangi elchisini tayinladi
Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi yangi elchisi etib Toyvo Klaar tayinladi.
O‘zbekiston va Yevropa ittifoqi agrar sohada hamkorlikni rivojlantirmoqchi
O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi turli sohalar qatori agrar yo‘nalishda ham hamkorlikni yanada kengaytirish istagida.
Yevropa ittifoqi komissari O‘zbekistonga kelmoqda
Yuqori martabali mehmon O‘zbekiston hukumati vakillari, jumladan, Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazadi.
Yevropada o‘n minglab odamlar jaziramadan vafot etdi
Agar so‘nggi 20 yil ichida odamlarga haroratning ko‘tarilishiga moslashishga yordam beradigan choralar ko‘rilmaganda, erta ogohlantirish tizimlari va sog‘liqni saqlashni yaxshilash kabi choralar ko‘rilmaganida, bu ko‘rsatkich 80 foizga yuqori bo‘lishi mumkin edi.
YI Toshkent viloyatida tejamkor sug‘orish tizimini moliyalashtirdi
Suv ta’minoti og‘ir bo‘lgan hududlardan biri Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi aholi tomorqa yerlarida yangi tomchilatib sug‘orish tizimi joriy etildi.
Qaysi yevropalik siyosatchilar eng ko‘p maosh oladi?
Portal ma’lumotlariga ko‘ra, nemis siyosatchisi yiliga 348 300 yevro yoki oyiga taxminan 29 ming yevro maosh oladi. Mutlaq ish haqi miqdori bo‘yicha ikkinchi o‘rinni Avstriya kansleri Karl Nexammer egalladi. Kuchli uchlikni Lyuksemburg bosh vaziri Lyuk Friden yakunlaydi.
Yaponiya isroilliklarga qarshi sanksiya joriy qildi
Yaponiya ishg‘ol ostidagi Falastin hududlarida zo‘ravonlikning kuchayishida Isroil ma’muriyatini aybdor deb hisoblaydi, deydi Kunchiqar o‘lka hukumati bosh kotibi Yosimasa Hayasi.
Yevroittifoq Falastin davlatini tuzishga qarshi qaror yuzasidan taassuf bildirdi
Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Isroil parlamenti – Knessetning Falastin davlatini tuzishga qarshi qarori yuzasidan bayonot berdi.

