Farg‘onada 800 o‘rinli ko‘p tarmoqli shifoxona bunyod etiladi
Sog‘liqni saqlash vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi ko‘magida Farg‘ona viloyatida ko‘p tarmoqli shifoxona tashkil etish bo‘yicha DXSh loyihasini amalga oshirish doirasida (keyingi o‘rinlarda loyiha deb yuritiladi) loyiha bo‘yicha tender jarayonini yakunladi.
Tez yordamga 2025 yilda 3,2 mingtadan ziyod yolg‘on chaqiriq kelib tushdi – SSV
Eng ko‘p yolg‘on chaqiriq Qashqadaryo, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarida kuzatilgan.
«Bu yerda barcha sharoitlar bor…» – Respublika onkologiya markaziga press-tur uyushtirildi (video)
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga jurnalistlar uchun press-tur tashkil etildi. OAV vakillariga markazning yangi binosi, uning texnik va tibbiy imkoniyatlari, shuningdek, shifokorlar hamda bemorlar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar batafsil tanishtirildi.
«Elektron retsept» bosqichma-bosqich joriy etiladi, avvaliga antibiotiklar majburiy bo‘ladi
SSV Toshkent shahri va 15 ta tajriba-sinov hududida bosqichma-bosqich joriy etilayotgan «Elektron retsept» tizimini joriy etish bo‘yicha qilinayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.
SSV tibbiy xizmatlar ko‘rsatilishini «sirli mijoz» usulida o‘rganib ko‘rmoqchi
SSV matbuot xizmatining bildirishicha, bu turdagi monitoring Sog‘liqni saqlash vazirligi markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari (zaruratga qarab uning organlari, tashkilotlari va muassasalari) tomonidan tashkil etiladi.
Qashqadaryoda bir oila biryo‘la 4 nafar qizaloqli bo‘ldi. Qizig‘i...
Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida yashovchi Dilfuza Bahriddinova Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo filialida muddatidan oldin kesarcha kesish amaliyoti orqali 4 nafar qizaloqni dunyoga keltirdi.
Bugun poliklinikada ikki shifokorni «rozi qildim»…
Kasbim taqozosi o‘laroq ijtimoiy tarmoqlarni muntazam kuzatib boraman. Bu republika bo‘ylab yoki o‘zbekistonliklarga doir yangiliklardan xabardor bo‘lib turish imkoniyatini berishdan tashqari, jamiyatning har kungi kayfiyatini ham ko‘rsatib turadi.
SSV aholi o‘rtasida tarqalayotgan kasallik yuzasidan ma’lumot berdi
SSV ijtimoiy tarmoqlarda bolalar orasida ich ketish va qayt qilish simptomlari bilan kechayotgan infeksiya haqida tarqalayotgan xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Joriy yilda erta turmush bilan bog‘liq 150 dan ortiq holat aniqlangan
Vazirning qo‘shimcha qilishicha, mamlakatda qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh holatlari hamon qayd etilmoqda.
Toshkentda shifoxonalarga «order» qilib beradigan guruh qo‘lga olindi
Ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlarda Toshkent shahridagi tuman tibbiyot birlashmalarida ishlayotgan «ishonchli» tanishlari yordamida poytaxtdagi har qanday shifoxonaga 1,5 – 2 mln so‘m evaziga davolanish uchun imtiyozli yo‘llanma (order) tayyorlab berishini muntazam e’lon qilib kelgan fuqaro G.M. va uning sheriklari fosh qilindi.
SSV fuqarolarni soxta tabiblardan ogohlikka chaqirdi
Ayni paytda O‘zbekistonda 150 ta tadbirkorlik sub’yekti tegishli litsenziya asosida xalq tabobati yo‘nalishida samarali faoliyat yuritib kelyapti.
Sog‘liqni saqlash vaziri jamoatchilikka murojaat bilan chiqdi
Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov jamoatchilikka murojaat bilan chiqdi. Vazir, jumladan, tibbiyotni korrupsiyadan xoli, to‘laqonli xalqchil tizimga aylantirish jamoatchilikning faol ishtiroki va ko‘magisiz mushkul ekanligini aytadi.
SSV tizimidagi korrupsiyaga qarshi kurashuvchi bo‘linmaga yangi rahbar tayinlandi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, Mamanov Sardorjon Sobir o‘g‘li Sog‘liqni saqlash vazirligining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
SSV vazirining ikki o‘rinbosari ishdan olindi
Yig‘ilishda tibbiy sug‘urtani joriy qilish surunkali surilib kelayotgani keskin tanqid qilindi. Toshkent shahrida o‘tgan yili, Qoraqalpog‘iston, Navoiy, Samarqand, Farg‘ona, Surxondaryo va Xorazmda bu yili ushbu tizim ishga tushishi kerak edi. Sug‘urta jamg‘armasi faqat tayyor pulni taqsimlovchiga aylanib qolgani ko‘rsatib o‘tildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligiga qo‘shimcha vakolatlar berildi
Bugun, 4 fevral kuni bo‘lib o‘tgan Qonunchilik palatasidagi majlisda deputatlar aholi o‘rtasida yod yetishmasligi kasalliklarining oldini olish tizimini takomillashtirilishga qaratilgan qonun loyihasini ko‘rib chiqdi.
Bolalarning ommaviy yangi virusga chalinayotgani haqidagi xabarlar asossiz – SSV
Ijtimoiy tarmoqlarda Respublika pediatriya markazi bemor bolalar bilan to‘lgani, ularning bir qismi yangi virusga chalingani aytilgan xabarlar tarqaldi.
Poytaxtga Bosh shifokor tayinlandi
Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘i bilan Isabekov Botirbek Abdulla o‘g‘li Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
SSVning yangi bo‘limiga tayinlovlar amalga oshirildi
Nogironlikning oldini olish, belgilash va tibbiy xizmatlar ko‘rsatishni muvofiqlashtirish bo‘limi tashkil etildi.
SSV tugu‘ruqxonadagi o‘lim holati bo‘yicha rasmiy munosabat berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Bo‘ka tumanida 19 yoshli ayol va uning homilasi shifokorlar aybi bilan nobud bo‘lgani aytilgan videolavhalar tarqaldi.
Qizamiqdan koma holatigacha... Kasallikka chalingan bolalarning ota-onalari murojaatiga SSV munosabat bildirdi
Ijtimoiy tarmoqlarda yurtimizda sklerozlashgan panensefalit kasalligi bilan og‘rigan bolalar ota-onalarining Sog‘liqni saqlash vazirligiga murojaatlari aks etgan videotasvirlar tarqalmoqda.
Buxoro viloyati SSBga yangi rahbar tayinlandi
Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘i bilan Oltiyev Elyor Doniyorovich Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
SSV dolzarb masalada «ishonch telefonlari»ni e’lon qildi
Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiyot tizimida korrupsiyaga qarshi keskin va murosasiz kurashish, turli byurokratik va inson omili bilan bog‘liq to‘siqlarga barham berishga qaratilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirilayotganini ma’luim qildi.
Respublika patologik anatomiya markaziga direktor tayinlandi
Daniyar Nishanov 1995-yili Toshkent pediatriya tibbiyot institutini, 2003-yili Ikkinchi Toshkent davlat tibbiyot institutining magistratura bosqichini patologik anatomiya yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan.
Sog‘liqni saqlash vazirligida vazir maslahatchisi lavozimi joriy etiladi
Sog‘liqni saqlash vazirligi markaziy apparatida nogironligi bo‘lgan shaxslarga tibbiy xizmatlar ko‘rsatilishi jarayonini muvofiqlashtirish bo‘yicha vazir maslahatchisi lavozimi joriy etiladi.
SSV jazirama sabab muhim tavsiyalarni e’lon qildi
Yozning issiq harorati inson tanasida ayrim muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli bu faslda gigiyena qoidalariga rioya qilish, nafaqat shaxsiy tozalikni saqlash, balki kasalliklarning oldini olishda ham muhim ahamiyatga ega.
Gepatit va OIV infeksiyasining 90 foizi talabga javob bermaydigan klinikalarda yuqadi – Qirg‘iziston SSV
Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri ma’lum qildi.
SSV diareya borasida ogohlantiruvchi ma’lumotlarni e’lon qildi
O‘tkir diareya – xalq orasida ichburug‘, ich og‘rig‘i, ich ketishi nomlari bilan ataladigan xastalik bo‘lib, ichak yo‘llarining funksional buzilishi hisoblanadi.
SSV internetda avj olgan reklamalar borasida jiddiy ogohlantirish e’lon qildi
So‘nggi paytlarda internet tarmog‘ida qandli diabet va uning asoratlaridan xalos etishi va’da qilinayotgan biologik faol qo‘shimchalarning reklamasi avj olyapti.
Xitoy kompaniyasi O‘zbekistonga reanimatsion elektromobillar yetkazib beradi
O‘zbekiston SSV Xitoyning Savdo-sanoat palatasi va «Henan Costar Group» kompaniyasi bilan tez tibbiy yordam elektromobillarini yetkazib berish bo‘yicha kelishuv imzoladi.
Olimlar 17 ming COVID bemori o‘limini gidroksixloroxin bilan bog‘ladi. O‘zbekiston ham bu doridan keng foydalangandi
Olimlarning fikricha, COVID pandemiyasining boshida bemorlarga gidroksixloroxin buyurilgan va bu oltita mamlakatda deyarli 17 ming kishining o‘limiga sabab bo‘lgan. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi ham ushbu dori samarasini qattiq himoya qilib chiqqandi.
SSVga vazir vazifasini bajaruvchi tayinlandi
Eslatib o‘tamiz, bir muddat oldin shu kunga qadar SSV rahbari lavozimida ishlab kelgan Amrillo Inoyatovning ishdan olingani xabar qilingan edi.
Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov ishdan olingan
Eslatib o‘tamiz, A.Inoyatov ushbu lavozimga 2022-yilning 30-dekabrida tayinlangan edi. Ungacha esa ushbu tizimda vazirning birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlagan.
Saratonni bir soniyada davolash usuli topildi
AQShning Pensilvaniya universiteti olimlari saraton kasalligini davolashga qaratilgan yangi usulni sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi.
SSVga yana 100ta «Volkswagen» tez yordam mashinalari topshirildi
Natijada 2022 yilning dekabr oyi va joriy yilda «103» xizmatiga taqdim etilgan bunday avtotransport vositalari soni 800 donaga yetdi.
Yangi yil bayramida tibbiyot muassasalari tunu kun ishlaydi — SSV
Bu gal Yangi yil bayramida yurtdoshlarimiz 30 dekabrdan 2 yanvargacha ketma-ket 4 kun dam oladi.
Davlat shifoxonalariga bosqichma-bosqich moliyaviy mustaqillik beriladi – loyiha
SSV aholi talablariga va xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimi bo‘lishini aytayotgan 2024—2030 yillar uchun «Aholi salomatligi — 2030» milliy strategiyasi loyihasini ishlab chiqdi.
Toshkentda o‘tkir respirator kasalliklar keskin oshdi
Natijada poytaxtdagi bolalar klinik shifoxonalariga yuklamalar yilning boshqa davrlariga nisbatan ortgani kuzatilmoqda.
SSV tizimida yangi tayinlov amalga oshirildi
Tibbiyot fanlari doktori U.Hasanov tayinlovga qadar Toshkent tibbiyot akademiyasi otorinolaringologiya va stomatologiya kafedrasi professori sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
SSV oxiri «taslim bo‘ldi». Taniqli onkolog ishga tiklandi
Taniqli onkolog shifokor, professor G‘olib Hakimov Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toshkent shahar filiali bosh shifokori lavozimiga tiklandi.
«Antistrumin»: milliardlik shartnomalar, shishirilgan narx va qidiruvdagi ta’sischi
So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarning o‘zbek segmentida bog‘cha va maktab yoshidagi bolalarning avval Chustda, keyinroq esa respublikaning boshqa hududlarida Kaliy yodid 1 mg (0,001 g) №100 (Antistrumin) dori vositasidan zaharlangan bolalar mavzusi ayni muhokamada.
«Prezident Administratsiyasidan topshiriq bo‘lmagan» — SSV videoga munosabat bildirdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatida bolalar bilan yuz bergan holat yuzasidan jurnalistlar savollariga o‘zini vazir yordamchisi deb tanishtirgan shaxs «Administratsiyadan buyruq bo‘lgan, intervyu berilmaydi» mazmunidagi javob bergani aks etgan videolavha tarqaldi.
SSVda yangi tayinlovlar amalga oshirildi
Prezidentning tegishli qarorlari bilan sog‘liqni saqlash vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi.
SSVga bir agentlik va jamg‘arma qo‘shilmoqda
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi va Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tuzilmasiga o‘tkaziladi.
SSV yangilangan asosiy dori vositalari ro‘yxatini tasdiqladi
O‘zbekiston Respublikasining asosiy dori vositalari va tibbiy buyumlari ro‘yxatini tuzish bo‘yicha Yo‘riqnomaga muvofiq ADVR O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qiladigan farmakoterapevtik tasniflash asosida shakllantiriladi.
Xorijiy tillarni yaxshi o‘zlashtirgan tibbiyot oliy o‘quv yurtlari va texnikumlari talabalari uchun stipendiya joriy etildi
1 sentyabrdan xorijiy tilni bilgan tibbiyot oliygohi va texnikum talabasiga BXMning 3 barobar miqdorida stipendiya to‘lanadi
JSST ogohlantirgan «Cold Out» siropi O‘zbekistonga kirib kelmagan – SSV
Bir muddat oldin Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan Hindistonda ishlab chiqarilgan «Cold Out» yo‘tal va shamollashga qarshi siropi xavfli deb topilgani haqida xabar berilgan edi.
Farg‘ona va Xorazmda qator tibbiyotchi rahbarlar ishdan olindi
Ayni damda Sog‘liqni saqlash vazirligining joriy yil birinchi yarim yilligi yakunlariga bag‘ishlangan Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
50 yoshdan oshgan ayollar qanday tekshiruvlardan o‘tishi kerak?
Yosh o‘tishi bilan immunitet pasayib, surunkali kasalliklar asoratlari va yangi xastaliklar paydo bo‘lish ehtimoli ortadi. Shuning uchun 50 yoshdan keyin shifokorlar barcha ayollarga rejali ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tib turishni tavsiya qiladi.
Samarqandda Xitoy bilan hamkorlikda qon preparatlari ishlab chiqariladi
Xitoyning «Xindeyuan Bioengineering» kompaniyasi vakillari bilan ayni shu masalada muzokara o‘tkazildi, deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Qoraqalpog‘iston aholisini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun «Salomatlik poyezdi» yo‘lga chiqdi
Bu poyezdlarda hududlarga yo‘l olgan Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarining jami 200 nafardan ziyod malakali mutaxassislari aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi.
2030-yilga borib insultdan o‘lim ko‘rsatkichi 2 baravar oshishi aytilmoqda
Xitoylik olimlarning «Global Health Data Exchange» ma’lumotlarini tahlil qilish asnosida kelgan xulosalariga ko‘ra, 2030 yilga kelib, insultdan o‘lim holatlari ikki barobar ortishi mumkin.
60 yoshdan oshganlarga xavfli dorilar tarqatilayotgani yo‘q — SSV
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Xitoydan katta miqdorda dori vositalari sotib olgani, tabletka ko‘rinishidagi ushbu preparatlar yurtimiz bo‘ylab 60 yoshdan oshgan aholi vakillariga berilishi, ammo ular inson organizmi uchun xavfli ekani haqida xabarlar tarqalmoqda.
Toshkent viloyati SSB boshlig‘i o‘zgardi
Abdug‘aniyev Ulug‘bek Abdufattaxovich Toshkent viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Navoiy viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i vafot etdi
Sog‘liqni saqlash tizimida mas’ul lavozimlarda ishlagan fidoyi shifokor, tashkilotchi rahbar Zafar Rasulov 44 yoshida vafot etdi.
Vazirlik: dam olish kunlari tibbiyot muassasalari tunu kun ishlaydi
Yurtimiz bo‘yicha 2755 ta tez tibbiy yordam brigadasi aholidan bo‘ladigan chaqiriqlar asosida kunu tun xizmat ko‘rsatadi.
SSV bloger vafot etgan klinika yuzasidan yangi bayonot berdi
Shundan so‘ng ayrim internet nashrlarida mazkur xususiy klinika hali ham ishlayotgani, vazirlik esa jamoatchilikka noto‘g‘ri axborot taqdim etgani yuzasidan xabarlar tarqaldi.
Uka opasiga jigarini berdi
8 soat davom etgan operatsiyada qo‘shrabotlik 48 yoshli bemor ayolga o‘z ukasining jigari ko‘chirib o‘tkazildi.
SSV tizimida bir qator rahbarlar ishdan olindi
Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov rahbarligida o‘tgan Hay’at yig‘ilishida bir qator rahbar xodimlar ishdan olindi.
Respublika «Tez tibbiy yordam»i uchun yana yuzdan ortiq Volkswagen Caddy yetkazib berildi
Bugun, 23 fevral kuni Jizzakh Auto tomonidan Volkswagen Caddy tez tibbiy yordam mashinalarining 117 donadan iborat navbatdagi partiyasi hududlarga taqdim etildi.
Sog‘liqni saqlash tizimida yangi tayinlov amalga oshirildi
M. Qodirov 2003-yilda Toshkent farmatsevtika institutini tamomlab, ish faoliyatini mazkur oliy o‘quv yurtida kafedra assistenti sifatida boshlagan.
2023-yilda tibbiy ta’limda qanday o‘zgarishlar kutilmoqda?
Har yili kamida 500 nafar yosh, iqtidorli pedagog hamda kollej va texnikum direktorlari chet elda malaka oshiradi.
SSV shifoxona xodimlari janjali bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Payariq tumanidagi Chelak shifoxonasida bosh shifokorning o‘g‘li va kelini hamshiralarni kaltaklagani aytilgan videolavha tarqalgandi.
SSV rahbarining gapi Aksilkorrupsiya agentligi tanqidiga uchradi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatovning shifokorlarning oyligi va odamlar pul berishi haqidagi so‘zlariga munosabat bildirdi.
Shifoxonalardagi koykalar soni haqidagi ma’lumotni onlayn ko‘rish imkoniyati yaratiladi
Tibbiyot sohasidagi mavjud muammolarni tahlil qilish, jumladan, joriy yilda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan aniq choralarni belgilab olish maqsadida Aksilkorrupsiya agentligi, SSV hamda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi mutasaddilari uchrashib, ayrim masalalarda kelishib olindi.
Dori vositalarini nazoratsiz qabul qilish pankreatitni keltirib chiqaradi — professor
Pankreatit — oshqozon osti bezining o‘tkir yallig‘lanishi bilan kechadigan kasallik. U o‘z vaqtida davolanmasa, jarayon boshqa to‘qimalarga ham tarqalishi xavfi katta.
Buxoroda dori siropi ichgan 23 nafar bola bir kunda o‘lib qolgani aytilgan videoga rasmiy munosabat bildirildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatida bir kunning o‘zida «Sinepar» siropini ichgan 23 nafar bola vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi.
Qozog‘istonda «Seftriakson»dan 18 kishi vafot etgani aytildi. SSV bu xabarni rad etgan
Shuningdek, O‘zbekiston SSV Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi mutaxassi ham ushbu xabarga o‘z munosabatini bildirdi.
O‘zbekiston Singapur bilan hamkorlikda dori vositalari ishlab chiqaradi
Prezidentimizning Singapurga davlat tashrifi doirasida farmatsevtika yo‘nalishi bo‘yicha ikkita kelishuv bitimi imzolandi.
«Yolg‘onchi bemorlar» qaysi viloyatlarda eng ko‘p?
SSV matbuot xizmati 2022-yilda «Tez yordam» xizmatiga bo‘lgan yolg‘on chaqiriqlar statistikasini ochiqladi.
Mingdan ortiq shifoxonalarga quyosh panellari o‘rnatiladi
Cog‘liqni saqlash vazirligida bo‘lib o‘tgan vazirlik Hay’at yig‘ilishida vazir A. Inoyatov kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish choralari haqida to‘xtalib, joriy yilda shifoxonalarga quyosh panellari o‘rnatilishini ma’lum qildi.

