Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jismoniy tarbiya va sport vaziriga o‘rinbosar tayinlandi

12/10/2020

Prezidentning maxsus qarori bilan Karimov Avazjon Qudratillayevich jismoniy tarbiya va sport vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.

Bodibilding va fitnes bo‘yicha O‘zbekiston chempionati start olmoqda

13/09/2020

Musobaqa to‘rtta asosiy yo‘nalishda tashkil etiladi.

O‘zbekiston terma jamoasiga rossiyalik futbolchi chaqirildi

28/07/2020

Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2022 va Osiyo kubogi-2023 qo‘shma saralash bosqichidagi qoldirilgan uchrashuvlarni oktyabr va noyabr oylarida o‘tkazadi.

Superliga qachondan davom etishi aniq bo‘ldi. Endi u o‘zgacha ko‘rinishda bo‘ladi

24/07/2020

Xabaringiz bor, oldinroq O‘zbekiston Superligasining 10-tur uchrashuvlari qoldirilgani haqida ma’lumot bergan edik.

Madrimov tez orada AQShda jang o‘tkazadi

16/07/2020

Boks bo‘yicha Osiyo o‘yinlari va Osiyo chempionati g‘olibi, professional boksda mag‘lubiyatsiz odimlayotgan iste’dodli bokschimiz Isroil Madrimov yaqin kunlar ichida AQShda navbatdagi jangini o‘tkazadi.

Karantin — dam olish degani emas. Og‘ir atletikachilar xalqaro musobaqada ishtirok etadi

16/07/2020

Hozirgi pandemiya davrida barcha soha vakillari ish faoliyati masofaviy ishlash tizimiga o‘tkazilgan. Shular qatori sport sohasida ham mashg‘ulotlar onlayn olib borilmoqda. Ba’zi sport turlari bo‘yicha federatsiyalar esa tabiat qo‘ynida mashg‘ulotlarni davom ettirish uchun yo‘l olishgan.

Osiyoda yana bir musobaqa koronavirus tufayli qoldirildi

13/07/2020

Joriy yilning 28 noyabr – 6 dekabr kunlari Xitoyning Sanya shahrida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan Osiyo sohil o‘yinlari keyingi yilga qoldiriladi. Bu haqda Osiyo olimpiya kengashining rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Belarus chempionatini titratayotgan Jasur Yaxshiboyev jamoasini o‘zgartirdi

11/07/2020

Joriy yildan e’tiboran Belarus chempionatida harakat qilayotgan hamyurtimiz Jasur Yaxshiboyev o‘z jamoasini o‘zgartirdi. Asli transfer huquqi «Paxtakor» klubiga tegishli bo‘lgan hamyurtimiz avvaliga ijara asosida «Energetik-BGU» klubi safida o‘ynadi.

Ravshan Ermatov suv sporti turlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

02/07/2020

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligida Suv sporti turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi trenerlar kengashining ochiq yig‘ilishi o‘tkazildi.

Pandemiya va sport. Xiva tumanida zamonaviy majmua yoshlar ixtiyoriga topshirildi

02/07/2020

Xorazm viloyati Xiva tumani «Gulshan» mahallasi yoshlari jismoniy tarbiya va sportni juda sevadi. Ta’bir joiz bo‘lsa aytish kerak, mahallaning sport bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan yoshlari qishning sovug‘ida, yozning jazirama issig‘ida bir necha chaqirim yo‘l bosib Xiva shahridagi bolalar-o‘smirlar sport maktabiga qatnashardi.

«Yashil» hududlarga sport qaytmoqda: «Mahallada futbol», «Futbolimiz kelajagi», «Rahbar kubogi» va «Hokim kubogi» o‘tkaziladi

26/06/2020

Jismoniy tarbiya va sport vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq shu yil 20 iyuldan boshlab mamlakatimizning «yashil» hududlarida sport musobaqalari boshlanadi.

Chim ustida xokkey federatsiyasida lavozim saylovi amalga oshirildi

21/06/2020

2020 yil 20 iyun kuni O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Qosimov Oybek boshchiligida O‘zbekiston chim ustida xokkey federatsiyasining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda federatsiya a’zolari, sportchilar xamda sport mutasaddilari ishtirok etishdi.

Bugun O‘zbekistonda «Olimpiya kuni» nishonlandi

20/06/2020

«23 iyun – Xalqaro Olimpiya kuni». Bu sana butun dunyoda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi tashkil topgan kun sifatida 70 yildan ortiq vaqt davomida katta shodiyona bilan nishonlab kelinadi.

Adekvat matbuot kotiblari haqida

20/06/2020

Kecha Kun.uz saytida Buxoroning Peshku tumanidagi sport maktablarining birida majburiy mehnatga jalb qilinish bo‘yicha bir maqola chiqqan edi. Uni o‘qib asabim o‘ynab, post yozmoqchi edim kechroq. Ammo hayron qolarli yeri shundaki o‘sha maqola chiqqach oradan bir soat o‘tib Sport vazirligi masalani joyida o‘rganib, muammoni hal qilib o‘zini saytida bu haqida yozib chiqishga ham ulguribdi.

Peshku tuman BO‘SM xodimlarining majburiy mehnatga jalb etilgani yuzasidan rasmiy bayonot berildi

19/06/2020

Bugun, 19 iyun kuni Kun.uz sayti orqali Peshku tuman bolalar va o‘smirlar sport maktabida trenerlar majburiy mehnatga jalb qilinganligi to‘g‘risida xabar e’lon qilindi.

Bugun «Olimpiya kuni» tadbirlari doirasida virtual yugurish musobaqasi o‘tkazilmoqda

18/06/2020

23 iyun butun dunyoda «Olimpiya kuni» sifatida keng nishonlanadi. Ushbu sana munosabati bilan mamlakatimizda ham bir qator tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Endi jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari uch yilda oliy ma’lumotli bo‘lishadi

14/06/2020

«2020/2021 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori bilan sport sohasida oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash jarayonini optimallashtirish maqsadida «Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)» bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qish muddati uch yil etib belgilandi.

O‘zbekiston Milliy Paralimpiya assotsiatsiyasi raisiga yangi o‘rinbosar saylandi

12/06/2020

Kecha, 11 iyun kuni videokonferensiya dasturi orqali onlayn tarzda O‘zbekiston Milliy Paralimpiya assotsiatsiyasining navbatdan tashqari Bosh Assambleyasi bo‘lib o‘tdi.

«Faxriy murabbiy» ordeni ta’sis etildi

10/06/2020

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 9 iyun kuni O‘RQ–622-sonli «Faxriy murabbiy» ordenini ta’sis etish to‘g‘risida»gi Qonunni imzoladi.

Bahraynda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga keyingi hafta qura tashlanadi

09/06/2020

Joriy yilning kuz faslida Bahraynda bo‘lib o‘tadigan U-16 Osiyo chempionati uchun qur’a tashlash marosimi 18 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Jismoniy tarbiya va sport universitetida ijodiy imtihonlar qanday o‘tadi?

09/06/2020

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida abituriyentlar imtihonlarni qay tartibda topshirishi ma’lum qilindi.

Vazirlik «Yilning eng faol sport targ‘ibotchisi» ijodiy tanlovi e’lon qildi

08/06/2020

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasida amalga oshirilayotgan keng islohotlar, sport tadbirlari va musobaqalari, xalqaro arenalarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilib kelayotgan sportchilar va ularning ustozlari, sport ta’lim muassasalari va inshootlari faoliyatini yoritishda faollik ko‘rsatayotgan

Diyetolog maslahati: mashg‘ulot vaqtida suv ichish qoidalari

07/06/2020

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati diyetolog Ilhomjon Otajonovning tavsiya va maslahatlarini berib borishni yo‘lga qo‘ydi.

Bahodirlar o‘yinlari onlayn o‘tkazildi va g‘oliblar aniqlandi (foto)

05/06/2020

Pandemiya davrida aholini jismoniy tarbiya va sportga qiziqtirish hamda bahodirlar o‘yinlari va tosh ko‘tarish sportini yana-da ommalashtirish maqsadida joriy yilning 30 maydan 2 iyungacha yoshlar va kattalar o‘rtasida onlayn O‘zbekiston birinchiligi o‘tkazildi.

Bu yil «Olimpiya kuni» qanday nishonlanadi?

05/06/2020

Har yili 23 iyun kuni Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi tashabbusi bilan butun dunyoda «Olimpiya kuni» sifatida keng nishonlanishi an’anaga aylanib ulgurgan.

«Yashil» hududlarda bolajonlar sport seksiyalariga kelishni boshladi (foto)

04/06/2020

Yurtimizga koronavirus pandemiyasi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 29 maydagi qaroriga asosan 2020 yil 1 iyundan «yashil» hududlarda sport seksiyalari, to‘garaklari, sport zallari va fitnes klublar faoliyatiga ruxsat berildi.

Terma jamoalar qaytmoqda. O‘smirlar va yoshlar terma jamoasi yig‘in boshlaydi

04/06/2020

Xabaringiz bor futbol bo‘ycha Superliga o‘yinlarining davom ettirilishi rasman e’lon qilindi. Endilikda futbolchilar mashg‘ulotlarga qaytgan holda musobaqalarga jiddiy hozirlik ko‘rishni boshlab yuborishdi.

Ravshan Ermatov velotrek o‘quv-mashg‘ulot markazini ko‘rdi. Taassurot yomon emas

03/06/2020

Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov poytaxtimizdagi velotrek o‘quv-mashg‘ulotlar markaziga tashrif buyurdi.

Biryo‘la ikkita Respublika oliy sport mahorati maktabiga yangi rahbar tayinlandi

03/06/2020

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining tegishli buyrug‘i bilan Xolmatov Komil Turniyazovich Suv sporti turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabiga direktor etib tayinlandi.

«Sariq» va «yashil» hududlarga sport qaytmoqda

01/06/2020

Yurtimizga koronavirus pandemiyasi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 29-maydagi qaroriga asosan 2020-yil 1-iyundan «sariq» va «yashil» hududlarda sport seksiyalari, to‘garaklari, sport zallari va fitnes klublar faoliyatiga ruxsat berildi.

Bag‘dodda xotin-qizlar uchun zamonaviy sport majmuasi qad rostlaydi

29/05/2020

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev shu kunlarda Farg‘ona viloyatida bo‘lib turibdi. Kecha vazir Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumaniga tashrif buyurib, bu yerda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish borasidagi ishlar bilan tanishdi.

Jizzaxda tayekvondo WTning Pumse yo‘nalishi bo‘yicha birinchi onlayn musobaqa o‘tkaziladi

25/05/2020

Karantin davrida uy sharoitida mashg‘ulot olib borayotgan sportchilarni ruhlantirish va ularning bo‘sh vaqtini samarali o‘tishiga yordam berish, iqtidorli sportchilarni saralab olish, malakali sportchilarni tayyorlash tizimini doimiy ravishda muvofiqlashtirib borish maqsadida Jizzax viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda Tayekvondo WT assotsiatsiyasining viloyat bo‘limi bilan

Markaziy Osiyodagi yagona chim ustida hokkey stadioni holati o‘rganildi

21/05/2020

Andijon viloyatida jismoniy tarbiya va sportni yana-da ommalashtirish, bu borada hududlardagi mavjud shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishish va pandemiya munosabati bilan ish jarayonlarini tashkil etishda uslubiy yordam ko‘rsatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh viloyatda o‘z ish faoliyatini davom ettirmoqda.

Bel olish kurashining bizgacha yetib kelgan amallari haqida nimalarni bilasiz?

20/05/2020

Qadimda qo‘llanilgan kurash sport turining amallari bizgacha yetib kelgan. Ular burov, qayirma, qaytarma, chala-qaytarma, yonbosh, ilish, to‘sish, aylantirish (tegirmon), uloqtirish, chap tizzaga mindirib tashlash (betga tashlash), bosma, chayqatish (siltash), kiftlash, qo‘shala-yonbosh, to‘g‘anok. chalish atamalari va boshqa bir qancha

Sport vazirligi maxsus ishchi guruhi Andijon viloyatida bo‘lib turibdi

19/05/2020

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi maxsus ishchi guruhi ayni vaqtda Andijon viloyatida bo‘lib turibdi. Maxsus ishchi guruhning asosiy maqsadi, viloyatdagi sport ta’lim muassasalarining bugungi ahvoli, zamon talablariga mosligi, sportchi yoshlarga yaratib berilgan imkoniyatlar hamda sport ta’lim muassasalarining yutuq va kamchiliklarini o‘rganishdan iborat.

Toshkent viloyat hokimi «Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

19/05/2020

Mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholi, ayniqsa yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi, hududda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasi uchun Toshkent viloyati hokimi Rustam Qurbonnazarovich Xolmatov «Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi»

Jizzax viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

16/05/2020

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining tegishli buyrug‘i bilan, shu kungacha Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi «Sport obektlari infratuzilmasini rivojlantirish injiniring kompaniyasi» DUKning Shartnoma munosabatlari sho‘basi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan Kulatov Sharof Qarshiboyevich

Sportchi va san’atkorlar Sardoba fojeasi jabrdiydalari holidan xabar olishdi

15/05/2020

Kecha Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi bilan hamkorlikda Sardoba fojeasi natijasida Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida joylashgan 532-sonli harbiy qism yotoqxonasiga vaqtincha evakuatsiya qilingan aholi bilan uchrashdi. Mazkur harbiy qismga Sirdaryo viloyatining Sardoba, Mirzaobod hamda Oqoltin tumanlaridagi «Birlik»

Sport vazirligi uyushtirgan chellenj yakuniga yetdi, g‘oliblar taqdirlandi

11/05/2020

6 aprel – Taraqqiyot va tinchlik yo‘lida Xalqaro sport kuni munosabati bilan tashkil etilgan #uydaqol #hayotgaqo‘shil #sportchallenge chellenjining ikkinchi fasli ham yakuniga yetdi.

Bu qiziq: Og‘ir atletika bilan shug‘ullangan insonning bo‘yi o‘smay qoladimi?

10/05/2020

Sport bilan shug‘ullanish inson salomatligi uchun foydali, lekin ko‘plab muxlislarda og‘ir atletika bilan shug‘ullanish inson bo‘yi o‘sishiga salbiy tasir ko‘rsatishi mumkinligi haqidagi taassurot mavjud. Shu kabi savol sizda ham tug‘ilgan bo‘lishi mumkin.

Sport vazirligi salomatlik fondiga 600 million so‘m o‘tkazdi

09/05/2020

Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda fuqarolarimizni ruhan qo‘llab-quvvatlash maqsadida «O‘zbekiston Mehr-shafqat va salomatlik» jamoat fondi tashkil etilganidan xabaringiz bor. Bugungi sinovli kunlarda yurtdoshlarimiz koronavirus pandemiyasidan jabr chekkan aholini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida sahovat ko‘rsatishmoqda.

Sportchilar tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishga ko‘maklashmoqda (foto)

07/05/2020

Joriy yilning 27 aprel oqshomida qo‘shni Turkmaniston orqali yurtimizga kirib kelgan kuchli shamol Buxoro viloyati katta talofat ko‘rgandi.

Uyda qolib, sport bilan shug‘ullanganlar chellenjida g‘oliblar ma’lum bo‘ldi

05/05/2020

Yurtdoshlarimiz orasida katta qiziqish uyg‘otgan #uydaqol #hayotgaqo‘shil #sportchallenge chellenjining ikkinchi fasli ham qizg‘in davom etmoqda. Bugun ushbu tanlovning ikkinchi fasl 1-turiga yakun yasaldi.

Uchta yo‘nalishda o‘tkazilgan onlayn musobaqa yakunlandi

03/05/2020

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi boshchiligida Esports Uzbekistan Federatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan «MINSPORT ONLAYN KUBOGI» o‘z nihoyasiga yetdi. Ko‘tarinki ruhda o‘tgan kibersport musobaqasida barcha yo‘nalishlardagi g‘olib va sovrindorlar ma’lum bo‘ldi:

Polvon hech qachon badanini ko‘pchilikka ko‘rsatmaydi. Keksa polvonlar o‘giti

01/05/2020

«Kurash ilmi»ga doir kitoblar turkiy mamlakatlar, ayniqsa O‘zbekistonda bir necha asrlar mobaynida mavjud bo‘lgan. Dastavval u arab imlosida yozilib, bizgacha to‘la kitob holida yetib kelmagan. Tadqiqotlar tufayli kurash ilmi haqida nuroniy pahlavonlarning hikoyalariga asoslanib bir qancha ma’lumot yig‘ishimizga to‘g‘ri keldi.

Shaxmat muxlislari uchun onlayn dars tashkil qilinmoqda

30/04/2020

Hozirgi kunda koronovirus pandemiyasi munosabati bilan yurtdoshlarimizning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Toshkent shahar Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tashabbusi bilan shaxmat bo‘yicha onlayn dars mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tadi.

OTMlarga kirish imtiyoziga ega sportchilar uchun hujjatlarni topshirish jarayoni boshlanmoqda

24/04/2020

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvardagi «O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yana-da takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF–5924-sonli Farmoniga muvofiq Olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha Olimpiya va Paralimpiya hamda Osiyo va ParaOsiyo o‘yinlari, jahon,

Uyda qolib karate bo‘yicha maxsus musobaqada qatnashish va g‘olib bo‘lish mumkin

18/04/2020

Xabaringiz bor, ayni kunlarda butun dunyo bo‘ylab tarqalib borayotgan va inson salomatligi uchun katta xavf tug‘dirayotgan koronavirus pandemiyasi mamlakatimizga ham kirib keldi. Joriy yilning 15 mart sanasida O‘zbekistonda ilk bora koronavirusga chalinganlik holati qayd etildi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligida tegishli tayinlovlar amalga oshirildi

16/04/2020

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimida lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.

Jismoniy tarbiya va sport vaziriga maslahatchi tayinlandi

15/04/2020

O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining tegishli buyrug‘i bilan yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi. Rasulov Zokir Pardayevich Jismoniy tarbiya va sport vazirining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchi etib tayinlandi.

Sport vazirligi o‘tkazayotgan chellenjning navbatdagi g‘oliblari ham aniqlandi

14/04/2020

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan #uydaqol! #hayotgaqoʻshil! #sportchallenge chellenjiga 10-14 aprel kunlari oralig‘ida ikki mingga yaqin videomateriallar kelib tushdi.

Uyda qolib qozonilgan g‘alaba! Vazirlik chellenj g‘oliblariga sovrinlarni yetkazdi

11/04/2020

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi BMTning Markaziy Osiyodagi Narkotiklar va jinoyatga qarshi kurash boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan #uydaqol!! #hayotgaqoʻshil! #sportchallenge chellenjida ilk g‘oliblar aniqlangani haqida xabar bergandik.

O‘zbekistonda boksni rivojlantirishga oid farmoyish chiqadi — Saken Polatovdan katta intervyu

07/04/2020

Shu kunlarda koronavirus pandemiyasi tufayli sport musobaqalari va terma jamoalar ishtirokidagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari bekor qilindi. Eng ahamiyatlisi, joriy yilning yoz faslida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan to‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasi bo‘lmish Olimpiya o‘yinlari ham bir yil muddatga kechiktirildi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi chellenj e’lon qildi. G‘oliblar taqdirlanadi

06/04/2020

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan karantin vaqtida vaqtni ko‘ngilli va samarali o‘tkazish uchun #uydaqol! #hayotgaqo‘shil! chellenjlarini e’lon qildi. G‘oliblar vazirlik tomonidan taqdirlab boriladi.

Qoldirilgan Tokio Olimpiadasi qaysi sanada start oladi?

30/03/2020

Xabaringiz bor, joriy yilning yoz faslida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan Tokio Olimpiadasi butun dunyoga katta xavf tug‘dirayotgan koronavirus pandemiyasi tufayli 2021 yilga ko‘chirilgan edi.

O‘zbekiston sportchilari Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlikni vaqtincha to‘xtatdi

26/03/2020

Xabaringiz bor, ayni kunlarda dunyo bo‘ylab keng tarqalib borayotgan va insoniyat salomatligiga katta xavf tug‘dirayotgan koronavirus pandemiyasi mamlakatimizga ham kirib keldi. Shu munosabat bilan, 2020 yil 16 martdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi barcha ta’lim va sport

Barcha sport ta’lim muassasalari vaqtincha yopildi, chempionatlar qoldirildi. Superliga to‘xtatildi

16/03/2020

2020 yil 16 martdan sanasidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi barcha ta’lim muassasalari noma’lum muddatga yopildi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

Ravshan Ermatov UEFA vakili bilan uchrashdi. Bu qanday samara beradi?

15/03/2020

Bugungi kunda futbolimizni yangi bosqichga olib chiqish borasida ko‘plab ishlar olib borilmoqda. Shu maqsadda 9-13 mart kunlari UEFA delegatsiyasi yurtimizga tashrif buyurgan edi. Tashrif doirasida delegatsiya vakillari O‘FA va PFL faoliyati bilan yaqindan tanishib, bolalar futboli, assotsatsiya strukturasi, futboldagi marketing xalqaro aloqalar bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Toshkent viloyatida «Navro‘z» bayramiga bag‘ishlangan yana bir yirik marafon o‘tkazildi

15/03/2020

Kecha, 14-mart kuni Bekobod tumanida tuman hokimligi, tuman Jismoniy tarbiya va sport bo‘limi hamda «Yoshlar ittifoqi» tuman kengashi hamkorligida «Navro‘z» umumxalq bayramiga bag‘ishlangan «Yugurish marafoni» o‘tkazildi.

Koronavirus tufayli O‘zbekistonda xalqaro sport tadbirlari vaqtincha cheklanadi

09/03/2020

Ilk bor Xitoyda aniqlanib, so‘ngra dunyoning ko‘plab davlatlariga kirib borgan koronavirus bugun butun dunyoni tahlikaga solib turibdi. Yurtimizda bu yuqumli va o‘ta xavfli epidemiya alomatlari aniqlanganicha yo‘q. Biroq, xotirjam bo‘lish aslo yaramaydi, chunki koronavirus ayni paytda sayyoramizning 70dan ortiq davlatiga kirib bordi.

Yana