Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

106 yoshli ayol koronavirus ustidan g‘alaba qozondi

106 yoshli ayol koronavirus ustidan g‘alaba qozondi

Fransiyalik 106 yashar ayol koronavirusdan sog‘aygan, deya yozmoqda Parisien gazetasi.

Qariyalar uyida yashovchi Elen Lefevrda 15 aprel kuni koronavirus aniqlangan. Qariyani yuqori harorat va holsizlik qiynagan. U shifoxonaga yotmagan, xonasida o‘zini izolatsiya qilgan.

Hozirda uning holati yaxshi.

Ayni paytda Fransiyada koronavirus yuqtirganlar soni 130 ming nafarni tashkil etmoqda. 24,6 ming nafar kishi esa vafot etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring