Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qonunga o‘zgartirishlar kiritildi

Qonunga o‘zgartirishlar kiritildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Fuqarolik to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirishlar kiritildi. Tegishli hujjatni O‘zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyev imzoladi.

Unga muvofiq:

  • respublikada doimiy yashash joyida 2005-yil 1-yanvargacha ro‘yxatdan o‘tgan yoki so‘nggi 15 yil davomida mamlakatda doimiy yashagan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilish mexanizmlari joriy etilmoqda;
  • O‘zbekiston fuqarosi deb tan olish uchun zarur hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, ushbu faktlarni aniqlash sud orqali amalga oshirilishini ko‘zda tutuvchi tartib belgilanmoqda;
  • ota-onasidan biri O‘zbekiston fuqarosi deb tan olingan bola O‘zbekiston fuqarosi deb tan olinishi bo‘yicha tartib belgilanmoqda;
  • O‘zbekiston hududida tug‘ilgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston fuqaroligini olish maqsadida ariza berishi uchun 5 yil davomida (fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning guvohnomasini olganidan keyin) majburiy yashash sharti bekor qilinmoqda va boshqalar.

Hujjatning qabul qilinishi natijasida O‘zbekistonga 2005-yil 1-yanvardan oldin kelgan 20,5 ming kishi, shuningdek har yili O‘zbekiston hududida so‘nggi 15 yil ichida doimiy yashagan 1,5 mingga yaqin kishi fuqaro sifatida tan olinishi kutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring