Yaqin Sharqda keskinlik: Tramp Eron tomonga yana qo‘shimcha harbiy kuch yubormoqda
AQSh Eron yo‘nalishiga qo‘shimcha harbiy kuchlarni yo‘naltirmoqda, Tehron esa hatto urush xavfi bo‘lsa ham uranni boyitish huquqiga ega ekanini ta’kidlamoqda
Eron va AQSh muzokaralari juma kuni Maskatda o‘tadi
Eron va AQSh o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar juma kuni Umon poytaxti Maskat shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aragchi X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Eron va AQSh muzokaralari Istanbulda emas, O‘monda o‘tkaziladi
Bu haqda Abbos Aragchi ma’lum qildi.
Eronda ayollarga mototsikl boshqarishga ruxsat berildi
Shu paytgacha ular faqat avtomobil boshqarish huquqiga ega edi.
Eron va AQSh o‘rtasida vositachi bo‘lishga tayyormiz — Erdo‘g‘on
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Eron va AQSh o‘rtasidagi keskinlikni kamaytirish uchun vositachilik rolini o‘z zimmasiga olishga tayyorligini ma’lum qildi.
OAV: Tramp Eronga zarba berish niyatida emas
Nashr manbalaridan birining so‘zlariga ko‘ra, Donald Tramp hozirda Eron yadroviy dasturini bevosita tahdid deb hisoblamaydi.
Osiyo kubogi–2026: Bugun O‘zbekiston Eronga qarshi bahs olib boradi
Bugun Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida futzal bo‘yicha Osiyo kubogi–2026 musobaqasining chorak final bahslari start oladi.
Eron oliy rahbari AQSh hujumining oqibatlari haqida ogohlantirdi
«[Трамп] doim kemalarni olib kelganini aytadi… Eron xalqi bunday narsalardan qo‘rqmaydi», — dedi Xomanaiy yakshanba kuni qilgan chiqishida.
Eron Yevropa Ittifoqi armiyalarini terroristik tashkilotlar deb e’lon qildi
G‘olibafning e’lon qilishicha, parlamentning Milliy xavfsizlik qo‘mitasi Yevropa Ittifoqi harbiy attashelarini chiqarib yuborish masalasini muhokama qiladi.
Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopishga urinsa nima bo‘ladi?
Energiya bozorlari uchun dahshatli ssenariy.
AQShning Eronga hujumiga Buyuk Britaniya ham qo‘shilmasligi mumkin
Buyuk Britaniya AQShning Eronga qarshi ehtimoliy harbiy zarbasida ishtirok etishi kutilmayapti.
Tramp Eron bo‘yicha rejasini ma’lum qildi
Amerika yetakchisi aynan kim bilan va qachon muzokaralar olib borganiga aniqlik kiritmagan.
Eron hukumati samolyoti Moskvaning Vnukovo aeroportiga qo‘ndi
Uning bortida mamlakat prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon bo‘lishi mumkin.
YeI Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusini terrorchi tashkilot deb tan oldi
Avvalroq Yevropa Ittifoqi Eronda 15 nafar amaldor va oltita tashkilotga sanksiyalar kiritgan edi.
CNN: Tramp Eronga qarshi harbiy zarbalar variantlarini ko‘rib chiqyapti
AQSh prezidenti Donald Tramp Eron yadroviy dasturi bo‘yicha Vashington va Tehron o‘rtasida o‘tkazilgan dastlabki muzokaralar natija bermaganidan so‘ng, Eronga qarshi yangi keng ko‘lamli harbiy amaliy harakatlarni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda CNN telekanali manbalariga tayanib xabar berdi.
Tramp Eronga «vayronkor zarba» bilan tahdid qildi
Shu bilan birga u Eron tezda muzokaralar stoliga o‘tirishi va adolatli kelishuv bo‘yicha muzokaralar olib borishiga umid qilmoqda.
AQSh Eronga hujum qilsa, yaqin ittifoqchilari yordam bermoqchi emas
Saudiya Arabistoni va BAA bayonot berdi.
AQSh fors rasmiylariga «nuqtali zarbalar» berishni rejalashtirmoqda — MEE
Donald Tramp Eronda amaldagi hokimiyatni almashtirish g‘oyasidan voz kechmagan.
«Abraham Lincoln» aviazarba kuchlari Yaqin Sharqqa yetib keldi
Hududga yaqin kunlarda AQShning THAAD havo hujumidan mudofaa tizimlari ham yetib kelishi kutilmoqda.
Eron TIV rahbari namoyish qurbonlari sonini ochiqladi
Uning ta’kidlashicha, qurbonlardan 2427 nafari tinch aholi va xavfsizlik kuchlari, shuningdek, 690 nafari «terrorchilar» bo‘lgan.
Erondagi isyonlarda halok bo‘lganlar soni uch mingdan oshdi
Isyonlar deyarli bostirilgan.
Tramp Eron rahbariyatiga minnatdorlik bildirdi. Endi AQSh Tehronga hujum qilmaydimi?
AQSh prezidenti Donald Tramp Eronda ommaviy namoyishlar ortidan qo‘lga olingan fuqarolarni qatl etish qarori bekor qilinganini olqishladi.
AQSh Eron bilan kelishuvga erishish bo‘yicha to‘rtta shartni e’lon qildi
Dekabr oyi oxiridan beri Eronda milliy valyutaning qulashi va narxlarning keskin ko‘tarilishi sababli norozilik namoyishlari davom etmoqda. Donald Tramp bir necha bor agar Islom Respublikasi rasmiylari namoyishchilarni o‘ldirishda davom etsa, Qo‘shma Shtatlar aralashishini ta’kidlagan.
Eronda namoyishchilar qatl etilmaydi. Mamlakat osmoni ham qayta «ochildi»
Mintaqadagi vaziyat AQSh va Eron o‘rtasida yangi mojaro ehtimoli haqidagi xavotirlar ortishi fonida keskinlashmoqda. AQSh Qatardagi harbiy aviabazadan ayrim xodimlarini olib chiqishni boshlagani haqida xabarlar tarqaldi.
Eron TIV Trampni harbiy tahdidlardan tiyilishga chaqirdi
Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi AQSh prezidenti Donald Trampni Islom Respublikasiga nisbatan harbiy tahdidlarni kuchaytirmaslikka chaqirib, «iyun oyida yo‘l qo‘yilgan xatoni takrorlamaslik»ka da’vat etdi.
Eron osmoni yopildi: O‘zbekistonga uchayotgan ayrim qatnovlar ortga qaytarildi
Eron havo hududi yopilgani sababli bir qator aviareyslar jo‘nash aeroportlariga qaytishga majbur bo‘ldi.
AQSh ma’muriyati Tehronning javob zarbasidan xavotirda
Tramp ushbu talabini milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchilari bilan muloqotda bildirgan. Biroq maslahatchilar prezidentga Erondagi rejim qisqa vaqt ichida qulashiga kafolat berib bo‘lmasligini aytgan.
Eron global internetdan uzilishga hozirlik ko‘rmoqda
The Guardian xabariga ko‘ra, mamlakatda «oq ro‘yxat» shakllantirilgan.
Erondagi namoyishlar, 17-kun: faollik pasaygan, qurbonlar soni 2 ming nafarga yetgan
28-dekabr kuni boshlangan Erondagi ommaviy norozilik namoyishlari 17 kundan beri davom etmoqda. 13-yanvar kuni butun mamlakat bo‘ylab atigi 14 ta aksiya qayd etildi, bu esa namoyishlar boshlanganidan beri eng past ko‘rsatkich bo‘ldi. Aksiyalar olti viloyatda o‘tgan. Bu haqda sharqshunos Nikita Smagin ma’lum qildi.
AQSh mulozimi Eron shohining o‘g‘li bilan maxfiy ravishda uchrashdi
Suhbat tafsilotlari ochiqlanmagan, ammo Uitkoff va Pahlaviy Eronda davom etayotgan aksilhukumat namoyishlarini muhokama qilgani taxmin etilmoqda.
Erondagi namoyishlarda fuqarolarimiz jabrlanmagan – O‘zbekiston TIV
O‘zbekiston TIV Erondagi hodisalarga o‘z munosabatini bildirib, vaziyatni diqqat bilan kuzatib borayotganini ma’lum qildi.
AQSh fuqarolariga Eronni tark etish tavsiya etildi
AQShning Erondagi diplomatik vakolatxonasi Amerika fuqarolarini mamlakatni zudlik bilan tark etishga chaqirdi. Rasmiy ogohlantirishda AQSh fuqarolari Erondan chiqish rejasini oldindan tayyorlab qo‘yishi va AQSh hukumati yordamiga tayanmasligi kerakligi ta’kidlangan.
Tramp Eron bilan savdo qiluvchi mamlakatlarga 25 foizli boj joriy qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp Eron Islom Respublikasi bilan biznes yuritayotgan davlatlarga nisbatan 25 foizlik boj joriy etilishini ma’lum qildi. Bu haqda u Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozib qoldirdi.
Tramp Eronga “jiddiy harbiy chora” ko‘rilishini e’lon qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp ayni paytda ommaviy namoyishlar domida qolgan Eronga nisbatan jiddiy harbiy choralar ko‘rilishidan ogohlantirdi.
Eron AQShga jiddiy «signal» yubordi —Reuters
Bu Trampning bayonotlari bilan bog‘liq.
Eron oliy rahbari fuqarolarga murojaat qildi
9-yanvar kuni AQSh prezidenti agar mamlakatning iqtisodiy vaziyatdan norozi bo‘lgan namoyishchilari o‘ldirilsa, Eronga «juda kuchli zarba» berishini e’lon qildi.
Erondagi namoyishlarda kamida 35 kishi halok bo‘ldi
Inson huquqlari faollarining ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida 29 nafar namoyishchi, to‘rt nafar bola va ikkita xavfsizlik xodimi bor.
Igor Sergeyev Eron klubida qancha maosh olishi ma’lum qilindi
Eronning «Persepolis» klubi O‘zbekiston milliy jamoasi hujumchisi Igor Sergeyev bilan shartnoma imzolaganini e’lon qilgan edi.
Erondagi isyonlar 25 ta shaharni qamrab oldi
Mamlakatning g‘arbiy va janubi-g‘arbiy viloyatlarida isyonchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlarda qon to‘kildi.
Tramp AQSh harbiylari Erondagi namoyishchilarga yordamga tayyorligini bildirdi
Tramp AQSh harbiylarini Erondagi namoyishchilarga yordamga yuborishga tayyorligini bildirdi.
Eronda suv kamligidan GES ishlashdan to‘xtadi
Mamlakatdagi 19 ta suv ombori butunlay qurish arafasida.
Eron vitse-prezidentining rafiqasi YTHda halok bo‘ldi
Marhumning uch nafar farzandi va qaynotasi shifoxonaga yotqizildi.
Eronda Isroil bilan aloqadorlikda ayblangan olti kishi qatl etildi
Eronning Huziston viloyatida milliy xavfsizlikka qarshi faoliyat olib borganlikda ayblangan olti nafar shaxs qatl etilgani haqida mamlakat sud organlari xabar berdi.
Pezeshkiyon poytaxtni Tehrondan ko‘chirishga qattiq kirishdi
Poytaxtni Tehrondan ko‘chirish — tanlov emas, balki zaruratdir.
10 yillik tanaffusdan keyin Eronga qarshi sanksiyalar tiklandi
28 sentyabrdan e’tiboran BMT Xavfsizlik kengashi Eronga qarshi 10 yil avval to‘xtatilgan sanksiyalarni qaytadan amalga kiritdi.
Eronning boyitilgan atomi qayerdaligi aytildi
Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi bayonot berdi.
O‘zbekiston Toshkentda Eron ustidan g‘alaba qozondi
Mamlakatimiz futbolchilar CAFA Cup turnirida g‘alaba qozondi.
Eronda 2025-yil boshidan beri 841 kishi qatl etildi
Ayrim davrlarda hukumatning o‘zgacha fikrlovchilarga toqatsizligi oshadi va qatag‘on tendensiyasi kuchayadi.
Eronlik olimlar shoshilinch ravishda maxfiy joylarga yashirindi – sabab ma’lum
Eron hukumati atom energetikasi yo‘nalishida izlanishlar olib borayotgan olimlarni zudlik bilan maxfiy joylarga yashirdi.
Eron milliy valyutasidan to‘rtta nulni olib tashlaydi
Mamlakat o‘z valyutasini denominatsiya qilishga tayyorlanmoqda.
Eronda o‘g‘rilik qilgan uch erkakning barmoqlari kesildi
«O‘g‘rilikni kasb qilib olgan».
Eronda sud binosiga terrorchilar hujum qildi: besh kishi halok bo‘lgan
Halok bo‘lganlar orasida ayol va chaqaloq ham bor.
Eron kompaniyasi Olmaliqda qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqaradi
Uchrashuv chog‘ida eronlik mutaxassislar qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarish loyihasi bo‘yicha o‘z biznes-rejalarini taqdim etdi. Shuningdek, muassasa hududida joylashgan ishlab chiqarish binolari ko‘zdan kechirildi va hamkorlikning tashkiliy va texnik jihatlari muhokama qilindi.
Eronda 50 darajali jazirama va qurg‘oqchilik — aholidan suvni tejash so‘ralmoqda
Energetika vaziri Abbos Aliobodiy o‘tgan hafta bayonot berishicha, mamlakat suv importi masalasida Turkmaniston, Afg‘oniston, Tojikiston va O‘zbekiston bilan muzokaralar olib boryapti.
OAV: Eron prezidenti Isroil zarbasida jarohat olgan
Isroil Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashi yig‘ilishida Tehronga zarba bergan.
Isroil Eronga qarshi ehtimoliy harbiy harakatlarga tayyorlanyapti – Axios
Agar Tehron yadroviy dasturini qayta tiklashga urinsa, Isroil Eronga qarshi ehtimoliy harbiy harakatlarga tayyorlanmoqda.
Isroil Eron besh harbiy obyektga zarba berganini yashirgan — Daily Telegraph
Jami hisoblaganda, 12 kunlik urush davomida Eron Isroilning 40 dan ortiq infrazutilma obyektlariga zarba bergan.
Eron osmoni parvozlar uchun ochildi
Mamlakat fuqaro aviatsiyasi tashkiloti bayonot berdi.
Eron Hormuz bo‘g‘ozini minalashtirishga tayyorlanyapti – Reuters
Eron Isroil bilan harbiy to‘qnashuvning faol bosqichida Fors ko‘rfazida kemalarga dengiz minalarini yuklagan.
Isroilning keyingi nishoni qaysi davlat bo‘lishi aytildi
Eronga hujumdan keyin xalqaro jamoatchilik Isroilning keyingi harbiy nishoni qaysi davlat bo‘lishini muhokama qilmoqda.
Eron rahbarining bayonoti Trampni darg‘azab qildi
22-iyunga o‘tar kechasi AQSh Eronning Natanz, Fordo va Isfaxondagi yadroviy inshootlariga zarba berdi.
Rossiya Eronni ogohlantirdi
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Eronni Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) bilan hamkorlikni uzmaslikka chaqirdi.
Eronda yuzlab odamlar hibsga olinmoqda
Eron hukumati ularni “Mossad agentlari” deb ataydi.
Eron qonunchilari MAGATE bilan hamkorlikni to‘xtatishga doir hujjatni ma’qulladi
Eron parlamenti Tehronning MAGATE bilan hamkorligini to‘xtatuvchi qonun loyihasini ma’qulladi.
Eronda Mossadga josuslikda ayblangan shaxs qatl qilindi
Eronda Isroil razvedka agentligi – Mossadga josuslikda ayblangan Muhammad Emin Mehdevi Shayestehga nisbatan o‘lim hukmi ijro etildi.
Pentagon Eronga hujum tafsilotlarini ochiqladi
Pentagon rahbari Pit Xegset Eron yadroviy inshootlariga zarba berish tafsilotlarini oshkor qildi va o‘tkazilgan harbiy amaliyotning diagrammasini ko‘rsatdi.
Suriya g‘arbidagi AQSh bazasi hujumga uchradi – Mehr
Eronning «Mehr» yangiliklar agentligi manbalariga tayanib Suriyadagi AQSh bazasiga minomyotdan hujum qilingani haqida xabar berdi.
Shimoliy Koreya AQShning Eron yadroviy inshootlariga hujumini qoraladi
Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) dushanba kuni AQShning Eron yadroviy inshootlariga bergan harbiy zarbasini keskin qoraladi.
Medvedev Eronga ko‘mak borasida shov-shuvli bayonot berdi
Dunyoning bir qator mamlakatlari Eronga jangovar yadro komplektlarini berishga tayyor.
Eronga hujum Trampga qimmatga tushishi mumkin. Nega?
AQSh Kongressi Vakillar palatasi a’zosi Aleksandriya Okasio-Kortes Trampning qonunchilik idorasi ruxsatisiz harbiy harakat boshlagani impichmentga, ya’ni muddatdan avval lavozimidan ketkazilishiga asos bo‘ladi, deb hisoblaydi.
Eron AQSh hujumlaridan keyin bayonot berdi
Bayonotda tashkilot xalqaro hamjamiyat AQShning harakatlarini qoralab, Eronni qo‘llab-quvvatlashiga umid bildirdi.
AQSh kuchlari Eronga zarbalar berdi
Shuningdek, u AQSh samolyotlari Eron havo hududini allaqachon tark etgani va bazalariga qaytayotganini ta’kidladi.
AQSh arvoh-samolyotlarini Eron yaqiniga joylashtirmoqda
Diyego-Garsiya va Eron o‘rtasidagi masofa — taxminan 4 700 km.
Isroil Isfahondagi yadroviy obyektga zarba berdi
Ayni paytda Isroil samolyotlari Eron janubi-g‘arbidagi harbiy infratuzilmalarga zarbalar bermoqda.
Erondan Turkmaniston orqali 60 ga yaqin o‘zbekistonlik Vatanga qaytarildi
Yaqin Sharqdagi murakkab vaziyat tufayli qator davlatlar, jumladan O‘zbekiston ham o‘z fuqarolarini xavfsiz ravishda Vataniga qaytarish bo‘yicha faol chora-tadbirlar ko‘rmoqda.
Putin Netanyahudan Eron bo‘yicha va’da oldi
Isroil Eronning Bushehr shahridagi atom elektrostansiyasida (AES) faoliyat yuritayotgan rossiyalik mutaxassislarga hujum qilmaslikka zo‘r berdi.
AQSh bombalari Eron yadroviy obyektlarini yo‘q qila olmasligi mumkin — sobiq razvedkachi
Pentagonning bunkerlarga qarshi bombalari 60 metrgacha chuqurlikka zarba bera oladi, Eron yadroviy obyektlari esa taxminan 90 metr chuqurlikda joylashgan.
Eronda internet tarmog‘i uzib qo‘yildi
Bu haqda jahon internet tarmog‘ida kiberxavfsizlik hamda internet-aloqalarini kuzatib boruvchi NetBlocks tashkiloti ma’lum qildi.
Ozarbayjon Eron borasida Isroilga so‘rov yo‘lladi
Isroilning Eronga qarshi havo hujumlari davom etayotgan shu kunlarda Ozarbayjon yahudiy davlati rahbariyatiga murojaat yo‘lladi.
Tramp Eronga 24 soat muhlat berdi — Reuters
AQSh prezidenti Oq uyda oliy harbiy qo‘mondonlik va milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchilar bilan shoshilinch yig‘ilish o‘tkazdi.

