
O‘zbekiston kichik AESlar qurilishiga Fransiya kompaniyalarini jalb etmoqchi
O‘zbekiston Jizzax viloyatidagi kichik quvvatli atom elektr stansiyasi qurilishi loyihasiga Fransiya kompaniyalarini jalb etmoqchi.

Oq uy: Fransiya AQShga rahmat aytsin!..
Yevropa parlamenti deputatini “quyi darajadagi ismsiz fransuz siyosatchisi” deya atayin yerga urgan Oq uy matbuot kotibi o‘z bayonoti bilan Ikkinchi jahon urushi davrida AQSh Fransiyaga ko‘mak ko‘rsatganiga shama qilgan.

Fransuz deputati AQShdan «Ozodlik haykali»ni qaytarib berishni so‘rayapti
Deputat Rafael Glyuksmann AQShning hozirgi siyosati hamda Donald Tramp ma’muriyatining qarorlari mamlakatning ozodlik qadriyatlariga sodiq emasligini ko‘rsatayotgani uchun ham Fransiya haykalni ortga qaytarishi kerakligini ta’kidlaydi.

Fransiyaning Orano kompaniyasi Janubiy Jongeldi uran konini o‘zlashtiradi
Fransiyaning Parij shahrida Orano Mining (Fransiya), ITOCHU Corporation (Yaponiya) va «Navoiyuran» davlat korxonasi (O‘zbekiston) o‘rtasida bitim imzolandi.

O‘zbekiston – Fransiya yillik tashqi savdo aylanmasi 1,1 mlrd dollarga yetdi
Ko‘rsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan 135,9 million AQSh dollariga yoki 13,6 foizga o‘sgan.

Prezidentning Fransiyaga tashrifi yakunlandi
Sammit yakunida Strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiya, shuningdek, hamkorlikning turli yo‘nalishlari bo‘yicha bitimlarning salmoqli to‘plami qabul qilindi.

Prezident Mirziyoyev Fransiya Milliy majlisi Raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi
Ikki davlat o‘rtasidagi parlamentlararo almashinuvni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Gyugoning o‘zbek tiliga o‘girilgan romani Fransiya prezidentiga sovg‘a qilindi
Ushbu kitob ommaviy nashrdan chiqishi va tez orada kitobxonlar e’tiboriga havola etilishi kutilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Fransiyaning oliy mukofoti bilan taqdirlandi
O‘zbekiston Prezidenti ikki mamlakat hamkorligini rivojlantirish, xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun ushbu ordenga sazovor bo‘ldi.

Yelisey saroyida O‘zbekiston prezidenti sharafiga qabul marosimi o‘tkazildi (foto)
Tomonlar xalqlarimiz farovonligi yo‘lida O‘zbekiston-Fransiya hamkorligini yanada mustahkamlashga qat’iy intilishlarini bildirdilar.

O‘zbekiston va Fransiya strategik sheriklik bo‘yicha deklaratsiyani imzoladi
Tomonlar bundan tashqari o‘ndan oshiq kelishuvlarga erishdilar.

Shavkat Mirziyoyev Parijda rasmiy kutib olindi (foto)
Maydonda oliy martabali mehmon sharafiga Fransiya Respublika gvardiyasi, quruqlik qo‘shinlari, harbiy-dengiz va harbiy-havo kuchlari xizmatchilaridan iborat faxriy qorovul saf tortdi.

O‘zbekiston prezidenti Parijda kutib olindi (foto)
Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga davlat tashrifi boshlandi.

Yevropadagi ishonchli hamkor: O‘zbekiston va Fransiya munosabatlari yangi bosqichda
Bir tomonda — asrlar davomida Sharq sivilizatsiyasining beshigi bo‘lgan O‘zbekiston, ikkinchi tomonda — san’at, siyosat va iqtisodiy taraqqiyot markazi bo‘lgan Fransiya. Ikki davlatning o‘zaro iliq munosabatlarida yangi sahifa ochilishi kutilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Fransiyaga jo‘nab ketdi
Tashrif dasturiga muvofiq Parij shahridagi Yelisey saroyida oliy darajadagi muzokaralar, shuningdek, Fransiya rasmiylari va yetakchi kompaniyalari vakillari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Parijda «O‘zbekiston – Fransiya» turistik forumi tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Fransiya Respublikasiga davlat tashrifi arafasida 2025 yil 10 mart kuni Turizm qo‘mitasi tomonidan Parij shahrida joylashgan «Intersontinental» mehmonxonasida O‘zbekiston-Fransiya turizm forumi va uni doirasida «O‘zbekiston - Ipak yo‘lining durdonasi» taqdimoti tashkil etildi.

«Mona Liza»ga Luvrda alohida zal ajratiladi
Kuniga Luvr muzeyiga 30 ming kishi tashrif buyuradi, ularning taxminan 80 foizi aynan «Mona Liza» uchun kelishadi.

Fransiyada ikki poyezd to‘qnashdi
Avariya oqibatida 20 ga yaqin odam jarohatlangan.

Abduqodir Husanov Fransiya chempionati 1-davrasi ramziy jamoasiga kiritildi
Eng yaxshi himoyachilar to‘rtligida Husanovdan boshqalar faqat «PSJ» futbolchilari: Ashraf Hakimi, Villian Pacho va Nunu Mendesh.

«Shido» bo‘roni qurbonlari soni 20 nafardan oshdi
Tabiiy ofat oqibatida shifoxonaga tushganlarning 21 nafari olamdan o‘tgan, 45 nafar bemor jonlantirish bo‘limida.

Fransiyada yangi bosh vazir tayinlandi
Bu so‘nggi 3-4 oy ichidagi uchinchi bosh vazirdir.

Fransiya hukumati iste’foga chiqadi
Parlament bosh vazir Mishel Barne boshchiligidagi hukumatga ishonchsizlik to‘g‘risidagi rezolyusiyani qabul qildi.

Fransiya 80 yil avvalgi jinoyatni tan oldi
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron fransuz harbiylari tomonidan 1944 yilda amalga oshirilgan qatliomni rasman tan oldi.

Mbappe Fransiya termasida o‘ynashni istamayapti: sabab ma’lum
Manbaning ta’kidlashicha, futbolchining bosh murabbiy Dide Desham bilan munosabatlari keskin yomonlashgan. Qayd etilishicha, Mbappe terma jamoani hozirgi murabbiy boshqarayotgan bir paytda o‘ynashi dargumon.

Mbappe Fransiya terma jamoasiga chaqirilmadi
Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe Millatlar ligasi guruh bosqichining navbatdagi o‘yinlari uchun Fransiya terma jamoasiga chaqirilmadi.

Makronning reytingi tarixiy eng past darajaga yaqinlashdi
Maqola mualliflarining qayd etishicha, Makronning reytingi bor-yo‘g‘i bir oy ichida uch foizga tushib ketgan.

Pavel Durov qayerda va qanday sharoitda yashamoqda?
«Sud nazorati doirasida bir necha oy Fransiyada qolishga majbur bo‘lgan Pavel Durov hashamatli Crillion mehmonxonasidan joy topdi», deb yozadi gazeta.

O‘zbekiston elchisi Makronga ishonch yorliqlarini topshirdi
Nodir G‘aniyev 53 yoshda. Toshkent davlat sharqshunoslik universitetini tamomlagan. 1994 yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Britaniya va Fransiya harbiy hamkorlikni kuchaytiradi — Politico
2010-yilda London va Parij o‘rtasida imzolangan mudofaa shartnomasi — Lankaster kelishuvi qayta ko‘rib chiqiladi.

Fransiya Afrikaga qo‘shin tashlashga shaylanmoqda — WSJ
Mali, Burkina-Faso va Niger rasmiylari «fransuz harbiylariga chiqish eshiklarini ko‘rsatganidan so‘ng» Fransiya mintaqadagi «harbiy pozitsiyasi»ni qayta ko‘rib chiqmoqda.

Pavel Durov Parijda hibsga olinishi bo‘yicha o‘z munosabatini bildirdi
Messenjer egasi o‘zining rasmiy kanalida ilk marta Fransiyada hibsga olingani yuzasidan rasmiy munosabatini bildirdi.

Rejadagidan 4 karra qimmat — Fransiyada so‘nggi 25 yilda birinchi yangi atom reaktori ishga tushirildi
Reaktor 2012-yilda ishga tushishi kerak edi, biroq texnik muammolar ishga tushirish muddatini tinmay ortga suraverdi.

Pavel Durov fransuz kontrrazvedkasi bilan hamkorlik qilgan — Libération
Bu haqda Libération gazetasi o‘z manbalariga asoslanib xabar berdi.

Durov ustidan sud bir necha yilga cho‘zilib ketishi mumkin
Advokatning qo‘shimcha qilishicha, Fransiyada sud nazorati internet va telefondan foydalanishni cheklashni anglatmaydi, Durov faoliyatini davom ettirishi mumkin.

Fransiya Pavel Durovning akasi Nikolayni qidiruvga berdi
1980 yilda tug‘ilgan Nikolay Durov ukasi Pavel bilan VKontakte va Telegram kabi yirik loyihalarda ishlagan.

Durovning hibsga olinishi: Amirliklar Fransiyaga talab qo‘ydi
Pavel Durov Fransiyadan tashqari, Birlashgan Arab Amirliklari fuqarosi hamdir.

Fransiya IIV rahbariga vabo virusi joylangan xat jo‘natildi
Xatjildning ichidan qora kukun chiqdi.

O‘zbekistonning Fransiyadagi yangi elchisi tayinlandi
Nodir G‘aniyev O‘zbekistonning Fransiyadagi elchisi etib tayinlandi.

Makron Fransiya bosh vazirining iste’fosini qabul qildi
Ammo Attal va uning kabineti hech bo‘lmaganda Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlari davomida, hukumatning yangi rahbari tayinlanmaguncha o‘z o‘rnida qoladi.

Bastiliya: endi bu yerda hamma raqsga tushadi
Afsonaviy Bastiliya. Bu so‘zni eshitmagan odam bo‘lmasa kerak. Ko‘pchilik Bastiliya qamoqxonasini Aleksandr Dyumaning romanlari orqali yaxshi biladi. Qal’a 1382-yilda qurilgan bo‘lib, asosiy maqsadi poytaxtga qilinadigan hujumlarning oldini olish edi.

Yevro-2024. Ispaniya Fransiyani yengib, finalga yo‘l oldi
O‘yindan o‘yinga kuchayib borayotgan ispanlar fransuzlarni 2:1 hisobida mag‘lub etishdi.

Fransiyadagi parlament saylovida so‘llar ittifoqi g‘alaba qozondi
«Yangi xalq fronti» Fransiya Milliy assambleyasida 182 o‘ringa ega bo‘ldi.

Yevro-2024 markaziy o‘yinida Fransiya muvaffaqiyat qozondi
Chorak finalda Fransiya Portugaliya – Sloveniya o‘yini g‘olibi bilan to‘qnash keladi.

Ayol 20 yil hech qanday ish qilmasdan maosh olgani uchun kompaniyani sudga berdi
Fransiyalik Lorens ismli ayol France Telecom kompaniyasiga ishga kirdi, keyinchalik u «Orange» kompaniyasiga o‘tdi.

Fransiyada 18 yashar shaxs teraktda gumonlanib qo‘lga olindi
Politsiya hibsga olingan shaxsning ismini oshkor qilmayapti. Aytilishicha, gumonlanuvchi Chechenistonda tug‘ilgan.

Yevropadagi eng xavfli mamlakat aniqlandi
«Adolat instituti» markazi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda jinoyat indeksi — 55 foizdan yuqori.

Fransiya Yangi Kaledoniyaga qo‘shin kiritdi
O‘tgan oqshom Numeada tartibsizliklar davom etdi. Ayrim tumanlarda vaziyat keskinligicha qolmoqda.

Fransuzlar Olimpiada-2024 o‘yinlarida ehtimoliy teraktlardan xavfsirayapti
Bu haqda razvedka manbasi Europe 1 nashriga ma’lum qilgan.

Fransiyadagi atom elektr stansiyasida yong‘in sodir bo‘ldi. Ikkita reaktor o‘chirilgan
Fransiyaning markaziy qismidagi atom elektr stansiyasida uchta reaktordan ikkitasi «yadro zonasi tashqarisidagi» yong‘in tufayli to‘xtatildi. Kelib chiqqan yong‘in o‘chirildi.

DXX Fransiya, AQSh va Kanadaga odam jo‘natmoqchi bo‘lganlarni qo‘lga oldi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Gabriel Attal Fransiyaning yangi bosh vaziri bo‘ldi
34 yoshli Attal shu paytgacha ta’lim vaziri edi.

Fransiyada o‘qiyotgan o‘zbek qizi 40 ming yevro grant oldi
22 yoshli Sarvinabonu Ahrorova Fransiyadagi nufuzli oliy o‘quv yurtining magistratura bosqichida tahsil oladi.

Fransuzlar Yangi yilda yuzlab mashinalarga o‘t qo‘ydilar
To‘polonlarni bostirish chog‘ida 40 ga yaqin huquq-tartibot idoralari xodimi yaralangan.

Mashhur aktyor jinsiy zo‘ravonlikda ayblanmoqda
Bu aktyor bilan bog‘liq bu yilgi birinchi janjal emas.

Bugun O‘zbekiston Fransiyaga qarshi o‘ynaydi
U-17 Jahon chempionatining chorak finali doirasida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bugun Fransiyaga qarshi o‘ynaydi.

Senegal FIFAga shikoyat yo‘lladi. Unda Fransiya U-17 jamoasini JCh-2023dan diskvalifikatsiya qilish so‘ralgan
Senegal futbol federatsiyasi Fransiyaning chorakfinalda o‘ynashiga qarshi chiqmoqda va buni FIFA reglamentining qo‘pol tarzda buzilishi deya hisoblamoqda.

O‘zbekiston Fransiyaga qarshi oq-ko‘k libosda o‘ynaydi
O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi ertaga U-17 Jahon chempionatining chorak finali doirasida Fransiyaga qarshi o‘yin o‘tkazadi.

Jahon chempionatida mojaro: Fransiya U-17 terma jamoasi diskvalifikatsiyadan qutilib qolishi ehtimoli yuqori
Mojaroga fransuzlar hujumchisi Yannis Issufu U-17 jahon chempionatining Afrika qit’asi miqyosidagi saralash bahsi doirasida Niger o‘smirlar jamoasi safida maydonga tushgani sabab bo‘lmoqda.

O‘zbekistonning jahon chempionatidagi navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi
O‘yin 25-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 13:30 da boshlanadi.

O‘zbekiston 10 ta Airbus tibbiy vertolyotini sotib olishi mumkin
Airbus N145 o‘rta uzoqlikdagi masofaga uchadigan ko‘pmaqsadli vertolyot bo‘lib, undan tibbiy operatsiyalar, yo‘lovchi tashish, qidiruv-qutqaruv jarayonlari uchun foydalaniladi.

Samarqandda Fransuz alyansi filiali ochildi
Fransuz tili va madaniyatini targ‘ib qilishga ko‘maklashuvchi ushbu nohukumat notijorat tashkilot 1883-yilda Parij shahrida Jyul Vern va Lui Paster kabi o‘z davrining atoqli shaxslari tashabbusi bilan tuzilgan.

«Bugun qadrli hamkasbim bilan nihoyatda samarali muzokaralarni o‘tkazdik» — Shavkat Mirziyoyev
Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrifining ishbilarmonlik dasturi doirasida Samarqand shahrida qo‘shma biznes forumi bo‘lib o‘tdi. Uning ishida ikki davlat rahbarlari ishtirok etdi.

Fransiya xavfli to‘fonga tayyorlanmoqda
Shamol tezligi soatiga 170 kilometrga yetishi aytilgan.

O‘zbekiston-Fransiya: Samarqandda o‘tgan muzokaralarda ikki tomonlama qator hujjatlar imzolandi (ro‘yxat)
Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev va Emmanuel Makron Qo‘shma bayonot qabul qildi.

Falastinni qo‘llab-quvvatlagan futbolchi jazoga tortildi
15-oktyabr kuni Atal videoni joylashtirgani uchun uzr so‘radi va uni o‘chirib tashladi.

Fransiya Falastinni qo‘llovchi har qanday namoyishni taqiqladi
G‘azo tomoniga ko‘ra, hozirga qadar 1,5 mingga yaqin kishi harbiy zarbalar oqibatida halok bo‘ldi.

Taxta kana hujumi: Fransiya vahimada, Britaniya jim azob chekmoqda, boshqalar-chi?
Fransiya Sog‘liqni saqlash vazirligi fuqarolarni vahima qo‘zg‘atmaslikka chaqirmoqda. Chunki kelgusi yil Parij Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qiladi va bunday «reklama» katta zarar keltirishi mumkin.

Emmanuel Makron Fransiya qo‘shinlarini Nigerdan olib chiqishga qaror qilganini ma’lum qildi
Makronning aytishicha, Fransiya harbiylarini Niger hududidan to‘liq olib chiqish joriy yil oxirigacha amalga oshiriladi.

Nigerda namoyishchilar Fransiya elchixonasiga o‘t qo‘ydi
Namoyishchilar mamlakatdagi xorijiy harbiy bazalarni yopishni talab qilmoqda.

O‘zbek futbolchisi Fransiya vitse-chempioni safiga o‘tdi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi faoliyatini Fransiyada davom ettiradi.