Fransiyaning strategik xatosi 76 mlrd yevroga tushdi
Hukumat bu qarorni «oltin daromad keltirmaydigan aktiv» ekani bilan izohlagan. Rasmiylarga ko‘ra, davlat mablag‘larni yanada foydali moliyaviy vositalarga yo‘naltirishi lozim edi. Natijada Fransiya budjetiga 4,67 milliard yevro mablag‘ kelib tushgan.
«Lactalis» O‘zbekistondan bolalar uchun sut mahsulotlarini qaytarib olyapti
Fransiyaning yirik sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchisi — Lactalis kompaniyasi chorshanba kuni 18 davlatda bolalar uchun mo‘ljallangan sut mahsulotlarining ayrim partiyalarini bozordan qaytarib olayotganini ma’lum qildi. Bunga Nestle kompaniyasi tomonidan oy boshida ayrim bolalar ovqatlari partiyalari qaytarib olinishiga sabab bo‘lgan toksin – sereulid aniqlangani sabab bo‘lgan.
Olovda yonmagan ayol yuragi...
Fransiya tarixida «yuz yillik urush» deb atalgan qirg‘inbarot davom etardi. Ingliz bosqinchilariga hech qanday kuch bas kelolmaydigandek tuyulardi. Kutilmaganda el-ulus o‘rtasida uzunquloq gaplar tarqaldi: nima deysan, afsungar Merlin bashorat qilganmish – yaqin orada qo‘liga oybolta tutgan bir qiz paydo bo‘larmishu hammaning najotkoriga aylanarmish…
Fransiyada mamlakatni NATOdan chiqarish tashabbusi ilgari surildi
Fransiya Milliy assambleyasining vitse-raisi Klemans Gete mamlakatni NATOdan chiqarish tashabbusi bilan chiqdi. U ijtimoiy tarmoqdagi X sahifasida ushbu masala bo‘yicha parlamentning quyi palatasida ovozga qo‘yish uchun rezolyusiya kiritishini ma’lum qildi.
Fransiya ham 15 yoshdan kichiklarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqladi
Fransiya hukumati 2026-yilning sentyabridan boshlab 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni, shuningdek, o‘rta maktablarga mobil telefonlar bilan kirishni taqiqlashni rejalashtirmoqda.
Jazoir mustamlakachilik siyosati uchun Fransiyadan kompensatsiya undirmoqchi
Jazoir parlamenti Fransiyaning mamlakatdagi mustamlakachilik siyosatini jinoyat sifatida baholovchi qonunni bir ovozdan qabul qildi.
Jazoir Fransiyadan kechirim so‘rash va tovon to‘lashni talab qildi
Jazoir 130 yildan ortiq Fransiyaning mustamlakasi bo‘lgan.
Makronning chinni idishlarini o‘g‘irlagan xodim qo‘lga tushdi
Chinnilar ishqibozi Luvrdan, metrdotel esa Yelisey saroyidan haydaldi.
Fransiya ham muzlatilgan Rossiya aktivlaridan Ukrainaga berishga qarshi
Parijga Rossiyaning muzlatilgan suveren aktivlarini Ukraina manfaatlariga yo‘naltirish bo‘yicha bosim kuchaymoqda. Fransiya esa Ukrainani moliyalashtirish uchun mamlakatdagi xususiy banklarda muzlatilgan Rossiya aktivlaridan foydalanishga qarshi chiqmoqda.
Sobiq prezidentning uyiga o‘g‘ri tushdi
Oradan bir hafta o‘tib, politsiya o‘g‘rilarni ushladi.
O‘zbekiston va Fransiya fuqaro aviatsiyasida aloqalarni kengaytiradi
Uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
O‘zbek-Fransuz universiteti tashkil etiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev «O‘zbek-Fransuz universitetini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.
Nikolya Sarkozi qamoqda o‘tgan 20 kuni haqida kitob yozdi
Juda ko‘p narsalarni eshitish mumkin bo‘lgan La-Santa qamoqxonasida sukunat nimaligini unutdim.
Makron Ukraina urushi qachon tugashi ehtimolini aytdi
Matbuot anjumanidan oldin prezidentlar Kiyevning Fransiya harbiy texnikasini sotib olish niyati bo‘yicha memorandumni imzoladilar.
Qatl yoqasidagi masxaraboz
Bu harakat qirolni qattiq g‘azablantiradi. U asabiy holda Tribuleni qatl etish bilan tahdid qiladi.
Makron qamoqqa hukm etilgan sobiq prezident bilan uchrashdi. Nega?
Nikolya Sarkozi 2007-yildan 2012-yilgacha Fransiya prezidenti lavozimida ishlagan. Unga qarshi tergov 2013-yilda boshlangan.
Fransiya shaxsiy yozishmalarni kuzatishni qonuniylashtirmoqchi — Durov
Yangi qonun bu safar Germaniyaning qat’iy qarshi pozitsiyasi tufayli qabul qilinmadi.
Fransiyada ikki yilda besh marta bosh vazir almashdi
Sebastyan Lekornyu bir oy ham ishlamasdan iste’foga chiqdi.
Durov: Fransiya Moldovaga Telegram-kanallarni senzura qilishda yordam berishni so‘radi
Telegramga bo‘lgan har qanday bosim o‘tkazish urinishini oshkor qilishda davom etaman – Durov.
Fransiya sobiq prezidenti besh yillik qamoqqa hukm etildi
Nikolya Sarkozi Liviya diktatori Kaddafiydan mablag‘ olishda ayblandi.
Fransiya Falastinni rasman tan oldi
Bir kun oldin Avstraliya, Buyuk Britaniya, Kanada, Lyuksemburg va Portugaliya Falastin davlatini rasman tan olgandi.
Yangi bosh vazir sobiq mansabdorlarning «umrbod» imtiyozlarini bekor qildi
Hukumatning sobiq a’zolari xizmat avtomobili va haydovchi olish, shuningdek, vakolatlari tugaganidan keyin 10 yil muddatga, lekin 67 yoshiga qadar shaxsiy kotib yollash huquqiga ega.
Fransiyada ommaviy noroziliklar: yuzlab odamlar ushlanmoqda
Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, aksiyada mamlakat bo‘ylab 175 ming ishtirokchi ko‘chaga chiqqan.
Fransiya parlamenti bosh vazirni iste’foga chiqardi
Tejamkorlik tarafdori edi.
Fransiya sudi Bashar Asadni hibsga olishga order berdi
Fransiya sudi Suriyaning sobiq prezidenti Bashar al-Asadni hibsga olishga order berdi.
Fransiya hukumati O‘zbekistonga yangi elchisini jo‘natdi
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 14 avgust kuni Fransiyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Oreliya Bushez O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayotgani munosabati bilan Prezident Mirziyoyev qabulida bo‘lgan va Elchi xonimga «mamlakatlar o‘rtasida do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi» uchun «Do‘stlik» ordeni topshirilgan edi.
Fransiyaning O‘zbekistonda missiyasini yakunlayotgan elchisiga «Do‘stlik» ordeni berildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 14-avgust kuni mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Fransiyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Oreliya Bushezni qabul qildi.
Fransiyaning qarzi har soniyada 5 ming yevroga ko‘paymoqda
Mamlakatning davlat qarzi 3,4 trillion yevroga yetgan.
O‘zbekiston va Fransiya: diplomatik pasport egalari qisqa muddatli viza talablaridan o‘zaro ozod etiladi
Joriy yil 30 iyuldagi «Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida»gi Prezident qaroriga ko‘ra, 2025 yil 12 mart kuni Parij shahrida imzolangan ayrim xalqaro shartnomalar tasdiqlandi.
Haker Fransiyaning yadroviy sirlarini o‘g‘irladi
Naval Group mudofaa kemasozlik kompaniyasi ichki ma’lumotlari kiberbuzg‘unchi qo‘liga o‘tgan.
Isroil va AQSh Falastinni tan olish haqidagi qarorga qarshi chiqdi
Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahu Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Falastin davlatini tan olish haqidagi qarorini qoraladi.
Fransiya sentyabrda Falastin Davlatini rasman tan oladi
«Hozir muhimi — G‘azoda darhol urushni to‘xtatish va oddiy aholiga yordam ko‘rsatishdir», — dedi Makron.
Jahon xaritasida yangi davlat paydo bo‘lmoqda
Bugun raqobatchi siyosiy harakatlar yangi davlat yaratilishini e’lon qilishdi.
Fransiya va Buyuk Britaniya yadro quroli bo‘yicha kelishuvga erishdi
Bir kun avval Britaniya hukumati o‘zining rasmiy saytida shartnoma imzolanishi haqida xabar bergan edi.
Yevropada g‘ayritabiiy jazirama tufayli to‘rt kishi halok bo‘ldi
Issiqlik tufayli Italiyaning 18 shahrida eng yuqori xavf darajasi e’lon qilindi va Fransiyada harorat +39 darajaga ko‘tarildi.
Fransiya kompaniyasi Shohimardonda 45 mln yevrolik turistik markaz quradi
Uchrashuvda, jumladan, Farg‘ona tumanida joylashgan Shohimardon va Yordon qishloqlari uchun taklif etilayotgan turizm loyihalari muhokama qilindi.
Fransiyada diniy yetakchilar qarshi chiqqan qonun qabul qilindi
Fransiya parlamentining quyi palatasi – Milliy Assambleya evtanaziya haqidagi qonunni qabul qildi.
Fransiya Falastinni rasman tan olishga yaqin — Axios
Iyunda Fransiya-Saudiya Arabistoni anjumani o‘tkaziladi.
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilni sanksiyalar qo‘llash bilan ogohlantirdi
Buyuk Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga G‘azodagi harbiy harakatlarni to‘xtatmas ekan, unga nisbatan sanksiyalar joriy etilishi mumkinligini ma’lum qildi.
Emmanuel Makron: Vaziyat chidab bo‘lmas darajada...
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron G‘azo sektorida gumanitar inqiroz chidab bo‘lmas darajaga yetgani haqida bayonot berdi.
Fransiya, Germaniya, Britaniya va Polsha rahbarlari Kiyev sari yo‘l oldi
10-may kuni Ukraina poytaxti Kiyevda muhim siyosiy uchrashuv kutilmoqda — mamlakatning to‘rt yirik ittifoqchisi: Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Germaniya Bundestagi vakili Fridrix Mers, Britaniya Leyboristlar partiyasi yetakchisi Kir Starmer hamda Polsha Bosh vaziri Donald Tusk Kiyevga tashrif buyuradi.
Dunyodagi birinchi akne vaksinasi yaratildi
Fransiya farmatsevtika kompaniyasi dunyodagi birinchi akne vaksinasini yaratdi. Olimlar 11 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan odamlarning taxminan 95 foiziga ta’sir qiladigan akne kasalligini davolash uchun vaksinani sinovdan o‘tkazishni boshladilar.
Fransiya va Jazoir munosabatlarida keskinlik
Fransiyada Jazoirlik siyosiy shaxsning o‘g‘irlanishi ortidan ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik bosim keskin kuchaydi.
Turizm qo‘mitasida xalqaro tog‘-chang‘i kurortlarini barpo etish bo‘yicha jahon tajribasi muhokama qilindi
Turizm qo‘mitasida tog‘-chang‘i kurortlarini yaratish bo‘yicha xalqaro tajribaga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. Unda yetakchi mutaxassislar, davlat va xususiy sektor vakillari, shuningdek, turizm sohasi ekspertlari ishtirok etdilar.
Fransiyadan Isroilga «sovg‘a»
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron rasmiy Parij yaqin muddatda Falastinni davlat sifatida tan olishini ma’lum qildi. Bu masalaga u Misrga ikki kunlik tashrifidan keyin France 5 telekanaliga bergan intervyusida to‘xtalgan.
Mana, xorijda zo‘ravonlikka uchraganlarni qanday himoya qiladilar, bizda-chi?! (Hamyurtimiz hikoyasi)
O‘zini ijtimoiy davlat deb e’lon qilgan jamiyatlarda ayollar va bolalarni himoya qilish tizimi aslida qanday ishlashi keraklini Fransiya tajribasida ko‘rish mumkin.
O‘zbekiston kichik AESlar qurilishiga Fransiya kompaniyalarini jalb etmoqchi
O‘zbekiston Jizzax viloyatidagi kichik quvvatli atom elektr stansiyasi qurilishi loyihasiga Fransiya kompaniyalarini jalb etmoqchi.
Oq uy: Fransiya AQShga rahmat aytsin!..
Yevropa parlamenti deputatini “quyi darajadagi ismsiz fransuz siyosatchisi” deya atayin yerga urgan Oq uy matbuot kotibi o‘z bayonoti bilan Ikkinchi jahon urushi davrida AQSh Fransiyaga ko‘mak ko‘rsatganiga shama qilgan.
Fransuz deputati AQShdan «Ozodlik haykali»ni qaytarib berishni so‘rayapti
Deputat Rafael Glyuksmann AQShning hozirgi siyosati hamda Donald Tramp ma’muriyatining qarorlari mamlakatning ozodlik qadriyatlariga sodiq emasligini ko‘rsatayotgani uchun ham Fransiya haykalni ortga qaytarishi kerakligini ta’kidlaydi.
Fransiyaning Orano kompaniyasi Janubiy Jongeldi uran konini o‘zlashtiradi
Fransiyaning Parij shahrida Orano Mining (Fransiya), ITOCHU Corporation (Yaponiya) va «Navoiyuran» davlat korxonasi (O‘zbekiston) o‘rtasida bitim imzolandi.
O‘zbekiston – Fransiya yillik tashqi savdo aylanmasi 1,1 mlrd dollarga yetdi
Ko‘rsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan 135,9 million AQSh dollariga yoki 13,6 foizga o‘sgan.
Prezidentning Fransiyaga tashrifi yakunlandi
Sammit yakunida Strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiya, shuningdek, hamkorlikning turli yo‘nalishlari bo‘yicha bitimlarning salmoqli to‘plami qabul qilindi.
Prezident Mirziyoyev Fransiya Milliy majlisi Raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi
Ikki davlat o‘rtasidagi parlamentlararo almashinuvni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Gyugoning o‘zbek tiliga o‘girilgan romani Fransiya prezidentiga sovg‘a qilindi
Ushbu kitob ommaviy nashrdan chiqishi va tez orada kitobxonlar e’tiboriga havola etilishi kutilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev Fransiyaning oliy mukofoti bilan taqdirlandi
O‘zbekiston Prezidenti ikki mamlakat hamkorligini rivojlantirish, xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun ushbu ordenga sazovor bo‘ldi.
Yelisey saroyida O‘zbekiston prezidenti sharafiga qabul marosimi o‘tkazildi (foto)
Tomonlar xalqlarimiz farovonligi yo‘lida O‘zbekiston-Fransiya hamkorligini yanada mustahkamlashga qat’iy intilishlarini bildirdilar.
O‘zbekiston va Fransiya strategik sheriklik bo‘yicha deklaratsiyani imzoladi
Tomonlar bundan tashqari o‘ndan oshiq kelishuvlarga erishdilar.
Shavkat Mirziyoyev Parijda rasmiy kutib olindi (foto)
Maydonda oliy martabali mehmon sharafiga Fransiya Respublika gvardiyasi, quruqlik qo‘shinlari, harbiy-dengiz va harbiy-havo kuchlari xizmatchilaridan iborat faxriy qorovul saf tortdi.
O‘zbekiston prezidenti Parijda kutib olindi (foto)
Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga davlat tashrifi boshlandi.
Yevropadagi ishonchli hamkor: O‘zbekiston va Fransiya munosabatlari yangi bosqichda
Bir tomonda — asrlar davomida Sharq sivilizatsiyasining beshigi bo‘lgan O‘zbekiston, ikkinchi tomonda — san’at, siyosat va iqtisodiy taraqqiyot markazi bo‘lgan Fransiya. Ikki davlatning o‘zaro iliq munosabatlarida yangi sahifa ochilishi kutilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Fransiyaga jo‘nab ketdi
Tashrif dasturiga muvofiq Parij shahridagi Yelisey saroyida oliy darajadagi muzokaralar, shuningdek, Fransiya rasmiylari va yetakchi kompaniyalari vakillari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Parijda «O‘zbekiston – Fransiya» turistik forumi tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Fransiya Respublikasiga davlat tashrifi arafasida 2025 yil 10 mart kuni Turizm qo‘mitasi tomonidan Parij shahrida joylashgan «Intersontinental» mehmonxonasida O‘zbekiston-Fransiya turizm forumi va uni doirasida «O‘zbekiston - Ipak yo‘lining durdonasi» taqdimoti tashkil etildi.
«Mona Liza»ga Luvrda alohida zal ajratiladi
Kuniga Luvr muzeyiga 30 ming kishi tashrif buyuradi, ularning taxminan 80 foizi aynan «Mona Liza» uchun kelishadi.
Fransiyada ikki poyezd to‘qnashdi
Avariya oqibatida 20 ga yaqin odam jarohatlangan.
Abduqodir Husanov Fransiya chempionati 1-davrasi ramziy jamoasiga kiritildi
Eng yaxshi himoyachilar to‘rtligida Husanovdan boshqalar faqat «PSJ» futbolchilari: Ashraf Hakimi, Villian Pacho va Nunu Mendesh.
«Shido» bo‘roni qurbonlari soni 20 nafardan oshdi
Tabiiy ofat oqibatida shifoxonaga tushganlarning 21 nafari olamdan o‘tgan, 45 nafar bemor jonlantirish bo‘limida.
Fransiyada yangi bosh vazir tayinlandi
Bu so‘nggi 3-4 oy ichidagi uchinchi bosh vazirdir.
Fransiya hukumati iste’foga chiqadi
Parlament bosh vazir Mishel Barne boshchiligidagi hukumatga ishonchsizlik to‘g‘risidagi rezolyusiyani qabul qildi.
Fransiya 80 yil avvalgi jinoyatni tan oldi
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron fransuz harbiylari tomonidan 1944 yilda amalga oshirilgan qatliomni rasman tan oldi.
Mbappe Fransiya termasida o‘ynashni istamayapti: sabab ma’lum
Manbaning ta’kidlashicha, futbolchining bosh murabbiy Dide Desham bilan munosabatlari keskin yomonlashgan. Qayd etilishicha, Mbappe terma jamoani hozirgi murabbiy boshqarayotgan bir paytda o‘ynashi dargumon.
Mbappe Fransiya terma jamoasiga chaqirilmadi
Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe Millatlar ligasi guruh bosqichining navbatdagi o‘yinlari uchun Fransiya terma jamoasiga chaqirilmadi.
Makronning reytingi tarixiy eng past darajaga yaqinlashdi
Maqola mualliflarining qayd etishicha, Makronning reytingi bor-yo‘g‘i bir oy ichida uch foizga tushib ketgan.
Pavel Durov qayerda va qanday sharoitda yashamoqda?
«Sud nazorati doirasida bir necha oy Fransiyada qolishga majbur bo‘lgan Pavel Durov hashamatli Crillion mehmonxonasidan joy topdi», deb yozadi gazeta.
O‘zbekiston elchisi Makronga ishonch yorliqlarini topshirdi
Nodir G‘aniyev 53 yoshda. Toshkent davlat sharqshunoslik universitetini tamomlagan. 1994 yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Britaniya va Fransiya harbiy hamkorlikni kuchaytiradi — Politico
2010-yilda London va Parij o‘rtasida imzolangan mudofaa shartnomasi — Lankaster kelishuvi qayta ko‘rib chiqiladi.
Fransiya Afrikaga qo‘shin tashlashga shaylanmoqda — WSJ
Mali, Burkina-Faso va Niger rasmiylari «fransuz harbiylariga chiqish eshiklarini ko‘rsatganidan so‘ng» Fransiya mintaqadagi «harbiy pozitsiyasi»ni qayta ko‘rib chiqmoqda.
Pavel Durov Parijda hibsga olinishi bo‘yicha o‘z munosabatini bildirdi
Messenjer egasi o‘zining rasmiy kanalida ilk marta Fransiyada hibsga olingani yuzasidan rasmiy munosabatini bildirdi.
Rejadagidan 4 karra qimmat — Fransiyada so‘nggi 25 yilda birinchi yangi atom reaktori ishga tushirildi
Reaktor 2012-yilda ishga tushishi kerak edi, biroq texnik muammolar ishga tushirish muddatini tinmay ortga suraverdi.
Pavel Durov fransuz kontrrazvedkasi bilan hamkorlik qilgan — Libération
Bu haqda Libération gazetasi o‘z manbalariga asoslanib xabar berdi.
Durov ustidan sud bir necha yilga cho‘zilib ketishi mumkin
Advokatning qo‘shimcha qilishicha, Fransiyada sud nazorati internet va telefondan foydalanishni cheklashni anglatmaydi, Durov faoliyatini davom ettirishi mumkin.
Fransiya Pavel Durovning akasi Nikolayni qidiruvga berdi
1980 yilda tug‘ilgan Nikolay Durov ukasi Pavel bilan VKontakte va Telegram kabi yirik loyihalarda ishlagan.
Durovning hibsga olinishi: Amirliklar Fransiyaga talab qo‘ydi
Pavel Durov Fransiyadan tashqari, Birlashgan Arab Amirliklari fuqarosi hamdir.
Fransiya IIV rahbariga vabo virusi joylangan xat jo‘natildi
Xatjildning ichidan qora kukun chiqdi.
O‘zbekistonning Fransiyadagi yangi elchisi tayinlandi
Nodir G‘aniyev O‘zbekistonning Fransiyadagi elchisi etib tayinlandi.
Makron Fransiya bosh vazirining iste’fosini qabul qildi
Ammo Attal va uning kabineti hech bo‘lmaganda Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlari davomida, hukumatning yangi rahbari tayinlanmaguncha o‘z o‘rnida qoladi.
Bastiliya: endi bu yerda hamma raqsga tushadi
Afsonaviy Bastiliya. Bu so‘zni eshitmagan odam bo‘lmasa kerak. Ko‘pchilik Bastiliya qamoqxonasini Aleksandr Dyumaning romanlari orqali yaxshi biladi. Qal’a 1382-yilda qurilgan bo‘lib, asosiy maqsadi poytaxtga qilinadigan hujumlarning oldini olish edi.
Yevro-2024. Ispaniya Fransiyani yengib, finalga yo‘l oldi
O‘yindan o‘yinga kuchayib borayotgan ispanlar fransuzlarni 2:1 hisobida mag‘lub etishdi.
Fransiyadagi parlament saylovida so‘llar ittifoqi g‘alaba qozondi
«Yangi xalq fronti» Fransiya Milliy assambleyasida 182 o‘ringa ega bo‘ldi.
Yevro-2024 markaziy o‘yinida Fransiya muvaffaqiyat qozondi
Chorak finalda Fransiya Portugaliya – Sloveniya o‘yini g‘olibi bilan to‘qnash keladi.
Ayol 20 yil hech qanday ish qilmasdan maosh olgani uchun kompaniyani sudga berdi
Fransiyalik Lorens ismli ayol France Telecom kompaniyasiga ishga kirdi, keyinchalik u «Orange» kompaniyasiga o‘tdi.
Fransiyada 18 yashar shaxs teraktda gumonlanib qo‘lga olindi
Politsiya hibsga olingan shaxsning ismini oshkor qilmayapti. Aytilishicha, gumonlanuvchi Chechenistonda tug‘ilgan.
Yevropadagi eng xavfli mamlakat aniqlandi
«Adolat instituti» markazi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda jinoyat indeksi — 55 foizdan yuqori.
Fransiya Yangi Kaledoniyaga qo‘shin kiritdi
O‘tgan oqshom Numeada tartibsizliklar davom etdi. Ayrim tumanlarda vaziyat keskinligicha qolmoqda.
Fransuzlar Olimpiada-2024 o‘yinlarida ehtimoliy teraktlardan xavfsirayapti
Bu haqda razvedka manbasi Europe 1 nashriga ma’lum qilgan.
Fransiyadagi atom elektr stansiyasida yong‘in sodir bo‘ldi. Ikkita reaktor o‘chirilgan
Fransiyaning markaziy qismidagi atom elektr stansiyasida uchta reaktordan ikkitasi «yadro zonasi tashqarisidagi» yong‘in tufayli to‘xtatildi. Kelib chiqqan yong‘in o‘chirildi.
DXX Fransiya, AQSh va Kanadaga odam jo‘natmoqchi bo‘lganlarni qo‘lga oldi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Gabriel Attal Fransiyaning yangi bosh vaziri bo‘ldi
34 yoshli Attal shu paytgacha ta’lim vaziri edi.
Fransiyada o‘qiyotgan o‘zbek qizi 40 ming yevro grant oldi
22 yoshli Sarvinabonu Ahrorova Fransiyadagi nufuzli oliy o‘quv yurtining magistratura bosqichida tahsil oladi.
Fransuzlar Yangi yilda yuzlab mashinalarga o‘t qo‘ydilar
To‘polonlarni bostirish chog‘ida 40 ga yaqin huquq-tartibot idoralari xodimi yaralangan.
Mashhur aktyor jinsiy zo‘ravonlikda ayblanmoqda
Bu aktyor bilan bog‘liq bu yilgi birinchi janjal emas.

