
The New York Times mudhish qatl videosini e’lon qildi
Videolavhada Qizil yarim oy jamiyati formasida, maxsus emblema tushirilgan mashinalarda harakatlanib ketayotgan tibbiy xodimlar harbiylar hujumiga uchraganini ko‘rish mumkin. Holatni telefoni yordamida videoga olgan tibbiy xodim (feldsher) arab tilida Isroil askarlari o‘qqa tutayotganini aytadi.

G‘azoning ayrim hududlarida HAMASga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tyapti
G‘azo sektoridagi falastinliklar HAMASga qarshi kamdan-kam kuzatiladigan norozilik namoyishini o‘tkazib, harkatni urushni to‘xtatib, sektorni tark etishga chaqirmoqda.

2-martdan buyon «osmon uzoq, yer qattiq»
Isroil ma’muriyati G‘azo sektorida vayronkor urushni qayta boshlagan bir vaqtda hududning ikki milliondan ziyod aholisi yana ochlik xatariga ro‘baro‘ keldi. Joriy yil 2 martdan buyon G‘azoga oziq-ovqat va dori-darmon kelishi butunlay to‘xtagan.

Isroil G‘azoga havo hujumlarini boshladi: 230 dan ortiq kishi, jumladan bolalar halok bo‘ldi
G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, Isroilning G‘azo sektori bo‘ylab havo hujumlari natijasida halok bo‘lgan 230 dan ortiq falastinlik orasida ko‘plab ayollar va bolalar bor.

Isroil G‘azoga elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatdi
Isroil G‘azo sektoriga elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatdi.

Misr G‘azo bo‘yicha taklif tayyorladi
Misr Isroil hujumlari oqibatida vayron bo‘lgan G‘azo sektorini tiklash bo‘yicha reja hozirladi. «Arab rejasi» deb atalgan loyihada 5 yil mobaynida 53 milliard dollar sarflab mintaqani tiklash ko‘zda tutilgan.

O‘q yomg‘iri ostida, vayronalar ichida o‘tayotgan Ramazon (foto)
15 oylik urushdan keyin bor-budi – boshpanasi, misqollab yiqqan bisoti va yaqinlaridan ayrilgan G‘azo ahli Ramazon oyini ming bir mashaqqat bilan o‘tkazmoqda.

Ғазони қайта тиклаш учун 53,1 млрд доллар керак бўлади – БМТ
Ғазо секторини қайта тиклаш учун зарур бўладиган маблағнинг умумий миқдори 53,142 миллиард долларга баҳоланмоқда.

HAMAS asirlarni ozod etishni to‘xtatdi: endi nima bo‘ladi?
Isroil hozircha bu bayonotga izoh bermadi.

Tramp G‘azoni Vashingtonning katta ko‘chmas mulki sifatida ko‘rmoqchi
Bu haqda CNN xabar bermoqda.

Trampning G‘azoliklarni ko‘chirish g‘oyasi uni impichment xavfi ostida qoldirdi
AQShning Texas shtati Vakillar palatasining demokrat a’zosi El Grin G‘azo sektorini nazoratga olish rejalari haqidagi bayonotidan so‘ng AQSh prezidenti Donald Trampga qarshi impichment e’lon qilishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

Tramp: AQSh G‘azo sektorini o‘z nazoratiga oladi
Vashington G‘azo sektorida keng ko‘lamli minalardan tozalash ishlarini olib borish va keyinchalik hududni tiklash uchun nazorat o‘rnatishni rejalashtirmoqda.

Isroil G‘azodagi urushga 42 mlrd dollar sarfladi
Isroil osmonini Eron va uning ittifoqchilarining raketalaridan himoyalash uchun bir oqshomda $279 mln sarflangan.

Trampning G‘azoliklarni ko‘chirish taklifini qabul qilib bo‘lmaydi – ADL
Uning ushbu taklifi Arab davlatlari ligasi hamda Misr hukumati tomonidan jiddiy tanqidga uchradi.

Tramp G‘azo aholisini qo‘shni arab davlatlariga ko‘chirishni taklif qilyapti
AQSh prezidenti Donald Tramp G‘azo sektorida ijtimoiy ob’yektlarning butunlay vayron bo‘lgani haqida to‘xtalib, anklavning 1,5 million aholisini Misr va Iordaniya kabi davlatlarga vaqtinchalik ko‘chirib turish kerakligini aytgan.

G‘azoda uzoq kutilgan sulh kuchga kirdi
Falastinning G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish rejimi belgilanganidan bir necha soat kechikib amal qila boshladi. Bunga, avvalroq xabar qilinganidek, Isroil tomonining HAMASdan garovga olinganlar ro‘yxatini talab qilgani va talabi bajarilmagunigacha o‘t ochishni to‘xtatmaslik g‘aqidagi qarori sabab bo‘lgan.

G‘azoda kutilgan otashkesim boshlanmadi: Isroil shart qo‘ydi
Bu garovga olinganlar ro‘yxati bilan bog‘liq.

Kelishuv imzolangandan so‘ng ham G‘azoda o‘nlab ayollar va bolalar halok bo‘ldi
Jami qurbonlar soni 100 kishidan oshadi.

Isroil askarlari orasida xatarli «epidemiya» tarqalmoqda
Isroil armiyasi 2023 yil 7 oktyabr kuni G‘azo sektoriga bostirib kirganidan buyon 28 nafar yahudiy harbiy xizmatchisi o‘z joniga qasd qildi.

G‘azo aholisi urush boshlanganidan buyon 6 foizga qisqardi – Falastin statistika byurosi
Bu haqda Falastin markaziy statistika byurosi ma’lumotlarida keltiriladi.

Isroil qochqinlar lageriga hujum uyushtirdi: 25 nafar falastinlik halok bo‘lgan
Isroil havo kuchlarining Nuseyrat qochqinlar lageriga uyushtirgan hujumida kamida 25 falastinlik halok bo‘ldi. Zarba AQSh milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Isroil va HAMAS o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishish umidini bildirganidan bir necha soat o‘tib sodir bo‘lgan.

Jurnalistlar uchun eng xatarli hudud
G‘azo sektorida Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lgan jurnalistlar soni oshib bormoqda.

HAMAS G‘azo bo‘lgasida o‘t ochishni to‘xtatadi – AFP
Bu haqda AFP nashri harakat vakiliga tayanib xabar bermoqda.

Isroil qamoqxonalarida qancha falastinlik bola bor?
Isroil qamoqxonalarida kamida 270 nafar bola ushlab turilibdi. Bu haqda TRT nashri Falastinning mahbuslar ishlari bo‘yicha idorasiga tayanib xabar berdi.

«Katta yigirmalik» muhim talab bilan chiqdi
«Katta yigirmalik» (G20) davlatlari yetakchilari G‘azo sektori va Livanda o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi.

Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
AQSh Kongressi Vakillar palatasi a’zosi Rashida Tolib qonunchilik idorasidagi chiqishida Oq uyning G‘azo sektori bo‘yicha siyosatini tanqid qildi.

Italiya G‘azoga 15 tonna gumanitar yordam yubordi
Italiya G‘azodagi tinch aholiga 15 tonna gumanitar yordam yubordi.

Qamalda qolgan uch yoshli qizaloq
Askarlar qamalga olingan erkaklarni yechintirib, kameraga qarashga majbur qilishdi. Ular orasida keksalar va birgina qizcha ham bor edi.

G‘azodagi qurbonlarning yangi soni e’lon qilindi
Jabrlanganlar soni esa 100 ming kishidan oshgan.

Yevroittifoq jurnalistlar o‘limi ko‘payganidan xavotir bildirdi
So‘nggi yillarda jurnalistlarning o‘ldirilishi misli ko‘rilmagan darajada ko‘payib borayotgani qabul qilib bo‘lmas holatdir.

Isroil G‘azoda vayronalar ostida qolgan odamlarni qutqarishga ruxsat bermayapti
Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qarashli UNRWA agentligining G‘azo shimolidagi vayronalar ostida qolgan odamlarni olib chiqish talabini Isroil rad etdi.

Isroil zarbasi sabab G‘azoda 73 kishi halok bo‘ldi
Ko‘pchilik vayronalar ostida qolmoqda, qutqaruvchilar ularga yetib bora olmayapti.

«G‘azo yashash uchun yaroqsiz bo‘lgan cho‘lga aylandi» — BMT komissari
Avvalroq HAMAS lideri Yahyo Sinvar Isroil harbiy kuchlari tomonidan o‘ldirilgani xabar berilgandi. Isroil rasmiylari mazkur xabarni rasman tasdiqladi.

G‘azoning o‘qqa tutilishi oqibatida yana 49 falastinlik halok bo‘ldi
Oxirgi 24 soat ichida blokadadagi G‘azo sektorida 49 kishi Isroil hujumlari qurboni bo‘ldi, yana 219 kishi jarohat oldi.

BMT Isroilga qat’iy talab qo‘ydi
BMTning xalqaro mustaqil komissiyasi Isroil ishg‘oli ostidagi Falastin yerlari – G‘azo sektori, G‘arbiy Sohil va Sharqiy Quddusdagi xunrezliklar yuzasidan hisobot e’lon qildi.

Isroilning G‘azodagi qirg‘ini haqida animatsion film tayyorlandi
G‘azo sektoridagi qirg‘inning bir yilligi munosabati bilan «Anadolu» agentligi Isroilning 2023 yil 7 oktyabrdan buyon anklavda sodir etgan jinoyatlari haqida 13 tilda qisqa metrajli animatsion film suratga oldi.

«Boyqushlar makoni»ga aylangan hudud
Bugun, 7 oktyabr kuni Isroil armiyasi G‘azo sektoriga HAMAS harakatining hujumiga javoban bostirib kirganiga bir yil to‘ldi.

G‘azo sektoridagi masjidga zarba: 21 kishi halok bo‘ldi
Zarba Isroil havo kuchlari tomonidan amalga oshirilgan.

Erdo‘g‘on BMT minbarida keskin savollarni o‘rtaga tashladi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on BMT Bosh assambleyasining 79-sessiyasida dunyo davlatlarini tarixning muhim pallasida haqiqat tomonida bo‘lish va Falastin davlatini tan olishga chaqirdi.

Rim papasi Isroilning G‘azodagi harakatlariga munosabat bildirdi
Rim papasi Fransisk Isroilning G‘azo sektoridagi maktablarni bombalashi oqibatida begunoh bolalar nobud bo‘layotganini tanqid qildi.

Erdo‘g‘on musulmon davlatlarni «Isroil terrori»ga qarshi ittifoq tuzishga chaqirdi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on musulmon davlatlarni Isroilning bosqin, terror va ekspansiya siyosatiga qarshi turish uchun bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilishga undadi.

Isroilda misli ko‘rilmagan darajada katta namoyish: hukumat nima qiladi?
Namoyishchilar va huquq-tartibot idoralari o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz berdi. Politsiya namoyishchilarni «to‘polonlarni to‘xtatishga» chaqirdi

Isroil armiyasi Xon-Yunusdagi yangi turar joylarni vayron qildi
Isroil armiyasi G‘azo sektori janubidagi Xon-Yunusdagi binolarga havodan zarba berdi.

Dahshatli xotiralar sabab bolalar hatto uxlay olmayapti – YuNISEF
Muttasil bombardimonlar sabab oilalar bir joydan ikkinchi joyga ko‘chishga majbur. Eng yomoni, urush va qirg‘inbarot dahshatlari murg‘ak bolalarning ongi, ruhiyatiga o‘ta salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Urush haqidagi dahshatli taassurotlar sabab bolalar hatto tunda ham uxlay olmayapti.

Isroilning G‘azodagi maktabga bergan zarbasi oqibatida kamida 100 kishi halok bo‘ldi
Isroilning G‘azo sektoridagi maktabga bergan zarbasi oqibatida kamida 100 kishi halok bo‘ldi.

G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha 15 avgustda muzokaralar o‘tkazilishi mumkin
Qatar, Misr va AQSh G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va garovdagilarni ozod qilish bo‘yicha yakuniy takliflarni berishga tayyor.

G‘azoda «Al-Jazira» jurnalistlari o‘ldirildi
«Al-Jazira» telekanali muxbiri Ismoil va operator Rami G‘azo sektoridagi Shati qochqinlar lagerida Isroil armiyasi avtomobili tomonidan uyushtirilgan hujumda halok bo‘ldi.

AQSh vitse-prezidenti Falastin borasida va’da berdi
AQSh vitse-prezidenti va demokratik partiyadan prezidentlikka asosiy nomzod Kamala Harris G‘azo sektorida falastinliklarning azoblanishiga jim qarab turmaslikka va’da berdi.

BMT: Buning uchun 15 yil vaqt, millionlab dollar mablag‘ zarur...
Isroil armiyasi hujumi oqibatida G‘azo sektori butunlay yakson bo‘ldi.

Netanyahu G‘azodagi urushni tugatish shartini aytdi
Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 7-oktyabrda Isroil G‘azo sektorida harbiy yurish boshladi. Urush oqibatida qariyb 40 mingga yaqin tinch aholi halok bo‘ldi.

«The Lancet» nashri o‘ta xavotirli raqamlarni oshkor qildi
Isroil armiyasi G‘azo sektorida urush olib borayotgan so‘nggi 9 oy davomida halok bo‘lgan falastinliklar soni 186 ming kishidan ortadi.

Daraksiz yo‘qolgan 21 ming bola: ehtimol tirikdir, ehtimol o‘lgan
G‘azo sektorida qariyb 9 oydan buyon davom etayotgan dahshatli qirg‘in oqibatida 21 mingga yaqin falastinlik bolalar dom-daraksiz yo‘qoldi.

Isroilning Falastin bo‘yicha yana bir maxfiy rejasi oshkor etildi
Isroil hukumati Falastin hududi sanalgan G‘arbiy sohilni butunlay o‘z nazoratiga olish uchun maxfiy chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Arab generallari Isroil bosh shtabi rahbari bilan maxfiy ravishda uchrashdi
Bahrayn poytaxti Manama shahrida arab davlatlari generallari Isroil armiyasi bosh shtabi rahbari, general Hersi Halevi bilan uchrashdi.

BMT G‘azodagi holatni «halokatli» deb atadi
BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi ijrochi direktori o‘rinbosari Karl Skau G‘azo sektoridagi holatni tinch aholi uchun «halokatli» deb atadi.

BMT G‘azodagi yana bir dahshatli muammoga e’tibor qaratdi
250 kundan buyon urush davom etayotgan G‘azo sektorida chiqindilarning tog‘-tog‘ bo‘lib uyulishi muammosi ham yuzaga keladi.

Isroil yana «qizil chiziq»ni kesib o‘tdi
6 iyun kuni Isroil harbiylari G‘azo sektoridagi BMTning falastinliklarga ko‘mak bo‘yicha agentligi tasarrufidagi maktabga raketa zarbasi yo‘lladi.

«Rivojlangan davlatlar bu qotilliklarga ko‘z yummoqda» — Shavkat Mirziyoyev G‘azo haqida
Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga tashrifi doirasida OAV vakillariga bayonot berdi. Unda G‘azo fojiasiga alohida to‘xtaldi.

BMT G‘azoni «yer yuzidagi do‘zax» deb atadi
Isroil armiyasining harakatlari natijasida G‘azo sektori «yer yuzidagi do‘zax»ga o‘xshaydi.

G‘azoda BMT ham misli ko‘rilmagan talafotga uchradi
G‘azoda 7 oydan buyon davom etayotgan urush davomida BMTning 189 nafar xodimi halok bo‘ldi. Bu haqda xalqaro tashkilot hisobotida qayd etilgan.

AQSh Isroilni yana qurol bilan siylamoqchi
AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati 14 may kuni mamlakat qonun chiqaruvchi idorasi – Kongressni Isroilga 1 milliard dollardan ziyod miqdorda qurol-aslaha yetkazish rejasidan xabardor qildi.

G‘azo shimolida qonli janglar qayta boshlandi, Jabaliyada o‘nlab jasadlar topildi
Isroil mudofaa kuchlari bu xabarlarga hozircha izoh bermagan.

AQSh senatori G‘azoga atom bombasi tashlashni taklif qildi
AQSh Kongressining yuqori palatasi Sud tizimi qo‘mitasi raisi Lindsi Grem Falastin hududiga atom bombasi tashlash orqali G‘azo sektorida davom etayotgan urushga yakun yasashni taklif qildi.

«Ayollar, bolalar va qariyalar» — G‘azodagi ommaviy qabrlar chuqur xavotir uyg‘otmoqda
BMT Xavfsizlik Kengashi G‘azo sektorida ommaviy qabrlar topilganidan chuqur xavotir bildirdi va bu joylarga kirish va chuqur tergov o‘tkazishga chaqirdi.

Turkiya vaziri Isroil mulozimi bayonotiga raddiya berdi
G‘azo sektorida harbiy harakatlar butkul to‘xtatilib, insonparvarlik ko‘magi muntazam ravishda yetkazilishi ta’minlanmas ekan, Turkiya Isroil bilan savdo aloqalarini tiklamaydi.

JSST Rafahdagi holatdan juda xavotirda
Gebreyesusning so‘zlariga ko‘ra, Rafahda 1,4 million kishi, jumladan, 600 ming bola xavf ostida yashamoqda.

AQSh Isroilga bomba yetkazib berishdan cho‘chiyapti
Isroil G‘azo sektori janubidagi Rafah shahriga qarshi quruqlikdan hujum uyushtirayotgan bir paytda AQSh Isroilga bomba yetkazib berishni to‘xtatdi.

Dunyo yetakchilari Isroilni qaltis qadam qo‘ymaslikka undamoqda
Isroil ma’muriyati G‘azo sektoridagi Rafah shahriga hujum rejasini tasdiqladi, deb xabar berdi mamlakat matbuoti.

Netanyahu baribir Rafahda urush olib borilishini aytdi
29-aprel kuni Isroil va XAMAS o‘rtasidagi muzokaralar chog‘ida Falastin harakatiga 40 kunlik otashkesim taklif qilingan edi. Kelishuv, shuningdek, Hamas jangarilari tomonidan garovga olinganlarni falastinlik mahbuslarga almashtirishni ham o‘z ichiga oladi.

BMT mulozimi G‘azodagi bolalar bo‘yicha ayanchli faktni ochiqladi
«Biz bilamizki, olti oy ichida G‘azoda o‘lgan bolalar oxirgi to‘rt yil ichida dunyodagi barcha mojarolardan ko‘ra ko‘proq», - dedi u.

Isroil bosqinidan keyin Xon Yunusda falastinliklarning ommaviy qabri topildi
HAMAS harakati xalqaro hamjamiyatni G‘azo sektori janubida joylashgan Xon Yunus shahridagi «Nosir» kasalxonasi hududidan topilgan ommaviy qabr bo‘yicha shoshilinch tekshiruv o‘tkazishga chaqirdi.

G‘azoda qatliom ro‘y bermoqda – BMT maxsus ma’ruzachisi
2023 yil 7 oktyabrdan buyon G‘azoda inson huquqlari, xususan, sog‘liqni saqlash sohsida ko‘plab jiddiy qonun buzilishlari ro‘y bermoqda.

Urushda halok bo‘lgan falastinliklar soni 33,7 ming nafardan oshdi
Bu haqda yakshanba kuni HAMAS nazoratidagi Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

BMT koordinatori G‘azodagi voqealarni «insoniyatga xiyonat» deb atadi
Favqulodda yordam koordinatori va bosh kotibning gumanitar masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Martin Griffits qamal ostidagi G‘azo sektorida sodir bo‘layotgan voqealarni «insoniyatga xiyonat» deb atadi.

Britaniya G‘azo sektoridagi qirg‘indan hayratda, biroq...
Sunak o‘z nutqida urush boshlanganidan olti oy o‘tib G‘azodagi vaziyat tinch aholi uchun yomonlashishda davom etayotganini qayd etgan.

«Isroil agressiyasi oqibatlari shu qadar kattaki!..» – BMT
BMTning Falastin bo‘yicha maxsus vakili Francheska Albaneze G‘azo sektorida minglab odamlar o‘limi, vayronagarchilik va gumanitar halokatni keltirib chiqargani sabab Isroilni keskin tanqid qildi.

Jahon banki va BMT G‘azo sektoriga yetkazilgan zarar miqdorini baholadi
Xalqaro tashkilotlar anklavda 2024-yilda iqtisodiy holat «sezilarli yomonlashuvi»ni kutishmoqda.

Isroil bombardimonida G‘arb davlatlari fuqarolari halok bo‘ldi
Tashkilotning ijrochi direktori Erin Gor gumanitar ko‘mak guruhining harakat yo‘nalishi Isroil armiyasiga berilganini ma’lum qilgan.

Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi
BMT Xalqaro sudi Isroil ma’muriyatiga G‘azo sektori aholisiga insonparvarlik ko‘magi yetkazishga to‘sqinlik qilmaslik va falastinliklar huquqlarini buzmaslik talabini qo‘ydi.

Falastinlik ayol va ochlikdan qiynalayotgan uch egizak
G‘azo sektorining shimolidagi yashash sharoiti tom ma’noda «halokatli».

Xatarli reja bu gal isroillik yuqori martabali general tilida yangradi
Isroil siyosiy doiralarida G‘azo sektoridan falastinliklarni badarg‘a qilish va u yerga yahudiy oilalarini joylashtirish rejasi tobora qat’iy ohangda muhokama qilinmoqda.

G‘azoda «bolalarga qarshi urush» ketmoqda — YuNISEF vakili
G‘azo sektorida sodir bo‘layotgan voqealar bolalarga qarshi urushdir.

AQShga Isroil borasida navbatdagi talab qo‘yildi
Oxfam hamda Human Rights Watch inson huquqlari tashkilotlari AQSh rahbariyatini Isroilga qurol-aslaha yetkazishni to‘xtatishga chaqirdi.

BMT oliy komissari Isroilni ogohlantirdi
Ochlikdan aziyat chekayotgan G‘azo aholisiga insonparvarlik ko‘magi yetkazishga Isroil tomonidan to‘sqinlik qilinayotgan harbiy jinoyat sifatida tasniflanadi.

HAMAS o‘z yetakchilaridan biridan ayrildi
Isroilning zarbasi natijasida HAMAS yetakchilaridan biri halok bo‘lgani xabar qilindi.

BMT bosh kotibi G‘azoda ocharchilik boshlanishidan ogohlantirdi
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishning aytishicha, G‘azo sektoridagi kamida 1,1 million kishining oziq-ovqat zahiralari tugab qolgan va halokatli ocharchilik xavfi ostida.

«Tayms» maydonida Falastindagi qirg‘inga e’tibor qaratildi
KADEM (Ayollar va demokratiya jamg‘armasi) Nyu-York shahri yuragidagi «Tayms» maydonida tashkil qilingan tadbirda Falastinda yuz berayotgan qirg‘inga xalqaro hamjamiyat e’tiborini qaratdi.

Netanyaxu to‘xtamoqchi emas. U qamoqxonalarda minglab joy tayyorlashni buyurdi
Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu moliya, mudofaa va milliy xavfsizlik vazirlariga Isroil qamoqxonalarida yangi mahbuslar uchun minglab joy tayyorlashni topshirdi.

G‘azo sektorini qayta tiklash qanchaga tushishi aytildi
G‘azo sektori hozirda minglab odamlarning hayotiga zomin bo‘lgan katta fojiaga guvoh bo‘lmoqda.

G‘azoga ko‘mak bermoqchi bo‘lganlar qosh qo‘yaman deb ko‘z chiqardi
Qamal sharoitida yashayotgan G‘azo sektoriga samolyotlar orqali insonparvarlik ko‘magi tashlash amaliyoti baxtsiz hodisaga olib kelgani haqida xabar bergan edik.

G‘azoda insonparvarlik yordami besh kishini halok qildi
G‘azo sektori aholisiga insonparvarlik yordami yetkazilishi chog‘ida kamida besh kishi halok bo‘ldi.

G‘azo ayollari bayram va Ramazonni qanday kutib olishmoqda? (foto)
44 yoshli falastinlik Bushra al-Shafiiy Xalqaro xotin-qizlar kuni va Ramazon oyini qayg‘u bilan kutib olayotgan ayollardan biri.

«Bu insoniyat uchun sharmandalik!» – Xitoy tashqi ishlar vaziri
Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I dunyo hamjamiyatini G‘azo sektoridagi gumanitar inqirozni bartaraf etish uchun amaliy harakatlar qilishga chaqirdi.

BMT: G‘azoda bolalarni ko‘rinmas ajal ta’qib etmoqda
BMTning Falastin qochqinlariga ko‘mak berish bo‘yicha Yaqin Sharq agentligi G‘azoda bolalar ochlik tufayli dunyo ko‘z o‘ngida halok bo‘layotgani haqida bong urmoqda.

G‘azoda 1 million kishida yuqumli kasallik aniqlandi
Minglab qurbonlar vayronalar ostida yotibdi.

Isroil vaziridan yana bir beo‘xshov taklif
Isroilning Quddus va meros ishlari bo‘yicha vaziri Amixay Eliyahu musulmonlarning muqaddas Ramazon oyini bekor qilish taklifi bilan chiqdi.

Hamas Isroilning hujumi oqibatida halok bo‘lgan garovdagilar sonini ma’lum qildi
Isroil bu ma’lumotga hozircha izoh bermadi.

«Bu o‘rta asrlarda emas, hozir ro‘y bermoqda!» – Rossiya diplomati
Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya Isroilning to‘sqinligi sabab G‘azoga oziq-ovqat va boshqa birlamchi mahsulotlar yetkazish imkonsiz bo‘lib qolayotgani, sektor gumanitar halokat yoqasida ekani haqida bong urdi.

Bayden G‘azoda o‘t ochish to‘xtatilishi mumkin bo‘lgan kunni aytdi
Oq uy rahbari tomonlar o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishishga yaqin ekanini bildirdi.

AQShlik uchuvchi Isroil elchixonasi oldida o‘zini yoqib yubordi
Vashingtondagi Isroil elchixonasi yaqinida yonayotgan erkakning surati X ijtimoiy tarmog‘ida tarqaldi.

Erdo‘g‘on G‘azoga oid xavotirli raqamlarni oshkor etdi
Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Islom hamkorlik tashkiloti davlatlari axborot vazirlarining navbatdan tashqari majlisi qatnashchilariga yo‘llagan murojaatida gapirdi.

Senator: «Biz bu jinoyatga sherik bo‘lmasligimiz kerak»
Amerikalik taniqli siyosatchi, senator Berni Sanders Isroil hukumati G‘azoda bolalarni och qoldirayotganini tanqid qildi.

Turkiya rasmiysi Isroilning aldov siyosati haqida gapirdi
Xalqaro hamjamiyat Isroil olib borayotgan aldov siyosati, dezinformatsiya kampaniyasiga munosib javob berish shart, aks holda bu Tel-Avivning jinoyatlarini yashirishga yo‘l ochadi.

AQShning Isroilga bomba yetkazish rejasi ma’lum qilindi
Isroil Qo‘shma Shtatlardan ming dona MK-82 bombasi va boshqa qurollarni olishi mumkin.

Erdo‘g‘on G‘azoda tinchlik o‘rnatish yo‘lidagi asosiy to‘siqni aytdi
G‘azoda 28 mingdan ziyod falastinlik halok bo‘ldi, ammo o‘t ochishni to‘xtatishga qaratilgan urinishlar AQShning salbiy yondashuvi sabab natija bermayotir.

AQSh G‘azo masalasida bir haqiqatni tan oldi
AQSh ma’muriyati G‘azo sektorida boshlangan mojaroga yondashuvda xatolarga yo‘l qo‘yganini tan oldi.

Isroil taklifga rozi bo‘ldi. HAMASchi?
Isroil vositachilarning G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifiga rozi bo‘ldi.

100 ta jasad bir qabrga qo‘yildi
G‘azo ahli shaxsi aniqlanmagan 100 ga yaqin jasadni birodarlik qabriga ko‘mdi. Isroilda saqlangan jasadlar kuni kecha falastinliklarga qaytarilgan edi. Ularni ko‘zdan kechirish payti shifokorlar shubhali holatni qayd etgan.

Ommaviy ocharchilik G‘azo qurbonlarini ko‘paytirishi mumkin – BMT
BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi rasmiysi G‘azo sektoridagi muhtojlarga yordam yetkazishda yondashuvni o‘zgartirishga chaqirib, yaqin orada sektorga ommaviy ocharchilik xavf solayotganidan ogohlantirdi.

Xalqaro sud G‘azoliklarning genotsiddan himoyalanish huquqini tan oldi
Sudning ta’kidlashicha, Isroil o‘z harbiy kuchlari genotsid sodir etmasligini ta’minlashi va anklavdagi falastinliklar uchun gumanitar vaziyatni yaxshilash choralarini ko‘rishi kerak.

Isroil vaziridan Falastin borasida «tesha tegmagan» taklif
Isroil infrastruktura, energetika va suv ta’minoti vaziri Israel Kats G‘azo sohillarida sun’iy orollar barpo etishni taklif qildi. Ushbu bahsli loyihani u Yevropa Ittifoqi dvlatlari tashqi ishlari vazirlari e’tiboriga havola qilgan.

G‘azoda Isroil hujumidan vafot etganlar soni 24 mingdan oshdi
G‘azo sektorida Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 24 448 nafarga yetdi. Bu haqda Falastin anklavining sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Isroillik deputat kurakda turmaydigan taklif bilan chiqdi
7-oktyabrdan keyin boshlangan Isroil zarbalari oqibatida 23 ming kishi o‘lgani aytiladi.

JAR Isroilni tavbasiga tayantirmoqchi
Ertaga, 11 yanvar kuni Haaga shahrida joylashgan Xalqaro jinoiy sudda Janubiy Afrika Respublikasining Isroilga qarshi genotsid bo‘yicha da’vosi ko‘rila boshlaydi.

Isroilning provokatsion bayonoti yaqin ittifoqchi AQShga ham xush kelmadi
AQSh davlat deparatamenti rasmiy vakili Mettyu Miller uni provokatsion va mas’uliyatsiz bayonot deb baholagan.

Isroil vaziri falastinliklarni G‘azodan surgun qilmoqchi
Isroil moliya vaziri Betsalel Smotrich falastinliklarni G‘azoni tark etishga chaqirdi.

G‘arb davlatlari Isroilga yoqmaydigan bayonotlar bermoqda
G‘azo rasmiylariga ko‘ra, Isroil hujumlari oqibatida o‘lganlar soni 20 mingga yaqinlashmoqda.

Isroil «vahshiyona jinoyat»da ayblandi
Isroil armiyasi G‘azo sektoridagi eng qadimiy me’moriy obida sanalgan Umar masjidini vayron qildi. HAMAS harakati ko‘hna masjidning bombalanishini «vahshiyona jinoyat» deb atagan.

Erdo‘g‘on Isroilni keskin ogohlantirdi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Isroilni qaltis harakatlarning ayanchli oqibatlaridan ogohlantirdi.

G‘azoda butun boshli oilaning yostig‘i quridi (foto)
Isroil tashlagan bomba oqibatida G‘azoda Turkiyaning «Anadolu» axborot agentligi operatori Muntazir al-Savvaf va uning yaqinlari halok bo‘ldi.

Isroil armiyasi G‘azodagi xarbiy harakatlarini qayta boshladi
Isroil armiyasi HAMASni sulhni buzganlikda ayblab, G‘azo sektorida jangovar harakatlarini qayta boshladi.

Netanyahu tez orada urush qaytadan boshlanishini e’lon qildi
Eslatib o‘tamiz, mojaro boshlangandan beri Isroil bombardimonlari va harbiy hujumlari oqibatda G‘azo sektorida gumanitar inqiroz vujudga keldi.

«O‘ldirilayotgan haqiqat». Turkiya Isroilga keskin ayblov qo‘ydi
Dunyo hamjamiyati G‘azoda nafaqat qurolli ziddiyat, balki haqiqat va yolg‘on o‘rtasidagi axboriy kurashga ham guvoh bo‘lmoqda.

«Tangem» G‘azodagi bolalar uchun 50 million von xayriya qildi
Bu haqda Koreya Qizil xoch tashkiloti xabar bermoqda.

Xitoy Falastin masalasini hal etish yo‘lini aytdi
Xitoy, shuningdek, mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha xalqaro konferensiya chaqirish va yo‘l xaritasini ishlab chiqishni talab qilmoqda, deydi diplomat.

G‘azodagi urush fonida Bayden reytingi keskin pasaydi
So‘rov shuni ko‘rsatdiki, Bayden siyosatini ma’qullash reytingi 40 foizgacha pasaygan.

Isroil BMTning G‘azodagi «Al-Faxura» maktabini portlatib yubordi
SAXAL G‘azo sektori shimolidagi Jebaliya shahridagi BMTning «Al-Faxura» maktabini portlatib yubordi.

Advokatlar Netanyahuni hibsga olish uchun so‘rov yo‘llamoqchi
Isroil tomonidan G‘azoda genotsid jinoyati sodir etilganini tasdiqlovchi dalillar ko‘p va shunga ko‘ra xalqaro advokatlar guruhi yahudiy davlati bosh vaziri Binyamin Netanyahuni hibsga olish bo‘yicha so‘rov yo‘llamoqchi.

Turkiya saratonga chalingan 26 nafar G‘azolik bemorni davolash uchun qabul qiladi
Turkiya avvalroq Misrga dala shifoxonalari, tez yordam mashinalari va generatorlar ortilgan kema jo‘natgan edi. Ular G‘azodan Misr hududiga o‘tgan odamlarni davolashda ishlatilishi mo‘ljallangan.

Isroil qochoqlar lageriga hujum uyushtirdi
Isroil havo kuchlarining G‘azo sektori shimolidagi Jebaliya qochqinlar lageriga uyushtirgan hujumi oqibatida kamida 31 kishi halok bo‘ldi.

G‘azodagi urush Isroilga bir kunda qanchaga tushmoqda?
«Mojaro Isroil uchun dastlab kutilganidan qimmatroq bo‘ldi va davlat budjetiga og‘irlik qilmoqda», - deyiladi materialda.

Netanyaxu Makronning tanqidiga keskin javob qaytardi
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning tanqidiga keskin javob berdi.

Isroil yana G‘azodagi shifoxonaga yaqin hududlarni bombaladi
Kecha, 9-noyabr tunda G‘azo sektoridagi Indoneziya kasalxonasiga yaqin hududlarga Isroil harbiy-havo kuchlari tomonidan uchirilgan 11 ta snaryad kelib tushgan.

Yevropalik siyosatchi Isroilni jazolash yo‘lini aytdi
Ispan vaziriga ko‘ra, G‘arb davlatlari, xususan, Yevropa Ittifoqi Ukrainadagi xalqaro huquqqa zid qilmishlari ortidan Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etdi, ammo Isroilning G‘azoda tinch aholini bombalashiga shunchaki gung tomoshabin bo‘lib turibdi.

Isroil vaziri G‘azoga atom bombasi tashlamoqchi. Mudhish reja amalga oshishi mumkinmi?
Isroilning Quddus va meros ishlari bo‘yicha vaziri Amixay Eliyahu G‘azo sektoriga ommaviy qirg‘in quroli sanalgan atom bombasini qo‘llashni ehtimoliy variant sifatida ko‘rishini bildirdi.

Isroil G‘azo ikki qismga bo‘linganini e’lon qildi
Isroil qo‘shinlari G‘azo shahrini (G‘azo sektoridagi 700 mingdan ortiq aholiga ega eng yirik shahar) qurshab oldi va shu tariqa mintaqani shimoliy va janubiy qismlarga bo‘ldi, dedi Isroil mudofaa kuchlari matbuot kotibi Daniel Xagariy.

«Hizbulloh» G‘azodagi urushga qo‘shiladimi?
Bu haqda tashkilot lideri Hasan Nasrulloh ma’lum qildi.

120 стран, включая Узбекистан, поддержали резолюцию ООН о прекращении огня в секторе Газа
Резолюция призывает «к немедленному, прочному и непрерывному гуманитарному перемирию с последующим прекращением боевых действий».

Toshkentda 9 mamlakat elchilari bilan G‘azodagi vaziyat muhokama qilindi
Bugun, 27-oktyabr kuni Toshkenda O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov Falastin va Isroil hamda yana 7 ta mamlakat elchilari bilan uchrashdi. Ular G‘azo sektoridagi vaziyatni muhokama qilishgan.

Dunyo bo‘ylab norozilik namoyishlari avj oldi (foto)
G‘azodagi shifoxonaga uyushtirilgan hujum yuzasidan Turkiya, Livan va boshqa mamlakatlarda norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi.

Falastinda motam: G‘azo kasalxonasida qirg‘in amalga oshirildi
G‘azo sektoridagi «Al-Ahliy al-Ma’daniy» baptistlar shifoxonasiga Isroil tomonidan raketa zarbasi berildi.

HAMASning yetakchi qo‘mondoni o‘ldirilgani e’lon qilindi
G‘azoda HAMAS guruhining qurolli qanoti qo‘mondonlaridan biri o‘ldirildi.

Eron urushga qo‘shilmoqda. Isroilga yaqin soatlarda chora ko‘rilishi e’lon qilindi
Eron Isroilning xatti-harakatlari haqidagi ogohlantirishlar tugagani va tez orada nafaqat Hizbulloh, arab guruhlari javob berishini aytdi.

Bayden G‘azo bombardimonini ma’qulladi. Isroil endi JDAM bombalarini tayyorlamoqda
Falastinning HAMAS guruhi butunlay yo‘q qilinishi kerak, ammo Falastin davlati mavjud bo‘lishi kerak, dedi AQSh prezidenti Jo Bayden CBS News telekanaliga bergan intervyusida

Isroil G‘azo aholisiga yana 6 soat muhlat berdi
Isroil armiyasi g‘azoliklarga «xavfsizligi uchun» hudud janubiga ko‘chib o‘tishlari uchun yana 6 soat vaqt berdi.

Icroil G‘azo va Livanda taqiqlangan qurol ishlatdi
Jeneva konsensiyasi protokoliga ko‘ra, bu turdagi qurollarni tinch aholi yashayotgan hududlarda qo‘llash man etiladi.

G‘azo sektoridagi qurbonlarning yangi soni ochiqlandi
7-oktyabr kuni HAMAS guruhi Isroilga qarshi «Al-Aqsa to‘foni» operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi.

G‘azo sektorida qancha odam qurbon bo‘lgani ochiqlandi
Euronews xabariga ko‘ra, G‘azodagi barcha shifoxonalar to‘lib ketgan, o‘likxonalarda ham joy qolmagan.

G‘azo sektoridagi tutqunlar orasida o‘zbekistonliklar yo‘q – Elchixona
Elchixonaning ma’lum qilishicha, shu paytga qadar idoraga Isroil va G‘azo sektoridagi eskalatsiya zonalarida majburan ushlab turilganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari borligi haqida ma’lumot kelib tushmagan.

Falastinning G‘azo sektorida ulkan yong‘in sodir bo‘ldi. Qurbonlar bor
Kecha, 17 noyabr kuni tunda Falastinning G‘azo sektoridagi Jabaliya shahrida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi