
Trampning qarori Isroilni xavotirga solib qo‘ydi
AP axborot agentligi xabariga ko‘ra, prezident Donald Tramp ma’muriyati Suriyadagi harbiy kontingentni bosqichma-bosqich qisqartirish va yaqin istiqbolda butunlay tugatishni rejalashtirgan.

AQSh Isroilning rejasini chippakka chiqardi
Isroil may oyida Eronning yadroviy ob’yektlariga zarba berishni rejalashtirgandi, biroq Donald Tramp uni qo‘llash o‘rniga, Tehron bilan muzokaralarga ustunlik berdi.

Fransiyadan Isroilga «sovg‘a»
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron rasmiy Parij yaqin muddatda Falastinni davlat sifatida tan olishini ma’lum qildi. Bu masalaga u Misrga ikki kunlik tashrifidan keyin France 5 telekanaliga bergan intervyusida to‘xtalgan.

The New York Times mudhish qatl videosini e’lon qildi
Videolavhada Qizil yarim oy jamiyati formasida, maxsus emblema tushirilgan mashinalarda harakatlanib ketayotgan tibbiy xodimlar harbiylar hujumiga uchraganini ko‘rish mumkin. Holatni telefoni yordamida videoga olgan tibbiy xodim (feldsher) arab tilida Isroil askarlari o‘qqa tutayotganini aytadi.

Vengriya Xalqaro jinoiy sud tarkibidan chiqadi
Vengriya Xalqaro jinoiy sud tarkibidan chiqadi. Bu haqda Vengriya Bosh vazirm Viktor Orban idorasi rahbari Gergey Guyashga tayanib MTI axborot agentligi ma’lum qildi.

Isroil harbiylari “Oskar” sohibi bo‘lgan rejissyorni hibsga oldi
The Guardian nashri xabariga ko‘ra, 24 mart kuni ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohilning Susiya qishlog‘iga yahudiy kelgindilari hujum uyushtirgan.

Isroilda o‘zini himoya qilish huquqi bor, ammo harbiy harakatlar mutanosib bo‘lishi kerak – Kaya Kallas
Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat bo‘yicha rahbari Kaya Kallas dushanba kuni G‘azoda janglar qayta boshlanganidan so‘ng Isroil va HAMAS o‘rtasidagi muzokaralarni qayta boshlashga chaqirdi.

2-martdan buyon «osmon uzoq, yer qattiq»
Isroil ma’muriyati G‘azo sektorida vayronkor urushni qayta boshlagan bir vaqtda hududning ikki milliondan ziyod aholisi yana ochlik xatariga ro‘baro‘ keldi. Joriy yil 2 martdan buyon G‘azoga oziq-ovqat va dori-darmon kelishi butunlay to‘xtagan.

Yaman husiylari Isroil aviabazasiga gipertovushli raketada zarba berdi
18-mart kuni Isroil HAMASga qarshi harbiy amaliyotni qayta boshlab, G‘azo sektoriga havodan hujum qilishga o‘tdi.

Isroil G‘azoga havo hujumlarini boshladi: 230 dan ortiq kishi, jumladan bolalar halok bo‘ldi
G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, Isroilning G‘azo sektori bo‘ylab havo hujumlari natijasida halok bo‘lgan 230 dan ortiq falastinlik orasida ko‘plab ayollar va bolalar bor.

HAMAS Isroil bilan muzokaralarning yangi bosqichi haqida bayonot berdi
G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish rejimi 2025-yilning 19-yanvarida kuchga kirgan.

Isroil G‘azoga elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatdi
Isroil G‘azo sektoriga elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatdi.

Isroil G‘azoni elektrdan uzdi
Energetika vaziri Eli Koen G‘azo sektoriga elektr uzatishni zudlik bilan to‘xtatishga buyruq berdi.

HAMAS vaziyat keskinlashsa, garovdagilarni o‘ldirish bilan tahdid qilmoqda
HAMAS Isroil tomonidan falastinliklarga nisbatan «har qanday tajovuzning kuchayishi» garovga olinganlarning bir qismi hayotini xavf ostiga olib kelishini ma’lum qildi.

Netanyahu sud qora kursisida
Netanyahu jinoyat ishida ayblanuvchi sifatida jalb etilgan ilk amaldagi hukumat rahbari sanaladi.

Isroilga jo‘nataman deb salkam 75 ming dollar olgan shaxs qo‘lga tushdi
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Isroilning G‘arbiy Sohildagi asosiy maqsadi ochiqlandi
Falastinning ishg‘ol ostidagi hududi – G‘arbiy Sohilda bir oydan ziyod vaqt mobaynida harbiy amaliyot olib borayotgan Isroil armiyasi Tulkarm shahridagi qochqinlar lagerini vayron qildi va 12 mingdan ziyod kishini yashash joyini tashlab chiqishga majbur etdi.

HAMAS 4 nafar Isroillikning jasadini qaytarib beradi
Isroil XAMASni garovga olinganlarga yomon munosabatda bo‘lganlikda hamda harakat a’zolari o‘tgan safar garovdagi Shiri Bibasning o‘rniga noma’lum ayolning jasadini qaytarib berganlikda ayblagan edi.

AQSh va Isroil delegatsiyalari BMT kengashi sessiyasiga kelmadi
Rossiya va Falastin «o‘rtasida» joy ajratilgandi.

Besh nafar Isroillik va 602 nafar falastinlik o‘z uyiga qaytdi
HAMAS garovga olingan besh kishini 602 nafar falastinlik evaziga ozod qildi.

HAMAS Isroilga 4 nafar garovdagi fuqaroning jasadini topshirdi
Qizil Xoch avtomobillari tobutlarni G‘azo sektoridagi SAXAL kuchlariga topshirdi.

HAMAS ma’lum shart evaziga garovdagi barcha Isroilliklarni ozod qilishga tayyor
Bu haqda harakat matbuot kotibi Hazim Qosimga tayanib, Al Jazeera xabar qilmoqda.

Isroil G‘arbiy sohilda minglab uylar quradi — Al Jazeera
Xalqaro huquqqa ko‘ra, Isroil bu hududlarda aholi maskanlari qurishi noqonuniydir.

HAMAS og‘ir yo‘qotishga uchradi
Bu haqda Isroil armiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Bolalar o‘limi bo‘yicha aksilrekord
So‘nggi ikki yil ichida Isroil harbiylari tomonidan Falastinning ishg‘ol ostidagi hududi — G‘arbiy Sohilda bolalarni o‘ldirish ko‘rsatkichi keskin ortdi.

HAMAS garovdagi 3 kishini 369 nafar falastinlik evaziga ozod qildi
Falastinning HAMAS harakati garovga olingan uch kishini, jumladan bir nafar rossiyalikni ozod qildi.

HAMAS mahbuslar almashinuvini belgilangan grafik bo‘yicha davom ettiradi
HAMAS o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvni amalga oshirishni davom ettirishga rozi bo‘lganini va kelishuvda ko‘rsatilgan muddatga ko‘ra Isroilda saqlanayotgan falastinlik mahbuslar evaziga G‘azoda garovga olinganlarni ozod qilishni davom ettirishini e’lon qildi.

Yevropa Trampning qarorini qoraladi
Yevropa Ittifoqi ijroiya va qonunchilik idoralari AQSh prezidenti Donald Trampning Xalqaro jinoyat sudiga (XJS) qarshi sanksiya kiritishga doir qarorini qoralamoqda.

Netanyahu HAMAS oldiga keskin talab qo‘ydi va muhlat berdi
Bu o‘t ochishni to‘xtatish bilan bog‘liq.

Isroilni va’dasida turishga chaqirgan HAMAS Trampning tahdidiga uchradi
HAMAS rasmiysi Abu Ubayda bir muddat oldin harkat 15 fevral kuni uylariga qaytishi kerak bo‘lgan garovga olinganlarni ozod qilish jarayonini keyinga surgani haqida ma’lum qilgandi. HAMAS bunga sabab Isroil tomonining kelishuv shartlarini buzayotgani deb hisoblaydi.

Saudiya shahzodasi Trampga keskin e’tiroz bildirdi
Saudiya Arabistoni shahzodasi Turki al-Faysal Ol Saud AQSh prezidenti Donald Tramp ilgari surgan G‘azodan falastinliklarni qo‘shni davlatlarga ko‘chirish tashabbusiga keskin qarshi chiqdi.

Tramp Isroil borasida Kongress talabiga qarshi bordi
AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Isroilga 7,4 milliard dollarlik qurol-aslaha paketi savdosini ma’qulladi.

Isroil uyushtirayotgan portlashlardan BMT xavotirda
Isroil armiyasi Iordan daryosining G‘arbiy Sohilidagi 20 ga yaqin binoni portlatdi. Yahudiy davlati armiyasi ushbu binolardan terrorchilar foydalanganini iddao qilgan. BMT esa hududda zo‘ravonlik kuchayib ketganidan xavotir izhor etgan.

«Bu yaxshi emas» — Tramp Isroil hududining kichikligi haqida
Tramp jurnalistning Qo‘shma Shtatlar Isroil tomonidan Falastin milliy ma’muriyati joylashgan Iordan daryosining G‘arbiy sohili bosib olinishini qo‘llab-quvvatlaydimi degan savoliga javob berdi.

Netanyahu seshanba kuni Tramp bilan uchrashadi
Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Tel-Avivdan AQShga uchib ketdi va u yerda seshanba kuni prezident Donald Tramp bilan uchrashadi.

Isroil G‘azodagi urushga 42 mlrd dollar sarfladi
Isroil osmonini Eron va uning ittifoqchilarining raketalaridan himoyalash uchun bir oqshomda $279 mln sarflangan.

HAMAS Isroil harbiysi Agam Bergerni ozod qildi
HAMAS Isroil askari Agam Bergerni ozod qildi. U 2023 yil 7 oktyabrda Naxal-Oz harbiy bazasidan garovga olingan bo‘lgan.

HAMAS 30-yanvar kuni kimlarni ozod qilishi ma’lum bo‘ldi
Avvalroq Isroil 30-yanvar kuni 110 nafar falastinlik mahbusni ozod etishini ma’lum qilgandi.

Trampning taklifi Isroil rasmiylariga yoqib tushdi
Donald Tramp AQSh prezidenti sifatida lavozimga kirishganidan bir hafta o‘tmay, Isroil manfaatlarini shartlarsiz himoya qiluvchi bir necha farmon qabul qildi, siyosiy bayonotlar berdi. Tramp bu bilan Isroil rahbariyatining olqish va minnatdorligiga sazovor bo‘ldi.

Tramp Isroilga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi
Bayden bu taqiqni 2024-yil bahorida kiritgandi.

Isroil G‘arbiy sohilda keng ko‘lamli harbiy amaliyot boshladi
Falastin sog‘liqni saqlash vazirligi isroilliklarning hujumi oqibatida Jeninda yetti kishi halok bo‘lgani, 35 kishi jarohatlanganini tasdiqladi.

HAMAS yakshanba kuni 120 nafar falastinlik evaziga 4 Isroillikni beradi
HAMAS va Isroil o‘rtasida 42 kun amalda bo‘ladigan sulhning birinchi bosqich doirasidagi ikkinchi almashinuv haftaning har shunbasiga belgilangan edi. Biroq HAMAS birinchi almashinuvda Isroil tomoni 90 nafar falastinlikni ozod qilishda kechikkanini aytmoqda va shu sabab 4 nafar isroillik kelgusi yakshanbada garovdan ozod qilinadi.

Isroil sulh doirasida 90 nafar falastinlik mahbusni ozod qildi
Isroil qamoqxonasidan ozod qilingan falastinliklar G‘arbiy Sohildagi Beytuniya shahriga olib kelindi. Ular turli jinoyatlar – tosh otishdan tortib, qotillikka urinish kabi jiddiyroq ayblovlar uchun hibsga olingan bo‘lgan.

Blinkenning so‘nggi matbuot anjumanida mojaro ro‘y berdi
AQSh davlat kotibi Entoni Blinkenning so‘nggi matbuot anjumanida savol berishga uringan va tanqidiy fikr bildirgan ikki nafar OAV xodimi, xususan, jurnalit Sem Husayniy zaldan kuch bilan olib chiqib ketildi. Bu holatni «Chegara bilmas muxbirlar» tashkiloti qoraladi.

Ertaga HAMAS va Isroil o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish tartibi kuchga kiradi
HAMAS garovda ushlab turilgan isroilliklarni ozod qiladi, o‘z navbatida, Isroil tutqunlikda saqlanayotgan 700 nafardan ziyod falastinlikni qamoqdan chiqaradi.

Bayden va Tramp «uloq meniki» deb da’vo qilmoqda
Isroil va HAMAS G‘azo sektorida 2023 yil 7 oktyabrdan beri davom etayotgan urushni tugatishga kelishib olgani haqida xabar bergandik.

HAMAS va Isroil o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi
Qatar bosh vaziri Shayx Muhammad bin Abdulrahmon at-Tani Isroil va HAMAS G‘azo sektorida 2023 yil oktyabr oyidan beri davom etayotgan urushni tugatishga kelishib olganini tasdiqladi.

Isroil HAMAS bilan kelishuvga erishganini rad etdi
Guruh otashkesim borasida yakuniy qarorini e’lon qilganicha yo‘q.

Isroil armiyasi reyd chog‘ida o‘nlab falastinlikni qo‘lga oldi
Isroil armiyasi G‘arbiy Sohildagi Selfit shaharchasidagi uylarga reyd uyushtirdi.

AQSh Netanyahuni himoya qilish uchun misli ko‘rilmagan chora ko‘rmoqchi
AQSh Kongressi Vakillar palatasida yaqin kunlarda Xalqaro jinoyat sudini (XJS) javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi qonun loyihasi ovozga qo‘yiladi.

AQSh Isroilga yana 8 milliard dollarlik qurol yetkazib beradi
AQSh Davlat departamenti Kongressni Isroilga 8 milliard dollarlik qurol-aslaha sotilishi rejasidan xabardor qildi.

Falastin elchisi BMT majlisida yig‘lab yubordi
Falastinning BMTdagi doimiy vakili Riyoz Mansur nufuzli mashvaratda ko‘z yoshini tiyib tura olmadi.

HAMAS garovdagi 34 Isroillikning ro‘yxatini taqdim qildi – Reuters
5-yanvar, yakshanba kuni Isroil va HAMAS o‘rtasida G‘azo sektoridagi janglarni to‘xtatish va garovga olinganlarni uylariga qaytarish bo‘yicha kelishuv tafsilotlari ustida muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Falastin rasmiylari hafta oxirida Isroilning kuchli bombardimonlarida 100 dan ortiq odam qurbon bo‘lganini ta’kidlagan.

Xusiylar Isroilga yirik hujum haqida e’lon qildi
Tel-Avivdagi nishon muvaffaqiyatli yo‘q qilindi, deyiladi OAV xabarida.

Isroil askarlari orasida xatarli «epidemiya» tarqalmoqda
Isroil armiyasi 2023 yil 7 oktyabr kuni G‘azo sektoriga bostirib kirganidan buyon 28 nafar yahudiy harbiy xizmatchisi o‘z joniga qasd qildi.

Isroilning qariyb 2 mln aholisi qashshoqlikda kun kechirmoqda
Mamlakat qashshoqlari orasida arablar (38,4 foiz) hamda ultraortodoksal aholi (33 foiz) ulushi juda katta.

Rossiya Isroilni Golan tepaliklari borasida ogohlantirdi
Suriyada Asad rejimi ag‘darilganidan so‘ng Isroil bufer zonani egallab oldi va Golan tepaliklari har doim mamlakatning bir qismi bo‘lishini e’lon qildi.

Suriya yangi hukumati BMTga ilk talabnoma yo‘lladi – hujjat Isroil xususida...
Suriya muvaqqat hukumati BMT Xavfsizlik kengashini Isroilning Suriyaga qarshi hujumlarini to‘xtatish borasida amaliy harakatga undadi.

Isroil «aksil-Isroil siyosati tufayli» Dublindagi elchixonasini yopadi
Isroil tashqi ishlar vaziri Gideon Saar yakshanba kuni Irlandiya hukumatining «anti-isroil siyosati» tufayli elchixonasini yopishini ma’lum qildi.

Isroilning Suriyaga zarbasi kuchidan 3 magnitudali zilzila qayd etildi
16 dekabrga o‘tar kechasi Isroil harbiy-havo kuchlari Suriyadagi nishonlarga kuchli zarbalar berdi.

Islom hamkorlik tashkiloti: Biz bu holatni keskin qoralaymiz!..
Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) Isroilning Suriyaga qarashli hududlarni ishg‘ol qilgani va infratuzilma ob’yektlariga zarbalar berganini keskin qoraladi.

Isroil Suriya flotini yakson qildi
Isroil mudofaa vaziri Suriya flotiga hujum qilinganini tasdiqladi.

Isroil Suriyadagi vaziyatdan foydalanib qolishga urinmoqda
Damashqda Asad hokimiyati qulashi bilan Isroil armiyasi Jo‘lon tepaligi osha Suriyaga hududiga kirdi.

Isroil havo kuchlari Suriya hududiga zarba berdi - Jerusalem Post
Isroil armiyasi Suriyaning sobiq diktatori Bashar al-Assad rejimiga tegishli zavodga hujum qildi.

Amnesty International Isroilni dahshatli jinoyatda aybladi
Isroilning G‘azo sektorida sodir etayotgan qilmishlari hamda rasmiylarning bayonotlari Tel-Aviv Falastin yerlarida genotsid (qatliom) qilish niyatida ekanidan dalolat beradi.

Isroil vaziri masjidlardagi ovoz kuchaytirgichlarni musodara qilishni buyurdi
Johil vazirning qarori birinchi navbatda Sharqiy Quddusda joylashgan masjidlarga qaratilgan, bu isroillik arablarning noroziligini keltirib chiqarishi aniq.

Isroil va «Hizbulloh» kelishuvga erishdi — Bayden
Livan va Isroil hukumatlari AQShning «halokatli mojaro»ga barham berish taklifiga rozi bo‘ldi. Bu haqda 26 noyabr kuni prezident Jo Bayden ma’lum qildi.

Baxtiyor Saidov Isroilning O‘zbekistondagi elchisiga hamdardlik bildirdi
Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Isroilning O‘zbekistondagi elchisi Gideon Lustig bilan uchrashdi.

Isroil va Livan urushida muhim burilish sodir bo‘lishi kutilmoqda
Isroil hukmron koalitsiyasidagi diniy o‘ng qanot vakillari allaqachon jangovar harakatlarni muzlatishga qarshi chiqib, shia guruhi mag‘lubiyatga yaqin ekanini tushuntirishgan.

Isroil rahbariyati hibsga olinishiga birgina davlat tish-tirnog‘i bilan qarshi chiqmoqda
21 noyabr kuni Xalqaro jinoyat sudi G‘azo sektorida insoniyatga qarshi va urush jinoyatlar sodir etgani uchun Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Galantni hibsga olishga order berdi.

Isroil qamoqxonalarida qancha falastinlik bola bor?
Isroil qamoqxonalarida kamida 270 nafar bola ushlab turilibdi. Bu haqda TRT nashri Falastinning mahbuslar ishlari bo‘yicha idorasiga tayanib xabar berdi.

«Katta yigirmalik» muhim talab bilan chiqdi
«Katta yigirmalik» (G20) davlatlari yetakchilari G‘azo sektori va Livanda o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi.

Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
AQSh Kongressi Vakillar palatasi a’zosi Rashida Tolib qonunchilik idorasidagi chiqishida Oq uyning G‘azo sektori bo‘yicha siyosatini tanqid qildi.

Turkiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni to‘xtatdi
Turkiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni to‘xtatdi. Bu haqda mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ma’lum qilgan.

Turkiya tomoni Isroil bilan savdosi davom etmayotganini ma’lum qildi
Turkiyaning Isroil bilan savdosi davom etayotgani haqidagi iddaolar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bu haqda Turkiya yolg‘on xabarlarga qarshi kurashish markazi ma’lum qildi.

Isroil Livanga qancha zarar keltirgani ochiqlandi
Livan bosh vaziri Najib Miqotiy mamlakatga Isroil hujumlari oqibatida yetkazilgan moddiy zarar miqdorini ma’lum qildi.

Qamalda qolgan uch yoshli qizaloq
Askarlar qamalga olingan erkaklarni yechintirib, kameraga qarashga majbur qilishdi. Ular orasida keksalar va birgina qizcha ham bor edi.

Isroilning BMTga a’zoligini vaqtincha to‘xtatish taklif etildi
BMTning Falastinda inson huquqlari masalalari bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Francheska Albaneze Isroilning BMTdagi a’zoligini vaqtincha to‘xtatish taklifi bilan chiqdi.

Isroil markaziga raketa tushishi oqibatida 19 kishi jarohatlandi
Livandan Isroil markaziga otilgan raketa natijasida 19 kishi jarohatlandi.

Eron yaqin kunlarda Isroilga «halokatli zarbalar» bermoqchi
Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi qo‘mondoni o‘rinbosari Muhammad Rizo Nagdiy bayonot berdi.

Isroil yana BMT ogohlantirishiga qarshi bordi
Isroil parlamenti (Knesset) mamlakat hududida BMTning falastinlik qochqinlarga ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha Yaqin Sharq agentligi (UNRWA) faoliyatini taqiqladi.

JAR Xalqaro sudga Isroil jinoyatlari bo‘yicha dalillarni taqdim etdi
2023-yil 29-dekabrda Janubiy Afrika Respublikasi G‘azo sektoridagi vaziyat yuzasidan Gaagadagi Xalqaro sudga genotsid konvensiyasi bo‘yicha Isroilga qarshi da’vo arizasi bilan murojaat qildi. JARning fikricha, Isroilning xatti-harakatlari genotsiddir, chunki ular falastinliklarni guruh sifatida yo‘q qilish niyatida amalga oshirilmoqda.

Isroilning Eronga hujumiga doir muhim tafsilot ma’lum bo‘ldi
Isroil rasmiylari hujumdan avval Eron hukumatini bundan xabardor qilgan va hujumga javob qaytarmaslikni so‘ragan.

Isroil Eronga hujum qildi
Isroil harbiylari tunda Erondagi harbiy ob’yektlarga zarbalar berdi. Eron Isroilning tajovuziga javob berishga tayyorligini ma’lum qildi.

Isroil Eronga hujum qilmay turadi: sabab ma’lum
Nashr qilingan fayllardan ko‘rinib turibdiki, Isroil Eronga hujum qilish uchun havo-yer raketalaridan foydalanishni mashq qilmoqda.

Isroil–Eron: josuslik o‘yinida kutilmagan burilish
Isroil xavfsizlik idoralari mamlakatda Eron foydasiga ishlab kelgan josuslar tarmog‘i fosh etilganini ma’lum qildi.

Isroil Livandagi yurishni to‘xtatish shartini aytdi
Manbalarga ko‘ra, shartlardan biri Isroilga Livandagi «Hizbulloh» shia guruhini qayta qurollantirishga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan «faol majburlov operatsiyalari» o‘tkazish huquqini berishdir.

Isroil G‘azoda vayronalar ostida qolgan odamlarni qutqarishga ruxsat bermayapti
Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qarashli UNRWA agentligining G‘azo shimolidagi vayronalar ostida qolgan odamlarni olib chiqish talabini Isroil rad etdi.

Isroil Eronga qarshi yirik hujumga tayyorlanmoqda
Tel-Aviv hukumati 1 oktyabr kuni amalga oshirilgan raketa zarbasiga javoban Eronga qarshi yirik hujum uyushtirishni rejalashtirmoqda.

Sinvarning o‘limi «Hamas» uchun jiddiy zarba bo‘ldi, ammo bu urushning oxiri emas
1990 yillardan beri Isroil HAMASning har bir yangi rahbarini o‘ldiradi, lekin har doim uning o‘rnini bosuvchisi bor

HAMAS yetakchisi Yahyo Sinvar o‘lgan bo‘lishi mumkin - manba
Isroil qurolli kuchlari HAMAS yetakchisi Yahyo Sinvar G‘azo sektoridagi operatsiya chog‘ida halok bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi.

Isroil BMT tinchlikparvar kuchlariga hujum qildi
Isroil harbiylari BMTning Livandagi muvaqqat tinchlikparvar kuchlari (UNIFIL) qarorgohiga bostirib kirdi. «Merkava» tanklari qarorgoh darvozasini yakson qilgan.

G‘azoning o‘qqa tutilishi oqibatida yana 49 falastinlik halok bo‘ldi
Oxirgi 24 soat ichida blokadadagi G‘azo sektorida 49 kishi Isroil hujumlari qurboni bo‘ldi, yana 219 kishi jarohat oldi.

Nikaragua Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Nikaragua hukumati Falastin xalqi bilan birdamlik belgisi sifatida Isroil bilan diplomatik munosabatlarni uzishga qaror qildi.

BMT Isroilga qat’iy talab qo‘ydi
BMTning xalqaro mustaqil komissiyasi Isroil ishg‘oli ostidagi Falastin yerlari – G‘azo sektori, G‘arbiy Sohil va Sharqiy Quddusdagi xunrezliklar yuzasidan hisobot e’lon qildi.

Eron generali Isroil bilan aloqada gumonlanib hibsga olindi
Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusining «Quds» maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni Ismoil Qaaniy Isroilga aloqadorlik gumoni bilan qamoqqa olindi.

Isroil G‘azo sektoridagi shifoxonalarni tanlovsiz bombalagan — Garvard universiteti
Shifoxonalar xaritasi Isroil armiyasi aviazarbalari haqida e’lon qilingan ma’lumotlar bilan solishtirib chiqildi.

Eron tashqi ishlar vaziri va Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Isroil tajovuzini muhokama qildi
Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Araqchi Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon bilan Isroilning mintaqadagi tajovuzi va ikki tomonlama masalalarni muhokama qildi.

Isroilning G‘azodagi qirg‘ini haqida animatsion film tayyorlandi
G‘azo sektoridagi qirg‘inning bir yilligi munosabati bilan «Anadolu» agentligi Isroilning 2023 yil 7 oktyabrdan buyon anklavda sodir etgan jinoyatlari haqida 13 tilda qisqa metrajli animatsion film suratga oldi.

Arab davlatlari Isroilga talab qo‘ydi
Qohirada o‘tgan ADL doimiy vakillari uchrashuvi Livan va Isroil chegarasidagi tarang vaziyatga bag‘ishlandi.

Saudiya Arabistoni Isroilni tan olishi mumkin - Reuters
Saudiya valiahd shahzodasi mustaqil Falastin davlati tuzilmaguncha Isroilni tan olmasligini aytgandi.

Rossiya Isroilga jiddiy ayblov qo‘ydi
Bu haqda Rossiyaning BMTdagi vakili bayonot berdi.

Isroil BMT Bosh kotibi Antoniu Gutterishni «nomaqbul shaxs» deb e’lon qildi
Isroil tashqi ishlar vaziri BMT Bosh kotibi Antoniu Gutterishni «persona non grata», ya’ni «nomaqbul shaxs» deb e’lon qildi va unga mamlakatga kirishni taqiqladi.

Qurolli kuchlarimiz Isroilning ehtimoliy harbiy harakatlariga tayyor – Eron TIV
Eron Isroil yoki AQSh zarba bergan taqdirda foydalanishi mumkin bo‘lgan yuzlab raketalarni tayyorlab qo‘ydi. Bu haqda The New York Times Eronning Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusiga aloqador manbalarga tayanib yozmoqda.

«Eron katta xatoga yo‘l qo‘ydi va buning uchun tovon to‘laydi», — Netanyahu Tehronga tahdid qildi
Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu seshanba oqshomida Isroilga yirik ballistik raketa hujumini uyushtirgan Eronga tahdid qildi.

Eron Isroilga ommaviy raketa hujumlari uyushtirdi: tafsilotlar
Raketalarning umumiy soni 400-500 dona atrofida bo‘lishi mumkin.

Isroil FATH generali uyiga hujum qildi. Qo‘mondonning farzandi halok bo‘ldi
Isroil kechasi Livan janubidagi Falastin lageriga zarba berib, FATH harbiylashgan qanoti yetakchilaridan biri Munir Ol-Maqdani nishonga oldi.

Taniqli teleboshlovchi Isroil hujumidan halok bo‘ldi
Suriya hukumati seshanbaga o‘tar kechasi Isroilning Damashqqa bergan zarbalari natijasida uch kishi, jumladan, mamlakatning taniqli teleboshlovchisi Safo Ahmad halok bo‘lgani haqida xabar berdi.

Isroil uch mamlakat hududiga zarbalar berdi
Isroil qo‘shinlari dushanba kuni Livan janubidagi chegara hududida «cheklangan operatsiya» boshlanganini e’lon qildi.

«Sotqin begona emas» — «Hizbulloh» rahbarining o‘ldirilishiga doir yangi tafsilotlar ochiqlandi
Yaqin Sharqdagi qudratli tuzilmalardan biri «Hizbulloh» harakati rahbari Hasan Nasrulloh 27 sentyabr kuni Isroil armiyasining Livan poytaxti Bayrutga hujumi payti o‘ldirilgani haqida xabar bergan edik.

«Hizbulloh» rahbarining bunkeriga bir tonnalik bombalardan 85 tasi tashlangan
Harakatning harbiy-siyosiy rahbariyatidan birgina chegaraoldi kuchlari qo‘mondoni Abu Ali Rid tirik qolgan.

«Hizbulloh» Hasan Nasrulloh o‘ldirilganini rasman tasdiqladi
Juma kuni Isroil harbiy-havo kuchlari hujumi payti halok bo‘lgan.

«Hizbulloh» rahbari o‘ldirilgani e’lon qilindi
Harakatning o‘zi rahbarining o‘limini tasdiqlagani yo‘q.

Isroil «Hizbulloh» rahbarini o‘ldirish uchun zarbalar berdi. Tafsilotlar
Isroil mudofaa kuchlari Livan poytaxti Bayrutdagi «Hizbulloh» harakatining markaziy harbiy qarorgohiga hujum qildi.

FIFA Isroilni xalqaro musobaqalardan chetlashtirish masalasini ko‘rib chiqadi
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) kelasi haftada Falastin iltimosiga ko‘ra Isroilni xalqaro turnirlardan chetlashtirish masalasini ko‘rib chiqadi.

Isroil AQShdan qariyb 9 mlrd dollar harbiy yordam olishini e’lon qildi
Isroil «davom etayotgan harbiy harakatlarni qo‘llab-quvvatlash uchun» Qo‘shma Shtatlardan 8,7 milliard dollarlik yordam paketini oladi.

«Oynadan o‘pkalamang!» – Turkiya Avstriyaga javob qaytardi
Turkiya Avstriya tashqi ishlar vazirligining prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘onnning nutqi yuzasidan bergan bayonotiga javob qaytardi.

«Devorning ham qulog‘i bor». Dong‘i dunyoga ketgan maxfiy idora faoliyatiga nazar
Zaharlangan tish pastasi, og‘u qo‘shilgan shokolad, minalangan telefon, bomba o‘rnatilgan avtomobil, sohibjamol jazman niqobidagi josus... Isroil maxsus xizmati – «Mossad» haqidagi gap ketganda, shu kabi detallar yodga keladi.

Isroildagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi
Isroil davlatidagi O‘zbekiston fuqarolari mamlakatning shimoliy hududlaridagi murakkab vaziyatdan ogohlantirildi.

Erdo‘g‘on BMT minbarida keskin savollarni o‘rtaga tashladi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on BMT Bosh assambleyasining 79-sessiyasida dunyo davlatlarini tarixning muhim pallasida haqiqat tomonida bo‘lish va Falastin davlatini tan olishga chaqirdi.

Odamlarni Isroilga jo‘natmoqchi bo‘lganlar qo‘lga tushdi
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Livandagi holat tashvish uyg‘otmoqda — BMT
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon Migratsiya Tashkiloti Livanda harbiy taranglikning ortib borayotgani va tinch aholi orasida qurbonlar soni ko‘pligidan jiddiy xavotir bildirdi.

Livanda Isroil hujumlaridan halok bo‘lganlar soni 356 kishiga yetdi
Binyanmin Netanyahu livanliklarga qochishni taklif etdi.

Isroilning yirik hujumida yuzlab livanliklar o‘lgani aytilmoqda
Bayrutda bo‘lgan BBC muxbiri Orla Gerinning xabar berishicha, evakuatsiya haqida ogohlantiruvchi xabarlardan so‘ng poytaxt ko‘chalarida tirbandliklar yuzaga kelgan.

Isroil prezidenti Tel-Avivning Livanda portlagan peyjerlarga aloqadorligini tan olmadi
Isroil prezidenti Isxak Hersog Tel-Avivning Livanda minglab odamlar jarohatlangan peyjerlar va boshqa radioaloqalarning portlashiga aloqador bo‘lishi mumkinligini rad etdi.

«Hizbulloh» qo‘mondoni halok bo‘ldi
«Hizbulloh» o‘z qo‘mondoni Ibrohim Oqilning Bayrutga qilingan havo hujumi chog‘ida halok bo‘lganini tasdiqladi.

Isroil Livan hududiga havo hujumlarini uyushtirdi
Isroil harbiylari Livanning ayrim hududlariga havo hujumlarini uyushtirganini ma’lum qildi.

Germaniya Isroilga qurol-yarog‘ yetkazib berishni keskin qisqartirgan
Germaniya Isroilga qurol-yarog‘ yetkazib berishni o‘tgan yilga nisbatan keskin kamaytirgan va mart oyidan buyon esa umuman eksport qilmagan.

O‘zbekiston Isroil qo‘shinlari Falastindan chiqib ketishini yoqlab ovoz berdi
BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan rezolyusiyaga ko‘ra, Isroil bir yil ichida Falastin yerlarini tark etishi kerak.

Netanyahu murojaat bilan chiqdi, Isroil Livan chegarasiga qo‘shin tashlamoqda
«Hizbulloh» harakati bilan mojaro kuchayib borayotgan bir paytda, Isroil Mudofaa kuchlari qo‘mondonligi 98-diviziyani mamlakat shimoliga, Livan bilan chegaraga yaqinroq joyga ko‘chirdi.

Moskva Isroil kiberhujumini terrorizm deb atadi
Bir kun avval Livanda «Hizbulloh» a’zolarining peyjerlari ommaviy ravishda portlatib, 4 mingdan ortiq odamni yaraladi.

Livanda peyjerlar portlashi oqibatida o‘nga yaqin kishi halok bo‘ldi. Buni Isroil qilgani aytilmoqda
Halok bo‘lganlar orasida Eronning Livandagi elchisi ham bor.

Rim papasi Isroilning G‘azodagi harakatlariga munosabat bildirdi
Rim papasi Fransisk Isroilning G‘azo sektoridagi maktablarni bombalashi oqibatida begunoh bolalar nobud bo‘layotganini tanqid qildi.

Erdo‘g‘on musulmon davlatlarni «Isroil terrori»ga qarshi ittifoq tuzishga chaqirdi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on musulmon davlatlarni Isroilning bosqin, terror va ekspansiya siyosatiga qarshi turish uchun bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilishga undadi.

Isroilda misli ko‘rilmagan darajada katta namoyish: hukumat nima qiladi?
Namoyishchilar va huquq-tartibot idoralari o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz berdi. Politsiya namoyishchilarni «to‘polonlarni to‘xtatishga» chaqirdi

Isroil harbiylari nishoniga aylangan amerikalik ayol
G‘arbiy sohilda yahudiylar turarjoylarining kengayishiga qarshi namoyishlar chog‘ida 26 yoshli ayol halok bo‘ldi.

Buyuk Britaniya Isroilga ayrim qurollarni sotishni vaqtincha to‘xtatadi
Isroil G‘azoga bostirib kirganidan buyon o‘tgan 332 kun ichida 40786 nafar falastinlik halok bo‘ldi, 94224 nafari jarohatlandi.

Isroilda favqulodda holat e’lon qilindi
Bunga mamlakat Livanga zarba bergani sabab bo‘lgan.

Isroil armiyasi G‘arbiy sohilda keng ko‘lamli operatsiya o‘tkazishga tayyorlanmoqda — Riyod al-Malikiy
Isroilga G‘azoning o‘zi yetarli emas.

Isroil Mahmud Abbosni G‘azoga o‘tkazmadi
Bu haqda Falastin prezidentining xalqaro aloqalar bo‘yicha maslahatchisi va uning maxsus vakili, vazir Riyod al-Malikiy ma’lum qilgan.

Britaniyalik diplomat Isroilni qurollantirayotganlar yuziga ma’naviy tarsaki tushirdi
Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirligi xodimi Mark Smit qirollik Isroilga qurol-aslaha yetkazib berayotganiga norozilik bildirgan holda o‘z ixtiyori bilan lavozimini tark etdi.

Isroil G‘azo va Misrni devor bilan ajratmoqchi
Shu tariqa Isroil harbiylari chegara bo‘ylab nazoratni o‘z qo‘llariga olmoqchi.

Hamas «yangi shartlar» tufayli Isroil bilan kelishuvni rad etdi
Hamas Isroil bilan o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilishni rad etib, buni yangi shartlar qo‘yilgani bilan izohladi.

Isroil Livan janubiga zarba berishi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi
«Hizbulloh» hujumga javoban Isroil shimoliga qarata 55 ta raketa uchirgan.

Isroil armiyasi Xon-Yunusdagi yangi turar joylarni vayron qildi
Isroil armiyasi G‘azo sektori janubidagi Xon-Yunusdagi binolarga havodan zarba berdi.

Netanyahuni o‘z qo‘l ostidagi vaziri safsatabozlikda aybladi
Isroil mudofaa vaziri Yoav Gallant bosh vazir Binyamin Netanyahuning HAMAS ustidan to‘laqonli g‘alaba qozonilgani haqidagi bayonotini safsata deb atadi.

Ozarbayjon va Gruziyadagi Isroilliklarga zudlik bilan ortga qaytish buyurildi
Radioning SAXALga tayanib xabar berishicha, idora «doimiy ravishda tahdidlarni baholab boradi va harbiy xizmatchilar kirishi mumkin bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatini yangilaydi».

«Hizbulloh» Isroil shimoliga «Katyusha» raketalarida hujum qildi
Livanning «Hizbulloh» harakati Isroil shimolidagi harbiy bazaga «Katyusha» raketalari bilan hujum qildi.

Yevropa bosh diplomati Isroilni ommaviy qirg‘inda aybladi
Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel Isroil harbiylari hujumi oqibatida G‘azodagi maktabda 100 dan ziyod odam halok bo‘lganidan chuqur taassuf bildirdi.

Isroilning G‘azodagi maktabga bergan zarbasi oqibatida kamida 100 kishi halok bo‘ldi
Isroilning G‘azo sektoridagi maktabga bergan zarbasi oqibatida kamida 100 kishi halok bo‘ldi.

G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha 15 avgustda muzokaralar o‘tkazilishi mumkin
Qatar, Misr va AQSh G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va garovdagilarni ozod qilish bo‘yicha yakuniy takliflarni berishga tayyor.

Mahbuslar qiynoqqa tutilgan, oilasi bilan ko‘rishishga ham imkon yo‘q – xalqaro tashkilot
Amnesty International xalqaro inson huquqlari tashkiloti Isroil qamoqxonalaridagi falastinlik mahbuslarga nisbatan qiynoq, jismoniy va jinsiy zo‘ravonlik harakatlari sodir etilgani yuzasidan xavotir bildirdi.

Livan va Eron keng ko‘lamli urushni xohlamaydi – siyosiy tahlilchi
Vashington Yaqin Sharq siyosati instituti tahlilchisi Metyu Levitga ko‘ra Eron va uning proksi tuzilmalari HAMAS yetakchisi Ismoil Haniyaning o‘ldirilishiga javob beradi. Lekin qachon va qanday ko‘rinishda bo‘ladi, hozircha noma’lum.

OAV: Isroilga Eron hujumi borasida xabar yetib keldi
Gazetaning yozishicha, Eronning bu xabari Vengriya tashqi ishlar vaziri Petr Siyyarto orqali Isroilga yetkazilgan.

Мусулмон мамлакатларининг бойкоти ғарб компанияларига қимматга тушмоқда
Бу ҳақда Financial Times газетасида мақола чиқди.

«Ҳизбуллоҳ» Исроил армиясига камикадзе-дронлар билан ҳужум қилди
Ҳалок бўлганлар ва жароҳат олганлар бор, дейилади хабарда.

Isroildagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi
Isroildagi O‘zbekiston elchixonasi mazkur davlatda bo‘lib turgan vatandoshlarini mavjud xavfsizlik vaziyati munosabati bilan ogohlikka chaqirdi.

Eron Isroilga qachon hujum boshlashi mumkinligi aytildi
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval Tehronda HAMAS guruhining siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xaniya o‘ldirildi.

AQSh Isroilga yordam berish uchun qiruvchi samolyotlar va kemalarni yubordi
Qo‘shma Shtatlar Isroil mudofaasini qo‘llab-quvvatlash uchun Yaqin Sharqqa aviatashuvchi zarbalar guruhini, qo‘shimcha kreyserlar va esminetslarni yubormoqda.

HAMAS yetakchisi Ismoil Haniyani o‘ldirishdan ko‘zlangan maqsad ochiqlandi
Isroillik taniqli jurnalist va yozuvchi Gideon Levi Falastinning HAMAS harakati siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyaning o‘ldirilishini mutlaqo ma’nisiz harakat deb atadi.

Isroildagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi
Bu mamlakatdagi siyosiy vaziyat bilan bog‘liq.

Isroil HAMASning harbiy qanoti rahbari o‘ldirilganini e’lon qildi
Ko‘p yillar davomida Deif Isroil harbiylarining asosiy nishoni bo‘lgan. U qamoqdan qochishga va kamida yetti marta suiqasddan omon qolishga muvaffaq bo‘ldi.

Ismoil Haniyaning o‘ldirilishiga Rossiya, Xitoy va Turkiya munosabat bildirdi
31 iyul tunida HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya Tehronda o‘ldirilgani haqida xabar bergan edik.

BMT Isroilni vazminlikka chaqirdi
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Isroil armiyasining Livan poytaxti Bayrutning aholi zich joylashgan hududlariga hujumidan qattiq xavotir bildirdi.

Isroil Livan poytaxtiga kuchli zarba berdi: tafsilotlar
Isroil harbiylari o‘tgan hafta Golan tepaliklariga raketa hujumiga javoban Livan poytaxtiga zarba berganini iddao qilib chiqishdi.

AQSh vitse-prezidenti Falastin borasida va’da berdi
AQSh vitse-prezidenti va demokratik partiyadan prezidentlikka asosiy nomzod Kamala Harris G‘azo sektorida falastinliklarning azoblanishiga jim qarab turmaslikka va’da berdi.

Netanyahuning chiqishi AQSh Kongressi obro‘siga dog‘ tushirdi – Fahrettin Altun
Haagadagi Xalqaro mahkama prokurori tomonidan G‘azo sektorida qirg‘in sodir etishda ayblanib, qamoqqa olinishi talab etilgan Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu 24 iyul, chorshanba kuni AQSh Kongressida ma’ruza qildi.

Yaponiya Isroilliklarga qarshi sanksiya joriy qildi
Yaponiya ishg‘ol ostidagi Falastin hududlarida zo‘ravonlikning kuchayishida Isroil ma’muriyatini aybdor deb hisoblaydi, deydi Kunchiqar o‘lka hukumati bosh kotibi Yosimasa Hayasi.

Forbes: Yaqin Sharq — katta urush yoqasida
Bir tomonda — Isroil, ikkinchi tomonda — «Hizbulloh» harakati va Eron. Urushga Rossiya va AQSh qo‘shilishi mumkin.

Yevroittifoq Falastin davlatini tuzishga qarshi qaror yuzasidan taassuf bildirdi
Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Isroil parlamenti – Knessetning Falastin davlatini tuzishga qarshi qarori yuzasidan bayonot berdi.

FIFA Isroilni musobaqalardan chetlatishdan bosh tortdi
Isroilga qarshi shikoyatni Falastindan tashqari Osiyo Futbol Konfederatsiyasi ham qo‘llab-quvvatlagan.

Xalqaro sud Isroil bo‘yicha keskin hukm chiqardi. Netanyahu javob berdi
Benyamin Netanyaxu sud qarorini noto‘g‘ri deb atadi va Isroil turar-joylarining qonuniyligiga e’tiroz bildirish mumkin emasligini ta’kidladi.

BMT: Buning uchun 15 yil vaqt, millionlab dollar mablag‘ zarur...
Isroil armiyasi hujumi oqibatida G‘azo sektori butunlay yakson bo‘ldi.

Tel-Avivda namoyishlar: ular HAMAS bilan kelishuvni talab qilyapti
Tel-Avivda isroilliklar namoyishga chiqdi. Ular Benyamin Netanyaxudan HAMAS bilan kelishuvga erishishni va garovga olinganlarni uylariga qaytarishni talab qilmoqdalar.

Isroil G‘azo sektoridagi BMTning maxsus maktabiga zarba berdi
Isroilning BMT Falastin qochqinlari ishlari bo‘yicha agentligi (UNRWA)ga qarashli Nuseyrat qochqinlar lageridagi maktabga bergan zarbasi oqibatida kamida 17 kishi halok bo‘ldi.

«The Lancet» nashri o‘ta xavotirli raqamlarni oshkor qildi
Isroil armiyasi G‘azo sektorida urush olib borayotgan so‘nggi 9 oy davomida halok bo‘lgan falastinliklar soni 186 ming kishidan ortadi.

Isroil olimi Eronga atom bombasi tashlashni taklif qildi
Isroillik taniqli tarixchi olim Benni Morris mamlakat rahbariyatini Eronga yadro quroli bilan zarba yo‘llashga undadi.

«Hizbulloh» Isroil harbiy bazalariga 200 tadan ortiq raketa uchirdi
Livandagi «Hizbulloh» harakati o‘z qo‘mondonlaridan birining o‘limiga sabab bo‘lgan zarbaga javoban Isroildagi bir qancha harbiy bazalarga 200 dan ortiq raketa va uchuvchisiz uchoqlarini yo‘lladi.

Isroil: hukumat va armiya o‘rtasida kelishmovchilik chiqdi
Isroil harbiy qo‘mondonligi o‘q-dori yetishmasligi, askarlarning charchagani sabab G‘azo sektorida HAMAS harakati bilan sulh tuzish niyatida.

Isroilning Serbiyadagi elchixonasiga qurolli hujum uyushtirildi
Kecha, shanba kuni Isroilning Belgraddagi elchixonasini qo‘riqlayotgan politsiyachiga qarata o‘q uzgan hujumchi otib o‘ldirilgan edi.

AQSh Qatardan Isroil va Livan o‘rtasida vositachi bo‘lishni so‘radi
Qatar Isroil va HAMAS o‘rtasidagi muzokaralarda ham vositachilik qilgan.

Isroildagi elchixona ogohlantirish bilan chiqdi
O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi mazkur mamlakatda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi.

AQSh Livandan o‘z fuqarolarini ko‘chirishga tayyorlanmoqda — NBC
Isroil chegarada 16 kilometrli bufer zonasini yaratmoqchi.

Isroilning Falastin bo‘yicha yana bir maxfiy rejasi oshkor etildi
Isroil hukumati Falastin hududi sanalgan G‘arbiy sohilni butunlay o‘z nazoratiga olish uchun maxfiy chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Livan bilan urush boshlansa, AQSh Isroilni qo‘llaydi
Yuqori lavozimli AQSh rasmiylari shu hafta Vashingtonga kelgan yuqori lavozimli isroillik amaldorlar delagatsiyasi bilan uchrashgan.

BMT bosh kotibi: «Dunyo Livanning yana bir G‘azoga aylanishiga yo‘l qo‘ymaydi»
Antoniu Guterrish juma kungi bayonotida Isroil va Livanning «Hizbulloh» harakati o‘rtasida ziddiyat keskinlashib borayotganidan juda xavotirda ekanini bildirdi.

AQShlik siyosatchi Isroil bosh vazirining tanqidiga javob qaytardi
AQShlik siyosatchi Isroil bosh vazirining tanqidiga javob qaytardi

Arab generallari Isroil bosh shtabi rahbari bilan maxfiy ravishda uchrashdi
Bahrayn poytaxti Manama shahrida arab davlatlari generallari Isroil armiyasi bosh shtabi rahbari, general Hersi Halevi bilan uchrashdi.

Isroil AQShda amalga oshirgan maxfiy kampaniya oshkor bo‘ldi
Isroil davlatining diaspora masalalari bo‘yicha vazirligi AQSh qonun chiqaruvchilari va jamoatchiligi orasida propaganda kampaniyasini o‘tkazish uchun 2 million dollar ajratdi.

Isroil G‘azo janubidagi hujumlarni vaqtincha to‘xtatadi
Bu gumanitar yordam bilan bog‘liq.

Ispaniya G‘azodagi genotsid bo‘yicha Xalqaro sudda qo‘zg‘atilgan da’voga qo‘shildi
Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches Isroil hukumati G‘azo sektorida xalqaro gumanitar qonunlarga rioya qilayotganiga shubha qilmoqda.

Namoyishchilar Isroilda muddatidan oldin saylov o‘tkazishni talab qilishdi
Tel-Avivda muddatidan oldin saylovlar o‘tkazish va G‘azo sektorida garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha kelishuvga erishish talabi bilan hukumatga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda. Noqonuniy mitingni tarqatish uchun politsiya suv purkagichlardan foydalangan va otliq bo‘linmalarni ishga solgan.

BMT Isroilni qora ro‘yxatga kiritdi
BMT Isroilni bolalar huquqlarini poymol etuvchi va ularga zarar yetkazuvchi davlatlar ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda Isroil rasmiylariga bildirgi yo‘llangan.

Isroil yana «qizil chiziq»ni kesib o‘tdi
6 iyun kuni Isroil harbiylari G‘azo sektoridagi BMTning falastinliklarga ko‘mak bo‘yicha agentligi tasarrufidagi maktabga raketa zarbasi yo‘lladi.

O‘zbekiston AQSh prezidenti Jo Baydenning G‘azo bo‘yicha tashabbusini olqishlaydi – TIV
Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Ahror Burhonov bugun, 5 iyun kungi brifingda AQSh prezidenti Jo Bayden e’lon qilgan G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish rejasiga O‘zbekiston TIV munosabati haqida to‘xtaldi.

Maldiv orollari hukumati Isroil fuqarolari uchun eshiklarini yopmoqchi
Maldiv orollari respublikasi Isroil fuqarolarining o‘z hududiga kirishini taqiqlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Isroilda Netanyahuga qarshi namoyishlar tinmayapti
Norozilik namoyishlarining minglab ishtirokchilari bosh vazirning iste’fosini va mahbuslarni almashish bo‘yicha kelishuv imzolanishini talab qilmoqda.

Isroillik radikal siyosatchilar hukumatni tarqatishni aytib, tahdid qildi
O‘ta o‘ng kayfiyatdagi milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir va moliya vaziri Betsalel Smotrich bosh vazir Benyamin Netanyaxuga AQSh tinchlik rejasi qabul qilinsa, hukumatni qulashi bilan tahdid qilishdi.

Qochqinlar lageriga hujumdan keyin HAMAS har qanday muzokaralardan bosh tortdi
HAMAS vositachilarga Isroilning yakshanba kungi Rafahga hujumidan keyin o‘t ochishni to‘xtatish yoki asirlarni almashish bo‘yicha hech qanday muzokaralarda qatnashmasligini aytdi. Bu haqda Sinxua agentligiga harakatdagi manbasiga tayanib ma’lum qildi.

BMT G‘azoni «yer yuzidagi do‘zax» deb atadi
Isroil armiyasining harakatlari natijasida G‘azo sektori «yer yuzidagi do‘zax»ga o‘xshaydi.

Isroil qochqinlar lageriga zarba berdi
Isroil kuchlari Rafah shahridagi qochqinlar lageriga hujum qildi. Bu haqda Falastinning WAFA axborot agentligi xabar berdi.

Isroil Xalqaro sud qarorini pisand qilmadi
BMT xalqaro sudi Isroilga G‘azodagi Rafahga hujumini to‘xtatishni buyurgandi.

BMT xalqaro sudi Isroilga talab qo‘ydi
Tashkilot Isroildan Rafahga hujumni to‘xtatishni buyurgan.

Netanyahu o‘zini hibsga olish haqidagi qarorga munosabat bildirdi
20 may kuni Haagadagi Xalqaro jinoiy sud prokurori Karim Xon Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu va mudofaa vaziri Yoav Galantni hibsga olish yuzasidan so‘rov bergan edi.

Ispaniya, Norvegiya va Irlandiya elchilari Isroil TIVga chaqirtirildi
Isroil Irlandiya va Norvegiyadan elchilarini chaqirib oldi.

Isroil Netanyahuni qamash bo‘yicha talabga javob qaytardi
AQSh prezidenti Jo Bayden esa Benyamin Netanyaxu va Isroil mudofaa vazirini hibsga olish uchun order berish talabini dahshatli deb atadi.

Prokuror Netanyahu va Galantni hibsga olish uchun order berishni talab qildi
Xalqaro jinoiy sud Isroil bosh vaziri va mudofaa vazirini urush jinoyatlari hamda insoniyatga qarshi jinoyatlar uchun javobgar deb topdi.

AQSh rasmiysi Netanyahu bilan uchrashgan vaqtda Isroil G‘azoga zarba berdi
Yakshanba kuni Oq uyning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jek Sallivan Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan uchrashganida, Isroil samolyotlari va tanklari G‘azo sektorining bir qismiga zarba berdi, deb aytmoqda mahalliy aholi.

AQSh Isroilni yana qurol bilan siylamoqchi
AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati 14 may kuni mamlakat qonun chiqaruvchi idorasi – Kongressni Isroilga 1 milliard dollardan ziyod miqdorda qurol-aslaha yetkazish rejasidan xabardor qildi.

«Bu sharmandali holat» — Pentagon mayori AQSh Isroilni qo‘llab-quvvatlagani uchun iste’foga chiqdi
AQSh Mudofaa vazirligi (Pentagon) qoshidagi Mudofaa razvedka boshqarmasi mayori o‘z mamlakati Isroilning G‘azoga hujumlarini «shartsiz» qo‘llab-quvvatlagani uchun iste’foga chiqdi.

G‘azo shimolida qonli janglar qayta boshlandi, Jabaliyada o‘nlab jasadlar topildi
Isroil mudofaa kuchlari bu xabarlarga hozircha izoh bermagan.

AQSh senatori G‘azoga atom bombasi tashlashni taklif qildi
AQSh Kongressining yuqori palatasi Sud tizimi qo‘mitasi raisi Lindsi Grem Falastin hududiga atom bombasi tashlash orqali G‘azo sektorida davom etayotgan urushga yakun yasashni taklif qildi.

Isroil Rafahga quruqlikdan hujumini boshladi
Isroil harbiylari HAMAS harakatiga qarshi G‘azo shimolidagi Jabaliya hududiga quruqlikdagi amaliyotlarini boshladi. SAXAL avvalroq bu hududda HAMAS a’zolari borligi va guruhning terrorchilik infratuzilmasi tiklangani haqida razvedka ma’lumotlari olganini iddao qilgandi.

«Ayollar, bolalar va qariyalar» — G‘azodagi ommaviy qabrlar chuqur xavotir uyg‘otmoqda
BMT Xavfsizlik Kengashi G‘azo sektorida ommaviy qabrlar topilganidan chuqur xavotir bildirdi va bu joylarga kirish va chuqur tergov o‘tkazishga chaqirdi.

Исроил ўт очишни тўхтатишдан бош тортди
Аввалроқ Нетаняху ХАМАСнинг деярли барча баталонлари йўқ қилинганини маълум қилганди.

Turkiya vaziri Isroil mulozimi bayonotiga raddiya berdi
G‘azo sektorida harbiy harakatlar butkul to‘xtatilib, insonparvarlik ko‘magi muntazam ravishda yetkazilishi ta’minlanmas ekan, Turkiya Isroil bilan savdo aloqalarini tiklamaydi.

Namoyishlar to‘lqini Yevropa universitetlariga ham yetib bordi
Butun Yevropa shaharlari bo‘ylab Isroilning G‘azo sektoridagi harbiy harakatlariga qarshi talabalar namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda.

G‘azodagi shifoxona hovlisiga ko‘milgan mash’um sir
G‘azo sektoridagi «Ash-Shifo» tibbiyot majmuasi hududidan yana bir birodarlik qabrlari topildi.

JSST Rafahdagi holatdan juda xavotirda
Gebreyesusning so‘zlariga ko‘ra, Rafahda 1,4 million kishi, jumladan, 600 ming bola xavf ostida yashamoqda.

AQSh Isroilga bomba yetkazib berishdan cho‘chiyapti
Isroil G‘azo sektori janubidagi Rafah shahriga qarshi quruqlikdan hujum uyushtirayotgan bir paytda AQSh Isroilga bomba yetkazib berishni to‘xtatdi.

Dunyo yetakchilari Isroilni qaltis qadam qo‘ymaslikka undamoqda
Isroil ma’muriyati G‘azo sektoridagi Rafah shahriga hujum rejasini tasdiqladi, deb xabar berdi mamlakat matbuoti.

HAMAS sulhga rozi, ammo Isroil endi qaytmoqchi emas
Tafsilotlar, jumladan, sulh muddati va uning G‘azoda garovga olinganlarga ta’siri qanday bo‘lishi hali e’lon qilinmagan.

Belgiya Isroilga nisbatan savdo sanksiyalarini qo‘llash tashabbusini ilgari surdi
Bosh vazir Aleksandr de Kro bayonot berdi.

Rafah aholisini evakuatsiya qilish bo‘yicha harakatlar boshlandi
Isroil mudofaa kuchlari G‘azo sektoridagi Rafah shahri aholisini hududni tark etib, «kengaytirilgan gumanitar hudud»ga o‘tishga chaqirdi. Ma’lum qilinishicha, Rafah aholisi arab tilidagi plakatlar, SMS, qo‘ng‘iroqlar va OAVda murojaatlar orqali xabardor qilinyapti.

Isroil armiyasi Rafahga hujum boshladi
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Rafah aholi soni — 1 million 400 ming kishi.

Harakat Isroil agressiyasini to‘xtatadigan kelishuvga erishishdan manfaatdor – HAMAS
Falastinning HAMAS harakati Qohirada bo‘lib o‘tgan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarning navbatdagi bosqichi yakunlanganini e’lon qildi.

Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi
Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant «HAMASning muzokaralardan bosh tortgani sababli» Misr bilan chegaradagi Rafahda quruqlikdagi operatsiya yaqin orada boshlanishini e’lon qildi.

Isroil Al Jazeera telekanalini taqiqlaydi
Isroil hukumati mamlakatdagi Al Jazeera telekanali tarmog‘ini yopishga qaror qildi. Bu haqda bosh vazir Benyamin Netanyaxuning X (sobiq Tvitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qilingan bayonotda aytiladi.

Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi
Aprel oyida Turkiya G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatgunga qadar Isroilga 54 nomdagi sanoat tovarlari eksportiga cheklovlar joriy etilishini e’lon qilgandi

Kolumbiya Isroil bilan diplomatik munosabatlarni uzdi
Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro Isroil hukumatini G‘azo sektoridagi genotsidda aybladi.