Qirg‘izistonda xavfli shaxs hibsga olindi

Qirg‘iziston ichki ishlar vazirligi xodimlari O‘sh viloyatida mamlakatda taqiqlangan diniy oqim – «Hizbut-tahrir»ga aloqador kimsani ushlashdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
Jinoyat ishlari bo‘yicha militsiya xizmati hududiy boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra O‘sh viloyati markazida shubhali yigit taqiqlangan diniy oqim g‘oyalarini targ‘ib qilayotgani ma’lum bo‘lgan. Tezkor qidiruv tadbirlari natijasida u hibsga olingan.
Qorasuv tumanida yashovchi 20 yoshli yigit hibsga olinish jarayonida huquq-tartibot idoralari xodimlariga jiddiy qarshilik ko‘rsatgan.
Dastlabki tergov natijalariga ko‘ra shubhali kimsa ichki ishlar vazirligida «Hizbut-tahrir» oqimiga mansub fuqaro sifatida ro‘yxatda turgani aniqlandi.
Uning uyi tintuv qilinganida «Hizbut-tahrir» g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi 38 ta kitob, 6 ta kompyuter diski, 8 ta daftar topilgan. Bu adabiyotlar ekspertizaga jo‘natildi.
Yigitga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Shubhali kimsa O‘sh viloyati ichki ishlar boshqarmasida vaqtincha saqlash joyiga joylashtirildi.
Tergov davom etayapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter