Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxorodagi noqonuniy qurilishlar: prokuror axborot berdi (video)

11/02, 15:48

Muloqot davomida Buxoroda, ayniqsa, Buxoro shahrida qurilish sohasiga oid dolzarb va og‘riqli muammolar ko‘p kuzatilayotgani, bu borada yechimini kutayotgan masalalar talay ekani yuzasidan bahs-munozaralar kuchaydi.

Bola o‘g‘irlikka qo‘l urdi. Nega?

09/02, 10:25

Nodir buvisining erkasi bo‘lib, uning pensiya pullarini bemalol ishlatib yurgan, keyin «ehtiyojlari» ortgan. Va begona cho‘ntakka qo‘l solib, pul o‘g‘rilagan.

Ishqiy tanishuv 700 dollarlik «shantaj» bilan yakunlandi

04/02, 15:00

Achinarlisi, bunday jinoyatlar kunma-kun emas, soatma-soat ko‘payib bormoqda.

Chegara buzuvchisi jinoyat ustida qo‘lga olindi

02/02, 09:38

DXX Chegara qo‘shinlari hamda Ichki ishlar organlari hamkorligida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi qaratilgan tezkor tadbir o‘tkazildi.

O‘tgan yili qariyb 19 ming kishi ozodlikdan mahrum qilingan

31/01, 12:45

Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati ma’lum qildi.

Joylarda pul uchun yashirin janglar tashkil qilish holatlari ko‘paygan – Prezident

27/01, 16:03

Bugungi yig‘ilishda so‘nggi paytlarda jinoiy guruhlar oldi-berdi munosabatlarga, biznes faoliyatga aralashib, tadbirkorlar va investorlarga tahdid solayotgani qayd etildi.

Mirzo Ulug‘bek tumani bosh soliqchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

27/01, 13:56

Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, Toshkent shahrida yashirin va kuzatilmaydigan iqtisodiyot 60 trillion so‘mga yetgan, bu budjet yiliga 7,5 trillion so‘mni yo‘qotyapti degani.

Namanganda sobiq imom-xatib hibsga olindi: u qator moliyaviy jinoyatlarda gumonlanyapti

26/01, 17:33

Ayrim manbalar jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan viloyati Pop tuman sudi sobiq imom-xatib Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li Ismoilovning hibsga olingani haqida yozmoqda.

Farg‘onada mansabdor 50 ming dollar bilan qo‘lga tushdi

24/01, 08:41

Farg‘ona viloyatining Bog‘dod tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan 42 yoshli shaxs mahalliy tadbirkorga ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun yer maydoni olishida o‘zining mansabdor tanishlari orqali yordam berishini aytadi.

Xorazmda uch nafar ko‘chabezorisi qo‘lga olindi

23/01, 12:27

Xorazm viloyati IIB tezkor-qidiruv xizmati hamda DXX viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda Xorazm viloyati hududida yashirin va uyushgan jinoyatchilikka moyil, o‘z atrofida qonunsiz, «ko‘cha» muhitini shakllantirib, fuqarolarni qo‘rqitish va zo‘ravonlik orqali nazoratda ushlashga urinib kelgan bir guruh shaxslar qo‘lga olindi.

“Baxti Tashkentskiy”ning o‘g‘li: “O‘sha paytda xomxayollar bilan yashaganman”

22/01, 13:29

Jinoyat olamida “Baxti Tashkentskiy” nomi bilan tanilgan Qudratullayev Baxtiyor Zafarovich 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Toshkent va Farg‘onada nashafurushlar qo‘lga tushdi

21/01, 15:03

So‘ngra tezkor tadbir davom ettirilib, u ustachilik qilayotgan Toshkent viloyatining Toshkent tumanidagi yangi qurilayotgan hovli uy ko‘zdan kechirilganda, bu yerdan jami 1 kg 700 gr «gashish» va 500 gr «mefedron» ashyoviy dalil sifatida olindi.

Toshkent viloyatidagi uylardan qimmatbaho metall va narkotiklar topildi

18/01, 08:27

Hozirda ashyoviy dalillar ekspertizaga yuborilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqda giyohvandlik vositasini sotganlar qo‘lga tushdi

14/01, 15:10

Xorazm viloyatida internet ijtimoiy tarmoqlari orqali giyohvandlik vositalarini sotish holati aniqlandi.

Nukusda narkosavdogarlar qo‘lga tushdi

10/01, 15:35

Aniqlanishicha, u ajal og‘usini o‘zining 1981-yilda tug‘ilgan, muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan tanishidan olgan bo‘lib, Xo‘jayli tumanida davom ettirilgan tezkor tadbirda mazkur shaxs 20 g «opiy»ni 8 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlandi.

Samarqandda payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v)ni haqoratlagan shaxs qamaldi

10/01, 12:34

Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruvlar davomida shaxsning harakatlariga qonuniy baho berilib, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 184-³-moddasi asosida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, qonuniy qaror qabul qilish uchun sud organlariga yuborilgan.

Samarqandda to‘rt oylik kelin chaqalog‘ini chiqindi qutisiga tashlab ketgan

10/01, 10:27

Ma’lum qilinishicha, tibbiyot birlashmasiga qaynonasi bilan kelgan ayol tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bosh tortib, qabziyatdan shikoyat qilgan va klizma so‘rab murojaat qilgan. Shifokor tomonidan tekshiruv o‘tkazish hamda UTT qilish taklif etilgan, biroq bemor bunga rozi bo‘lmagan. Ayol 4 oylik kelin bo‘lgan.

Begona avtoraqamda sayr qilish 17 yoshli yigitga qimmatga tushdi

26/12, 15:19

Navoiyda otasiga tegishli bo‘lgan avtomashina davlat raqam belgisini soxtalashtirib, boshqa shaxsning jarimaga «tushishi»ga sababchi bo‘lgan o‘smirning qilmishi fosh bo‘ldi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Navoiy viloyati IIB axborot xizmati rahbari Fayoz Qosimov ma’lum qildi.

Toshkentda onlayn «narkodo‘kon» asoschilari qo‘lga olindi

25/12, 17:05

Toshkent shahrida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy savdosi bilan shug‘ullangan Telegram-bot faoliyatiga chek qo‘yildi.

Ukrainalik ayol Qozog‘istonga ekstraditsiya qilindi — undan o‘zbekistonliklar ham jabrlangan

24/12, 12:42

U 2017-2018-yillarda inson a’zolari oldi-sotdisi bilan shug‘ullangan xalqaro uyushgan jinoiy guruh a’zosi bo‘lgan.

Tezkor xodimning qilmishi tezda fosh bo‘ldi

24/12, 10:21

Xorazm va Farg‘ona viloyatlarida qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan yerlarni boshqa maqsadlarda rasmiylashtirib berishga va’da bergan shaxslar jinoyat ustida qo‘lga olindi.

O‘zbekistonda joriy yilda 288 ta qotillik jinoyati sodir etilgan

23/12, 17:00

Bugun, 23-dekabr kuni IIVda yil sarhisobi va ustuvor vazifalarga doir matbuot anjumani tashkil etildi.

Yanvar-sentyabr oylarida talabalar tomonidan besh yuzga yaqin jinoyat sodir etilgan

20/12, 14:30

Joriy yilning 9 oyi davomida talabalar tomonidan 487 ta jinoyat sodir etilgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 105 taga yoki 13 foizga kam.

Tojikistondan olib o‘tilgan 100 kilodan ortiq narkotik moddalar aniqlandi

20/12, 09:15

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, 1996-yilda tug‘ilgan qonunbuzarning ko‘rsatmasi asosida, muqaddam dala maydoniga yashirib qo‘yilgan 1 kg 953 gr «metamfetamin» sintetik narkotik moddasi ham olindi.

Haydovchilik guvohnomalarini soxtalashtirish bilan bog‘liq jinoiy qilmishlar fosh etildi

19/12, 12:53

DXM mutaxassisi jinoiy sheriklari bilan 2025 yil davomida muqaddam haydovchilik guvohnomasi olmagan 72 nafar fuqarodan olingan 616 mln so‘m pora evaziga ularga soxta haydovchilik guvohnomalarini rasmiylashtirib bergan.

Farg‘onada kadastr xodimi jinoyat ustida qo‘lga olindi

06/12, 11:35

Kadastr agentligining Farg‘ona viloyati Rishton tumani bo‘limi bosh inspektori  korrupsion xatti-harakatiga chek qo‘yildi. 

«O‘qib ko‘ring, qo‘rqinchli narsa-ku bu!» — taniqli iqtisodchi muhim masalaga e’tibor qaratdi

01/12, 10:07

AQShda faoliyat yuritayotgan taniqli iqtisodchi, professor Botir Qobilov jamiyatda jinsiy zo‘ravonlikning bir turi — shilqimlik uchun jazoni kuchaytirishni taklif qildi. 

Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodidan chaqaloq jasadi topildi

29/11, 14:59

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida chaqaloq jasadi topilganligi haqidagi xabarlar tarqalgandi. Holat yuzasidan viloyat IIB rasmiy axborot berdi.

Farg‘ona vodiysida narkotik moddalar aylanmasiga chek qo‘yildi

29/11, 09:04

Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar va Bojxona organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Marg‘ilon shahrida yashovchi, 1996-yilda tug‘ilgan fuqaroning «Matiz» rusumli avtotransport vositasi tegishli tartibda tekshirildi.

Saida Mirziyoyeva giyohvandlikka qarshi keskin kurash e’lon qildi

28/11, 20:01

Qat’iy va doimiy nazoratni talab qiladigan muhim masala - giyohvand moddalar savdosi va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish ekani ma’lum qilindi.

Samarqandda 60 yoshli fuqaro qariyb 1 kilo «opiy» bilan qo‘lga tushdi

22/11, 09:55

Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat bojxona hamda ichki ishlar boshqarmalari bilan hamkorlikda Urgut tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda katta miqdordagi giyohvandlik vositasining savdosiga chek qo‘yildi.

Surxondaryoda hokim o‘rinbosari firibgarlik va pora berishga uringanlikda ayblanib qamaldi

21/11, 10:48

Joriy yil 17-noyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Sariosiyo tuman sudida Sariosiyo tuman hokimi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan 40 yoshli A.Q.ga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Toshkent viloyati hokimligi xodimi jinoyat ustida qo‘lga tushdi

15/11, 15:45

Toshkent viloyatida «Yagona buyurtmachi xizmati» DM bosh yuriskonsultiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Sirdaryo va Andijonda soliqchilar jinoyat ustida qo‘lga olindi

15/11, 11:10

Taqdim etilgan xujjatlar asosda, bunday holatlar uchun aslida qonunchilikda ma’muriy javobgarlik belgilangan bo‘lsa-da, o‘zining beminnat yordamini taklif etgan Soliq boshqarmasi sho‘’ba boshlig‘i, bosh inspektor bilan kelishgan holda ushbu qarzdorlikni 90 mln so‘mgacha kamaytirib berishni va’da qiladi.

Yil boshidan buyon Sirdaryoda 3 nafar IIB xodimi jinoyatga qo‘l urgan

15/11, 09:15

Ichki ishlar vazirligi tizimini mansab vakolatidan foydalanib, korrupsiya omillariga yo‘l qo‘yayotgan nopok xodimlardan tozalash maqsadida doimiy ravishda nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Qashqadaryoda fuqaroning uyidan qariyb 21 kilo «nasha» topildi

13/11, 17:02

Davlat xavfsizlik xizmatining Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda Chiroqchi tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Kiberfiribgarlikda gumonlanayotgan shaxs Turkiyadan tutib keltirildi

07/11, 15:17

Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan kompleks tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ilgari bir qator kiberfiribgarlik jinoyatlarini sodir etib, 10 nafardan ortiq vatandoshlar mablag‘larini o‘zlashtirib ketganlikda ayblanib qidiruvda bo‘lgan 20 yoshli Umid.Z. O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.

Avtomashina olib qochib, IIO xodimini pichoqlagan ikki yigitga hukm o‘qildi

06/11, 15:27

Mazkur shaxslarning qilmishiga doir jinoiy ish JB Bo‘ka tumani sudida ko‘rib chiqildi.

Sirdaryoda firibgar advokat qo‘lga tushdi

29/10, 11:09

Davlat xavfsizlik xizmati va Prokuratura organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda advokat 4500 AQSh dollari va 6 mln so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

10 ming «ko‘k»i bilan qo‘lga tushgan hokimning qo‘yib yuborilgani rad etildi

28/10, 12:29

Idora matbuot xizmatiga ko‘ra, sobiq hokim ayni paytda Jinoyat kodeksining 167, 205, 206, 209, 210 va 229-4-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Toshkentda QQS bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi

28/10, 10:32

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda QQS bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi.

DXX uchta hududda narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi

25/10, 15:35

Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish borasida Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan boshqa huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda samarali ishlar olib borilmoqda.

Samarqandda 7 kishi halok bo‘lgan «»gaz portlashi ishi» ortidan 4 kishi qamaldi

18/10, 14:36

Portlash sodir bo‘lgunga qadar xonadon egalari gaz hididan bezovta bo‘lib, gaz idorasiga 11 marotaba murojaat qilgan. Biroq tashkilot mas’ullari bunga e’tiborsiz qarashgan.

Latviyada 5 million yevroga teng onlayn-firibgarlik fosh etildi

18/10, 09:45

Yevropa huquqni muhofaza qiluvchi organlari Latviyada yirik raqamli firibgarlik to‘dasini qo‘lga oldi. Bu guruh minglab odamlarni aldab, kamida 5 million yevroga teng zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi.

Namanganda «xorijga ishga yuboruvchi» firibgarlar ushlandi

16/10, 13:58

Namangan shahrida xorijiy davlatlarga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi.

Toshkentda xizmat xonadonida narkolaboratoriya tashkil etgan IIB xodimi qo‘lga tushdi

14/10, 09:07

Davlat xavfsizlik xizmati va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari hamkorligida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida Toshkent shahrida tezkor-qidiruv tadbiri o‘tkazildi.

Samarqandda Agroinspeksiya xodimi qo‘lga olindi

13/10, 13:53

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Samarqand viloyati boshqarmasining yetakchi mutaxassisi tezkor tadbirda qo‘lga olindi.

8 yildan buyon faoliyat yuritib kelgan yirik narkodo‘kon fosh qilindi

11/10, 15:50

Joriy yilning avgust-sentyabr oylarida bojxona organlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan ko‘p bosqichli tezkor tadbirlar natijasida 2017-yildan buyon O‘zbekistonda faoliyat yuritib kelayotgan, 4 ming nafar faol obunachisi bo‘lgan «Deadpool» nomli Markaziy Osiyodagi yirik telegram narkodo‘konning yirik tarqatuvchilari qo‘lga olindi.

Ota o‘z farzandining qotiliga aylandi

02/10, 12:16

Uch yoshli bolakay quvonchdan qo‘llarini otasiga cho‘zib, unga qarab: «Dada» deb yugurdi. Ota esa ko‘zlari porlab turgan o‘g‘lini dast ko‘tardi-da, hovlisining orqa tarafidan oqib o‘tuvchi ariqqa otib yubordi.

Samarqandda sayyohlik firmasi rahbari noqonuniy faoliyat ustida qo‘lga tushdi

27/09, 17:03

Meksika orqali noqonuniy ravishda AQShga yuborish evaziga 96 ming dollar so‘ragan.

Prokuror, sudya yordamchisi va advokat firibgarlik jinoyati ustida ushlandi

13/09, 09:21

Surxondaryo viloyat prokuraturasining bo‘lim prokurori xizmat mavqeidan foydalangan holda, Denov tumani Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limi yurituvidagi 1999-yilda tug‘ilgan fuqaroga nisbatan to‘plangan tergovga qadar tekshiruv materiallarida jinoyat alomatlari mavjud bo‘lsada, lekin, jinoyat ishi qo‘zg‘atmaslik to‘g‘risida mazkur tuman IIBga ko‘rsatma berishini aytib, evaziga 2000 AQSh dollari talab qiladi.

Yil boshidan buyon 300 nafardan ortiq talaba jinoyatga qo‘l urgan

05/09, 15:06

Senatning 10-yalpi majlisida bu haqdagi masala ko‘tarildi va talabalar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish yuzasidan oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri K.Sharipovga parlament so‘rovi yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Ekvadorda yoqilg‘i tankerlaridan ikki tonna kokain topildi

30/08, 13:37

Joriy yil 28 avgustda ikkita yoqilg‘i tankeri Kolumbiyadan benzin yetkazib berish uchun Ekvador chegarasini kesib o‘tdi. Ammo kutilmaganda politsiya yukni tekshirishga qaror qildi va haydovchilar yoqilg‘i o‘rniga 2,3 tonna kokain olib ketayotgani ma’lum bo‘ldi.

Buxoroda fuqaroni pichoqlab o‘ldirgan ko‘zi ojiz ayolga sud hukmi o‘qildi

28/08, 14:49

Sudda ishtirok etgan marhumning o‘g‘li R.M. esa otasi doimiy ravishda spirtli ichimliklar iste’mol qilib kelishi, aybdorga nisbatan da’vosi yo‘qligini va unga nisbatan qonuniy yengillik so‘rab, ko‘rsatuv bergan.

Andijondagi «samosud»chilarga hukm o‘qildi

28/08, 12:29

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Asaka tumanida bir guruh shaxslar janjallashgani va ikki nafar yigitning qattiq kaltaklangani aks etgan video tasvirlar tarqaldi.

Toshkentda 4 mln dollarga yer sotishni mo‘ljallagan ikki firibgar ushlandi

22/08, 16:20

Toshkent shahrida qurilish ob’yektlarini loyihalash bilan shug‘ullanuvchi MChJning ofis menejeri hamda maklerlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 1990 yilda tug‘ilgan fuqaro o‘zaro til biriktirib, aldov yo‘li bilan tadbirkorning ishonchiga kirishadi.

Turkiyada 35 yoshli ayolning o‘limida ikki o‘zbekistonlik gumonlanyapti

20/08, 17:21

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi mazkur voqeaga aniqlik kiritib, jumladan, qotillikda gumonlanayotgan shaxsning O‘zbekiston fuqarosi U.S. ekani va u bu ishga rashk oqibatida qo‘l urganini ma’lum qildi. Shuningdek, jinoyatchini yashirinishda yordamlashganlikda gumon qilinayotgan, asli Jizzax viloyatidan bo‘lgan B.O. ham politsiya tomonidan ushlangan.

Sirdaryoda mashina olib qochgan va qotillikka uringan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

09/08, 13:00

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Voyaga yetmasdan o‘ta og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etganlarni sudlanmagan deb topish belgilanyapti

02/08, 15:20

Senatning 9-yalpi majlisida senatorlar tomonidan «Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoiy javobgarlik yanada liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun muhokama qilindi.

Appelyasion sud vayner Farhod Mannopovni operatsiya qilgan shifokorni oqladi

30/07, 16:46

Oliy sud matbuot xizmati mazkur jinoyat ishida otorinolaringolog A. Xisamovning Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyasiya instansiyasi hukmi bilan oqlanganligini ma’lum qildi.

Toshkent, Namangan va Qashqadaryoda poraxo‘rlar ushlandi

29/07, 08:34

Davlat xavfsizlik xizmati O‘zbekistonning turli hududlarida korrupsiyaga oid bir qator jinoyatlar fosh qilingani haqida xabar berdi.

Prezidentni haqoratlagan o‘zbekistonlik Ozarbayjondan tutib keltirildi

26/07, 12:40

Ikki davlat Bosh prokuraturalarining jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi hamkorligi doirasida Ozarbayjon tomoni O‘zbekiston so‘roviga asosan 1982 yilda tug‘ilgan A.Yu.ni Vatanga ekstraditsiya qildi.

Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi modda bor! Ozdiruvchi kofe savdosiga chek qo‘yildi

22/07, 08:18

Sibutramin kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxatiga kiritilgan.

Buxoro cho‘lida oltin koniga yer osti yo‘li qurgan 28 shaxs ushlandi (foto)

22/07, 07:36

Sahro ostidagi yashirin yo‘lning o‘zi tarkibida tilla kukuni bor minglab qum to‘la qoplardan barpo etilgan!

Xorazmda saksovulfurushlar ekologiya inspektorlarini kaltaklab ketishdi

17/07, 16:35

Joriy yil 15-iyul kuni Buxoro viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi ekologik nazorat inspeksiyasi xodimlari tomonidan Peshku tumanining «Safron» cho‘l massivida navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazildi.

Surxondaryoda sudya bilan «gaplashib», jazoni yengillatishni va’da qilgan advokat qo‘lga tushdi

15/07, 16:42

DXX va Prokuratura xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda advokat so‘ralgan pul mablag‘idan 50 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Bolalarni noodatiy tarbiyalayotgan «defektolog»ga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

15/07, 15:25

Bir muddat oldin ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini defektolog-psixolog deb tanishtiradigan D.J.ning duduqlangan bolalarni so‘kinish va qo‘rqitish usulida davolashga uringani aks etgan videolavha tarqalgan edi.

Marg‘ilonda 3 yoshli bolakayni bosib ketgan haydovchiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

14/07, 14:32

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida mahalla ichidagi yo‘lda o‘ynab o‘tirgan bolakayni mashinasida e’tiborsizlarcha bosib o‘tib ketgan ayol aks etgan videolavha tarqaldi.

OTMga noqonuniy o‘qishga kiritishni va’da qilganlar qo‘lga tushdi

12/07, 09:14

Hozirda mazkur o‘qituvchilarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

«Farhod zapchast bozori»dagi tovlamachilar qo‘lga olindi

09/07, 14:45

Toshkent shahar Uchtepa tumanining Farhod ko‘chasida joylashgan «Avtomobil ehtiyot qismlari» bozorida 12 nafar shaxsdan tashkil topgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

UzTest Buxoro filialidagi o‘g‘rilik holatini tasdiqladi

09/07, 14:04

Bir muddat oldin UzTest Buxoro viloyati hududiy filialida ayrim turdagi sinov va o‘lchash uskunalari o‘g‘rilab ketilgani haqida xabar berilgan edi. 

Toshkent viloyatida xotinini kaltaklab o‘ldirgan erkakka sud hukmi o‘qildi

04/07, 16:17

Toshkent viloyatining Oqqurg‘on tumanida turmush o‘rtog‘ining o‘limiga sabab bo‘lgan erkak sud hukmi bilan uzoq muddatga qamaldi.

Toshkentda sifatsiz dori vositalari savdosi bilan shug‘ullangan ota-bola qo‘lga olindi

18/06, 11:56

Toshkent shahri Olmazor tumanida 76 yoshli fuqaro va uning 46 yoshli o‘g‘li yashash manzilidagi xonadon yerto‘lasida umumiy qiymati 1 mlrd so‘mdan ortiqni tashkil etuvchi jami 72 nomdagi 3 615 quti dori vositalarini saqlab kelgani aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

To‘rt viloyatda noqonuniy yer sotuvchilar ushlandi

05/06, 07:28

Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Farg‘onada bank mas’ullari va hokim yordamchilari qo‘lga tushdi

02/06, 07:24

Mas’ul lavozimda o‘tirgan shaxs oldin ikki marta sudlangan.

Toshkentda ikki firma uy oldi-sotdisida 800 kishini chuv tushirgan. IIV jabrlanganlarni qidiryapti

27/05, 16:18

Bu haqda IIV matbuot kotibi Shoxruh G‘iyosov ma’lum qildi.

Qotillikka kim javob beradi: jin-ajinalar, turli ovozlar yoki nazoratsiz qoldirganlarmi?

22/05, 11:11

Shu kunlarda, bir oy ichida ikkita qotillik sodir bo‘ldi – Surxondaryoning bozorlaridan birida 3 yoshli qizaloq kuppa-kunduz notanish ayol tomonidan pichoqlandi va vafot etdi...

IIB xodimini pichoqlagan shaxsni ushlashga ko‘maklashgan fuqaro mukofotlandi

21/05, 11:02

Poytaxt IIBB matbuot xizmati voqeaning qo‘shimcha tafsilotlarini hamda jinoyatchini tutishda ishtirok etganlarning rag‘batlantirilganini ma’lum qildi.

jinoyat ishlari bo‘yicha Xonobod shahar sudi raisi qo‘lga olindi

12/05, 12:55

Bu haqda Sudyalar oliy kengashining bugungi yig‘ilishida mazkur masalaga oid taqdimnoma muhokamasida qaror qabul qilingan.

«Kashanda qotil»: AQShda 48 yil oldingi jinoyat fosh etildi

09/05, 13:22

24 yoshli Janett Ralstonning nomusi toptalib, o‘ldirib ketilgan.

2024-yilda 900 nafardan ortiq shaxs YTHlar keltirib chiqargani uchun qamalgan

25/04, 18:09

2024 yil davomida Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan 3 321 nafar shaxs sudlangan.

Buxoro IIB boshlig‘i viloyatda sodir etilgan jinoyatlarni ochiqladi

22/04, 13:05

Ikromjon Tursunovning so‘ziga ko‘ra, kiberjinoyatlarning oldini olish bo‘yicha ko‘plab ishlar bajarilayotganiga qaramay, uni aholiga yetkazishda haligacha muammolar bor.

Buxorodagi xususiy klinikada 11 yoshli bola vafot etdi. Holat tekshirilyapti

19/04, 10:51

Buxoro shahrida joylashgan xususiy klinikada tibbiy muolaja olgan 11 yoshli bola vafot etgan. Bosh prokuratura matbuot xizmati holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi.

Beshta viloyatda «yer sotuvchilar» qo‘lga olindi

18/04, 10:32

Sirdaryo, Toshkent, Xorazm, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida yer maydonlari bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi.

Surxondaryoda tergovga tortilgan shaxsning o‘limi bilan bog‘liq «ish» to‘xtatildi

03/04, 17:36

Joriy yilning 25-fevral kuni Surxondaryo viloyati Uzun tumani sudi qarori bilan 50 yoshli fuqaro Tohir Xaitov bezorilikda ayblanib, unga 6 sutkalik qamoq jazosi tayinlangan.

«Umra» safariga bormoqchi bo‘lgan 30 nafar fuqaro «chuv» tushdi

03/04, 17:12

Toshkent Xalqaro aeroportida yig‘ilgan 30 nafar fuqaro, safari amalga oshmaganidan so‘ng firibgarlarga duch kelganidan xabar topishdi.

Izboskandagi masjid portlashi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

01/04, 08:03

Bu haqda viloyat prokuraturasi ma’lum qildi.

Qibrayda xonadonda saqlab kelingan 1,1 mlrd so‘mlik tibbiyot buyumlari topildi

29/03, 11:05

Toshkent viloyati Qibray tumanidagi xonadondan 1,1 mlrd so‘mlik tibbiyot buyumlari ashyoviy dalil sifatida olindi.

Qarshida soliq bosh inspektori firibgarlikda gumonlanib qo‘lga olindi

28/03, 15:26

DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qarshi shahar Soliq inspeksiyasining soliq ma’murchiligi sho‘’basi bosh inspektori firibgarlik jinoyati ustida qo‘lga olindi.

Toshkent shahrida maktab stadionini pullashga uringan mansabdor qo‘lga olindi

27/03, 13:17

Toshkent shahar Olmazor tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari DXX, prokuratura hamda IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda firibgarlik jinoyati ustida qo‘lga tushdi.

Odam o‘limiga olib kelgan shaharsozlikka doir qonunbuzarlik uchun jinoyat ishi ochiladi

27/03, 09:54

Joriy yil 25 martda qabul qilingan O‘RQ-1050-son qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritildi.

Toshkent shahar FVB boshlig‘i o‘rinbosari qamoqqa olindi

26/03, 12:32

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari  poraxo‘rlikda gumonlanib qamoqqa olindi.

Surxondaryoda fuqaro 82 kilodan ortiq giyohvand modda bilan qo‘lga olindi

25/03, 12:15

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida yashovchi 1977-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan fuqaro DXX va ichki ishlar organlari o‘tkazgan tezkor tadbirda 82 kg. 478 gr. «opiy» giyohvandlik moddasi bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Advokatlarning noqonuniy harakatlari fosh etildi

18/03, 09:48

Toshkent shahri hamda Andijon va Buxoro viloyatlarida advokatlarning noqonuniy harakatlari fosh etildi.

Tungi klublarning birida bezorilik sodir etgan shaxs Qozog‘istonda ushlandi

18/03, 09:27

Kecha, 17-mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda bir fuqaro boshqa fuqaro tomonidan tan jarohati olib yiqilib tushganligi aks etgan video tarqalib turli muhokamalarga sabab bo‘lgan edi.

Pichoq ko‘targan erkak Olmaota aeroporti xodimasini garovga oldi

07/03, 15:18

Internetda Olmaota aeroportida pichoq bilan qurollangan erkak aeroport xodimasini garovga olgani aks etgan video paydo bo‘ldi. Voqea 7 mart kuni soat 11:45 atrofida ichki terminalda sodir bo‘lgan.

DXX 5 ta holatda yer maydonlarini noqonuniy sotish bilan bog‘liq holatlarni aniqladi

07/03, 10:03

Navoiy viloyatining Karmana tumanida yashovchi xususiy tadbirkor o‘zganing ishonchiga kirib, tuman hokimligi zaxirasida bo‘lgan 1 gektar bo‘sh yer maydonini go‘yoki o‘ziga tegishli ekanligini aytib, unga sotish va mansabdor tanishlari orqali kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 2 mlrd so‘m talab qiladi.

Milliy gvardiyaning ikki xodimi firibgarlik jinoyati ustida qo‘lga tushdi

06/03, 11:04

Korrupsiyaga qarshi kurashish doirasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida qonunbuzilish holatlari fosh etildi.

Soxta amaliyotlardagi QQSni «tuya» qilib kelgan yana bir uyushgan guruh fosh bo‘ldi

05/03, 10:22

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish yo‘nalishida olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida 17 nafar soliq idoralari xodimlari, 1 nafar bojxona organi xodimi, 1 nafar bank xodimi, 1 nafar tuman hokimining birinchi o‘rinbosari va 18 nafar tadbirkorlik sub’yektlarining mansabdor shaxslaridan iborat uyushgan jinoiy guruh faoliyati fosh etildi.

Soxta amaliyotlar ortidan QQS undirib kelgan soliqchi va uning 29 nafar jinoiy sherigi qamaldi

04/03, 12:19

Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudi 2024 yil dekabr oyining 18 kuni Soliq qo‘mitasi Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi bosh inspektori A. Sotvoldiyev va uning 29 nafar jinoiy sherigiga nisbatan hukm chiqardi.  

Qo‘qonda bank mansabdorlariga nisbatan «ish» ochildi

28/02, 11:34

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, AT «Xalq banki» Qo‘qon universal bank xizmatlari markazi mansabdor shaxslari va boshqalar oldindan til biriktirib, bir guruh bo‘lib, kompyuter texnika vositalaridan foydalanib, budjet mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

O‘tgan yili jinoyatchilik har 100 ming aholiga 200 tadan to‘g‘ri kelgan – IIV

27/02, 13:13

Senatda o‘tgan Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi majlisida Ichki ishlar vazirligi mas’ullarining 2024 yilda huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi borasida tegishli vazirlik va idoralar bilan olib borgan hamkorlikdagi ishlari yuzasidan axboroti eshitildi.

Xonanda Shahriyorning qo‘lga olingani rad etildi

26/02, 10:43

IIV axborot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu xabarni ayrim ommaviy axborot vositalari gumonlanuvchi shaxs xonanda Shahriyor ekanligini yozib tarqatishgan.

jinoyat protsessi ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilishning yangi tizimi ishlab chiqildi

24/02, 14:50

Nizom jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessi boshqa ishtirokchilarining ijtimoiy himoyasini ta’minlashga qaratilgan bir yo‘la beriladigan nafaqani tayinlash va to‘lash tartibini belgilaydi.

Sirdaryoda «metan zapravka» egalariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

22/02, 10:45

Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etishga qaratilgan kuchaytirilgan reyd tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

Toshkent viloyatida 32 gektar yerni 2,4 mln dollarga pullayotgan shaxs qo‘lga tushdi

21/02, 11:55

Jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Jizzaxda ikki kishi 51 ming qalbaki dollarni sotayotgan paytda ushlandi

19/02, 10:01

Jizzax viloyatida qalbaki 51 000 AQSh dollarini o‘tkazmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi.

«Haj» va «Umra» ziyoratlariga noqonuniy yuborish holatlari fosh etildi

18/02/2025

DXX va IIV tomonidan joylarda o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda «Haj» va «Umra» ziyoratlariga noqonuniy yuborish holatlari fosh etildi.

Samarqandda YPX xodimi ustiga mashina haydagan fuqaro qamoqqa olindi

02/02/2025

Samarqandda YPX xodimining qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan inspektorning hayoti uchun xavfli harakatlar sodir etgan haydovchi qamoqqa olindi. Bu haqda viloyat YHXB matbuot xizmati xabar berdi.

Yana