Saida Mirziyoyeva Sergey Kiriyenko bilan uchrashuv o‘tkazdi
Ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi kelishuvlarning amaldagi ijrosi muhokama qilindi.
Rossiya nihoyat Ozarbayjonga kompensatsiya to‘lashga rozi bo‘ldi
Rossiya va Ozarbayjon ikki mamlakat Tashqi ishlar vazirliklarining qo‘shma bayonotiga ko‘ra, «kompensatsiya masalasini ham o‘z ichiga olgan oqibatlarni to‘g‘ri hal qilish»ga erishdilar
Shavkat Mirziyoyev Sergey Kiriyenko boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi
Tinch atom sohasidagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi.
Lavrov: Eronning uranni boyitish huquqi ajralmas
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Eronning tinch maqsadlarda uran boyitish huquqini ajralmas huquq deb atadi.
AQSh Rossiya neftiga nisbatan imtiyozli rejimni bekor qildi
AQSh ma’muriyati Rossiya neftiga nisbatan joriy etilgan vaqtinchalik sanksiya yengilliklarini uzaytirmaslikka qaror qildi.
AQSh Ukrainaga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi – Vens
AQSh vitse-prezidenti Jey Di Vens Ukrainaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurol yetkazib berishni to‘xtatish qarorini Tramp ma’muriyatining asosiy yutuqlaridan biri deb baholadi.
Kreml Vengriya muxolifati rahbarini tabriklashdan bosh tortdi
Biroq, Rossiya 2022-yil Viktor Orbanga tabrik yuborgandi. 2024-yil esa eng yirik «do‘st bo‘lmagan davlat» rahbari Trampga ham qutlov yo‘llangan.
O‘zbekiston va Rossiya neft-gaz hamkorligini kengaytirishga kelishdi
O‘zbekiston va Rossiya neft va gaz sohasidagi hamkorlikni davom ettirish hamda yetkazib berish hajmini oshirishga kelishib oldi.
Pasxa sulhi tugagach, harbiy harakatlar davom etadi — Peskov
Kreml Vladimir Zelenskiy taklifini qabul qilmadi.
Rossiya va Ukraina asirlar almashdi
Rossiya va Ukraina o‘rtasida navbatdagi asirlar almashinuvi amalga oshirildi. Tomonlar bir-biriga 175 nafar harbiy xizmatchi va yetti nafar fuqaroni topshirdi.
Moldova Rossiyadan uzoqlashuv yo‘lida jiddiy qadam tashladi
Mamalakat MDHga doir muhim hujjatlardan chiqdi.
Rossiyada mudofaa vaziri sobiq o‘rinbosari 19 yilga qamaldi
Popov 19 yilga qattiq tartibli koloniyada jazoga hukm qilindi va 85 million rubl miqdorida jarimaga tortildi.
Kreml Pasxa munosabati bilan bir tomonlama o‘t ochishni to‘xtatadi
Kreml bayonotida Rossiya Ukraina ham bu tashabbusga qo‘shilishini kutayotgani ta’kidlangan.
Arablar Putindan xafa bo‘ldi – sabab ma’lum
Erondagi urush sabab Rossiya hamda Ko‘rfaz arab davlatlari o‘rtasidagi do‘stona aloqalar darz ketdi.
Rossiya o‘zbekistonlik mahkumlarni yurtiga qaytarishga tayyor, biroq...
Rossiya O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan 3 mingdan ortiq mahkumni vatanga o‘tkazishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda Rossiyadagi inson huquqlari bo‘yicha vakil Tatyana Moskalkova ma’lum qildi.
Zelenskiy Rossiyaning Donbass bo‘yicha talabini rad etdi
Kiyev Rossiyaning Ukraina o‘ziniki deb hisoblagan hududlardan chiqib ketishini va reparatsiya to‘lovlarini asosiy murosa deb biladi.
Kremldagi bahs. Pashinyan va Putin YeOII, YeI, Qorabog‘ va KXShT haqida muloqot qildi
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Rossiya prezidenti Vladimir Putin taklifiga ko‘ra Moskvada bo‘ldi. Har ikki rahbarning Kremldagi muloqoti odatiy diplomatik tadbirdan o‘zgacharoq rivojlandi.
Rossiyada 6 kunlik ish haftasiga o‘tish taklifi berildi
Rossiyalik tadbirkor Oleg Deripaska mamlakat aholisi uchun ish rejimini keskin o‘zgartirishni taklif qildi. Uning fikricha, iqtisodiyotdagi «global imkoniyatlar yo‘qotilishi» sharoitida rossiyaliklar dushanbadan shanbagacha kuniga 12 soat ishlashi kerak.
Rossiya benzin eksportini taqiqladi
Rossiya hukumati 1-apreldan boshlab benzin eksportini vaqtincha taqiqlashga qaror qildi. Bu haqda vitse-premer Aleksandr Novak topshiriq bergan bo‘lib, tegishli qarorni Energetika vazirligi tayyorlamoqda.
AQSh Kiyevga Donbassdan voz kechishi bo‘yicha bosim qilyapti – Zelenskiy
AQSh Kiyevdan Donbassdan qo‘shinlarni olib chiqishni talab qilmoqda. Bu haqda Zelenskiy Reuters’ga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Ukraina yana 3 yillik urushga tayyorlanyapti
Ukrainada muzokaralar to‘xtab qolishi mumkinligi fonida hokimiyat uzoq muddatli urush ssenariysiga tayyorgarlik ko‘ra boshladi. Ukraina matbuotiga ko‘ra, prezident Vladimir Zelenskiy parlament faoliyatini yana 1–3 yil urush sharoitida davom ettirish bo‘yicha reja tayyorlashni topshirgan.
Rossiyadan taklif: AQSh Ukrainaga yordamni to‘xtatsa, Moskva Eron bilan razvedka aloqalarini to‘xtatadi
Rossiya AQShga Eron va Ukraina masalalarini bog‘lovchi g‘ayrioddiy taklif bilan chiqqan. Bu haqda muzokaralarga yaqin manbalar ma’lum qildi.
Eron elchisi: oliy rahbar Rossiyada emas
Eronning Moskvadagi elchisi Kazem Jaloliy yangi oliy rahbar Mujtabo Homanaiy Rossiyada davolanayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi.
Yevroittifoq Rossiyalik shaxslarga qarshi sanksiyalarni sentyabrgacha uzaytirdi
Slovakiyaning pozitsiyasi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
G7 Rossiyaga qarshi neft sanksiyalarini yumshatmaslikka kelishdi
«Katta yettilik» (G7) davlatlari Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashganiga qaramay, Rossiyaga qarshi joriy etilgan neft sanksiyalarini yumshatmaslikka kelishdi. Bu haqda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron G7 davlat rahbarlarining videokonferensiyasi yakunlari bo‘yicha ma’lum qildi.
AQSh Rossiya neftiga qo‘yilgan ayrim sanksiyalarni vaqtincha yumshatdi
AQSh Rossiya nefti bilan bog‘liq ayrim operatsiyalarga nisbatan qo‘yilgan sanksiyalarni vaqtincha yumshatdi. Bu qaror jahon energetika bozoridagi bosimni kamaytirish maqsadida qabul qilingani aytilmoqda.
Rossiya Eronga yordam yuborishni boshladi – Rossiya TIV
Eron Rossiya va boshqa do‘st davlatlarga gumanitar yordam so‘rab murojaat qilgan va Rossiya uni yetkazib berish ishlarini allaqachon boshlab yuborgan.
AQSh: Rossiya Eronga razvedka ma’lumotlari bermayotganini aytdi
AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoffning aytishicha, Vashington Rossiya tomonidan Eronga razvedka ma’lumotlari uzatilmayotgani haqidagi bayonotni inobatga olmoqda.
Rossiya iqtisodiyoti qulash arafasida – Devid O'Sallivan
Rossiya iqtisodiyoti qulash arafasida va mamlakat 1998 yildagi kabi moliyaviy bo‘hron bilan yuzma-yuz turibdi.
Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yopilishidan eng ko‘p manfaat va ziyon ko‘radigan ikki davlat ochiqlandi
Ekspertlar fikricha, Ho‘rmuz bo‘g‘ozining yopilishi, umuman, Eronga qarshi urush sabab neft va gaz ta’minotidagi uzilishlardan eng ko‘p Rossiya manfaatdor bo‘ladi.
Rossiya Eronga AQShning Yaqin Sharqdagi obyektlari bo‘yicha razvedka ma’lumotlarini beryapti – WP
Rossiya Eronga Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy ob’yektlariga zarba berish uchun razvedka ma’lumotlari bergan bo‘lishi mumkin.
Zelenskiy Yaqin Sharq davlatlariga yordam taklif qildi. Sharti shuki...
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Yaqin Sharq davlatlariga Eron dronlariga qarshi kurashishda yordam berishga tayyorligini bildirdi. Uning aytishicha, agar mintaqa yetakchilari Vladimir Putinni Rossiya–Ukraina urushida kamida bir oylik o‘t ochishni to‘xtatishga ko‘ndirsa, Kiyev o‘zining eng tajribali mutaxassislarini yuborishi mumkin.
Kola ichishi oqibatida 12 yoshli bola og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizildi
Rossiyaning Vladivostok shahrida kola ichish oqibatida eroziv gastrit og‘irlashgan 12 yoshli bola qonli qusish bilan shifoxonaga yotqizildi.
Rossiyaga qarshi eng ko‘p sanksiya kiritgan mamlakatlar ma’lum bo‘ldi
Sanksiyalar jami soni 31,5 mingtadan oshdi.
Bloomberg: AQSh Rossiya–Ukraina urushiga 4 iyulgacha yakun yasashni istayapti
AQSh ma’muriyati Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushni 4-iyulga – AQSh Mustaqillik kuniga qadar yakunlashga intilayotgani aytilmoqda. Bu haqda Bloomberg agentligi Yevropa va NATOdagi manbalarga tayanib xabar berdi.
Ukrainada urush boshlanganiga 4 yil to‘ldi. Yevropaning zamonaviy tarixidagi eng yirik va qonli to‘qnashuv
Ukrainadagi urush 1461 kundan buyon davom etmoqda, bu Rossiyaning Ulug‘ vatan urushidan 43 kun ko‘p, yana 107 kundan so‘ng davomiyligi bo‘yicha Birinchi jahon urushidan o‘tib ketadi.
OAV: Rossiyada rasmiy daromadi past migrantlarga patent berish cheklanishi mumkin
Rossiya hukumati Davlat Dumasiga mehnat patentini berish yoki uzaytirishni migrantning daromadi yashash minimumidan past bo‘lgan taqdirda taqiqlashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini kiritdi.
Rossiya migrantlar uchun iqtisodiy shartlarni yanada kuchaytirishni rejalashtiryapti
Rossiya hukumati 19 fevral kuni Moliya vazirligi tayyorlagan «Rossiya Federatsiyasida chet el fuqarolarining huquqiy maqomi to‘g‘risida»gi qonun va Soliq kodeksiga o‘zgartishlarni ko‘rib chiqdi. Yangi takliflar vizasiz davlatlardan kelgan mehnat migrantlari uchun iqtisodiy shartlarni yanada kuchaytirishni nazarda tutadi.
Ho‘rmuzdagi eng yirik «mushaklar namoyishi» yoki...
Eron, Rossiya va Xitoy Ho‘rmuz bo‘g‘ozida qo‘shma harbiy-dengiz mashg‘ulotlarini o‘tkazadi
Zelenskiy Putin bilan Jenevada uchrashmoqchi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘z jamoasiga Vladimir Putin bilan uchrashuv tashkil qilish vazifasini topshirdi.

